Учебное пособие для практических занятий предназначено для магистров, обучающихся по специальности магистратуры 5А450206 «Водосберегающие технологии»


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/37
Sana30.03.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1309298
TuriУчебное пособие
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37
Bog'liq
Ландшафтли ирригация узбек oquv qollanma

mezorelyef va mikrorelyef.  
Makrorelyef - relyefning yirik formasi boʻlib, u katta hududning umumiy 
qiyofasini belgilaydi (masalan, togʻ tizmalari, yassi togʻliklar, tekisliklar
pasttekisliklar).
Mezorelyef - relyefning oʻrtacha formasi boʻlib, makrorelyef elementlariga 
kiruvchi qavariq va botiq yerlar (past-balandliklar, togʻ tizmalari, kotlovinalar, 
kichik daryo vodiylari) ni belgilaydi.


43 
Mikrorelyef - relyefning kichik formasi boʻlib, uning elementlari makro va 
mezorelyeflarda bor.
Bular balandliklari bir necha santimetr, ba’zida oʻnlab santimetr chegarasida, 
gorizontal uzunligi esa metr, ba’zida oʻnlab metr bilan (oʻnqir-choʻnqirlik, 
pastqamlik, uvat, joʻyak, pushta va boshqalar) oʻlchanadigan mikrobalandlik yoki 
mikropastlikdir.
2.2. Hududning tabiiy iqlim sharoitlari. 
Oʻzbekiston yer sharining shimoliy yarim sharida, dengiz va okeanlardan 
uzoqda, Yevrosiyo qit’asining oʻrta qismida, subtropik mintaqada joylashgan. 
Uning 80 % maydoni choʻl va yarim choʻllardan iborat. Asosiy iqlim hosil 
qiluvchi omil quyosh radiatsiyasining oqimidir. Yozgi davrda bu qiymat 800-1000 
Mj/m
2
ni tashkil etadi. Yozda qizigan choʻl ustidan tropik Turon havosi 
hukmrondir.
Quyosh radiatsiyasi, umumiy havo almashinuvi va relyef sharoiti 
Oʻzbekiston iqlimini keskin oʻzgaruvchan, subtropik iqlim holatiga olib kelgan.
Oʻzbekiston maydonini 3 ta iqlim zonasiga: choʻl va quruq dasht, togʻoldi 
va togʻli zonalarga boʻlinadi.
1.Choʻl va quruq dasht iqlim zonasi (2.3-rasm). Bu zonaga yer sathi 
(dengiz sathidan) 400 m dan past boʻlgan maydonlar (Qizilqum, Qarshi va 
Dalvarzin choʻllari) kiradi. Bu yerlardagi yillik yogʻin miqdori 200 mm dan kam. 
Muzlamaydigan kunlar esa 190-200 kunni tashkil qiladi.
Vegetatsiya davridagi samarali musbat haroratlar yigʻindisi 2000-2900
0
C ni 
tashkil qiladi.
Qishki oʻrtacha harorat - (2-8)
0
C ni, yozgisi esa +(25-30) 
0
C ni tashkil etadi. 
Eng past harorat – 38 - 39 
0
C, eng yuqori harorat + 50 
0
C gacha kuzatilgan.
Bahorgi eng soʻnggi sovuqlar may oyida, kuzgi dastlabki sovuqlar sentyabr 
oyida kuzatiladi. 


44 
Oʻrtacha shamol kuchi 4-6 m/s, kuchli 
shamollar 15 m/s gacha boʻlib, 
ularning davomiyligi 30-35 kunni 
tashkil etadi. Changli shamollar ham 
vaqti-vaqti bilan vujudga keladi. 
2.3-rasm. Choʻl va dasht iqlim zonasi 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling