Учебное пособие для практических занятий предназначено для магистров, обучающихся по специальности магистратуры 5А450206 «Водосберегающие технологии»


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/37
Sana30.03.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1309298
TuriУчебное пособие
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37
Bog'liq
Ландшафтли ирригация узбек oquv qollanma

4- amaliy mashgʻulot 
Antropogen taʼsirlarning tasnifi (GOST 17.8.1.02-88) 
Maqsad: Antropogen taʼsirni tasniflash xususiyatlariga asoslangan holda 
bajarish. 
Bajarish jarayon: 
Quyidagi xususiyatlarga asoslangan holda antropogen taʼsirlarning tasnifi 
belgilanadi: 
• taʼsir qilish yoʻnalishi; 
• taʼsir qilish genezisi; 
• taʼsir qilishning intensivligi; 
• taʼsir doirasi; 
• ta'sir qilish davomiyligi; 
• taʼsir qilish chastotasi. 
1. Taʼsir yoʻnalishi quyidagilarga boʻlinadi: 
• Tabiatga materiya va energiyani kiritish; 
• Tabiatdan materiya va energiyani chiqarib tashlash; 
• tabiatda materiya va energiyani qayta taqsimlash va (yoki) oʻzgartirish. 
2. Antropogen taʼsir genezisiga koʻra quyidagilarga boʻlinadi: 
• jismoniy; 
• kimyoviy; 
• biologik; 
• aralashgan. 
3. Antropogen taʼsirlarning intensivligi quyidagilarga boʻlinadi: 
• zaif; 


31 
• oʻrta; 
• kuchli. 
4. Antropogen taʼsirlar koʻlami quyidagilarga boʻlinadi: 
• mahalliy; 
• mintaqaviy; 
• global. 
5. Antropogen taʼsirlarning davomiyligi quyidagilarga boʻlinadi: 
• qisqa muddatli; 
• uzoq; 
• doimiy. 
6. Antropogen taʼsirning davriyligi boʻyicha quyidagilarga boʻlinadi: 
• Davriy; 
• Davriy boʻlmagan. 
Hisobot: tasnifda aks ettirilgan antropogen taʼsirning namoyon boʻlishiga 
amaliy misollar keltiring. 
1.4.Landshaftlarning holatini oʻrganish va muhofaza qilish. 
Landshaft katta-kichik geotizimlar singari agregat holati nisbatan bir xil 
boʻlgan moddiy qismlardan, komponentlardan tashkil topgandir. 
Komponent - lotincha soʻzdan olingan boʻlib tarkibiy qism degan ma’noni 
anglatadi.
Umuman olganda geografik adabiyotda komponent tushunchasi anchagina 
erkin talqin qilingan. Ba’zan landshaft komponentlariga qum, qoratuproq, muz, 
yashil barglar, suv yuzasi kabilarni xam kiritishadi. Ba’zan esa inson tomonidan 
bunyod etilgan texnik inshootlar, shaharlar, yashil maydonlar xam landshaft 
komponentlari deb hisoblanadi.
Masalan, D. L.Ardmand (1975) agregat tarkibi bir xil boʻlgan qismlarni 
hayot bor yoki yoʻqligini hisobga olgan xolda, landshaftning komponentlari deb 
hisoblaydi. U tabiiy komponentlarga turli gazlar suyuqliklar, togʻ jinslari, tuproq, 


32 
oʻsimlik, qor va muz, xatto texnik inshootlarni xam kiritadi. Uning fikricha iqlim 
va relyef komponent emas, balki komponentning xususiyatidir. 
F.N.Milkov (1990) landshaftning komponentlariga togʻ jinslari, yer osti va 
usti suvlari, tuproq, oʻsimlik va hayvonot dunyosini kiritadi. 
N.A.Solnsev (1960) esa landshaftni oʻzgartirish uchun albatta uning 
geologo-geomorfologik oʻzgartirilgan boʻlishi kerak deb hisoblaydi. Bu bir vaqtlar 
N.A.Solnsevning oʻzi ilgari surgan va komponentlarning oʻzaro teng kuchli 
emasligi, ularning xosil boʻlishida oldinma-keyinlik mavjudligi xamda oldin hosil 
boʻlgan komponentlar “kuchliroq” (hisoblanib keyin hosil boʻlgan komponetlarga 
koʻproq ta’sir koʻrsatadi, degan fikrning davomidir. 
Uning fikricha geologik yotqiziqlar va relyef yoki geologo-geomorfologiyasi 
“kuchli” komponent, iqlim va suvlar oʻrtacha kuchga ega komponentlar tuproq, 
oʻsimlik va hayvonot dunyosi “kuchsiz» komponentlar hisoblanadi. 
Landshaftlardan xalq xoʻjaligi maqsadlarida toʻgʻri va oqilona foydalanish, uning 
ifloslanishi va buzilishining oldini olish yoki muhofaza qilish bilan bogʻliq boʻlgan 
muammolarni toʻgʻri xal etish landshaftlarning qaysi komponetga asosiy yetakchi 
yoki bosh rolni oʻynashini toʻgʻri xal qilib olish mumkin va prinsipial ahamiyatga 
egadir. Chunki inson landshaftga ta’sir etaversayu, ammo biz landshaftning 
geologo-geomorfologik asosi qachon oʻzgarar ekan, deb kutib oʻtirishimizning oʻzi 
bir yoqlamalik va xatolikka olib kelishi mumkin. Yuqorida birma-bir keltirilgan 
fikrlardan toʻgʻri xulosa chiqarib olish uchun xamda antropogen landshaftlar 
xaqida ma’lum tasavvurga ega boʻlish uchun landshaftning komponetlari va 
omillari xaqida yana bir bor eslatib oʻtishga toʻgʻri keladi. Koʻpchilik tabiiy 
geograflarning ta’kiddashiga koʻra geotizimlar asosan togʻ jinslari suvlari, xam 
tuproqlar massalari, oʻsimlik va hayvonot olami kabi moddiy komponentlardan 
tuzilgandir. Ular oʻzaro bogʻliq va oʻzaro ta’sirlidir. Ular orasida muttasil modda 
almashinib turadi. Ushbu komponentlar landshaftlar vertikal tarkibining 
shakllanishida tarkibiy qismlar sifatida ishtirok etadi. 
Landshaft qobigʻini muhofazasi xar-xil koʻrinishda amalga oshirilishi 
mumkin. Ularning eng muhimlari quyidagilar: tabiatning tipik joylarini oʻz xolicha 


33 
saqlab qolish uchun qoʻriqxonalar, rezervatlar tashkil etish, ba’zi tabiiy 
obyektlarni, xalq parklarini buyurtmaxona(zakaznik)larga aylantirish, ajoyib tabiiy 
obyektlar (sharshara, gʻor, qoya, keksa daraxt, jilgʻa, buloq va boshqalar)ni 
hisobga olish, antropogen landshaftni rekultivatsiya qilish va boshqalar. 
Landshaft elementlari inson yashaydigan aniq muhit hisoblanib, uni xar qanday 
koʻngilsiz va nooqilona oʻzgarishlar xamda ifloslanishlardan muhofaza qilish 
zarur. Landshaftlarni muhofaza qilish deganda biz uning unsurlarini iloji boricha 
toza saqlash, undagi muvozanatning buzilishiga yoʻl qoʻymaslik, tabiatning tipik 
va ajoyibh tabiiy xolicha saqlab qolish kabilarni tushuniladi. 
Landshaft va uning unsurlarini turli shakllarda muhofaza qilish mumkin. 
Ularni umumlashtirib quyidagi uch guruhga ajratiladi: 
1. Landshaftning butun komponentlarini toʻla-toʻkis muhofaza qilish. 
2. Antropogen landshaftning vujudga kelishi va uni asl holatini saqlash. 
3. Landshaftning butun komponentlarini muhofaza qilish (qoʻriqxonalarning 
ahamiyati). 
Qoʻriqxonalar - bu tabiat etaloni boʻlib tabiatni muhofaza qilishda bir 
qancha vazifalarni amalga oshiradi. Qoʻriqxonalar tashkil etish orqali ma’lum bir 
joy yoki geografik zona tabiatning (barcha majmualari bilan birga) namunasi tabiiy 
xolicha kelajak avlod uchun saqlab qolinadi.
Qoʻriqxona - bu tabiatning tarkibiy qismi sifatida tabiat majmualari yaxshi 
saqlangan maydonlar hisoblanib, unda tabiiy - hududiy majmualarning rivojlanish 
qonuniyatlari, oʻzaro aloqasini, organizm bilan muhit oʻrtasidagi munosabatlarni 
ilmiy jihatdan oʻrganiladigan tabiiy laboratoriyadir. Bu tabiiy laboratoriyada olib 
borilgan ilmiy izlanishlar natijasi, insonning xoʻjalik faoliyati tufayli 
oʻzlashtirilgan qoʻshni hududda sodir boʻlgan va ijobiy oʻzgarishlarga taqqoslanib, 
ilmiy prognozlar beriladi.
Qoʻriqxonalar soni va turi kamayib borayotgan oʻsimlik va xayvonlarni 
qoʻriqlash va koʻpaytirishda juda muhim rol oʻynaydi. Qoʻriqxonalar tufayli noyob 
hayvon yoki oʻsimlik koʻpaytirib, boshqa yaylovlarga tarqatiladi. Bunga Badxiz 


34 
qoʻriqxonasida koʻpaytirilgan quyonlarni Turkmaniston hududiga qoʻyib 
yuborilishi yaqqol misol boʻla oladi.
Qoʻriqxonalarda yovvoyi hayvonlarni saqlash xamda ularni koʻpaytirishda 
katta ahamiyatga ega. Qoʻriqxonada turli hayvonlar muhofaza ostiga olingach 
bugungi kunga kelib, shunchalik koʻpayar ediki, uni ov qilishga xam ruxsat etish 
mumkin boʻlardi. Qoʻriqxonalar tabiatning ajoyib, qiziqarli, noyob gʻor, qoya, jar, 
shar-shara, geyzf, buloq, nurash tufayli vujudga kelgan relyef shakllari va 
boshqalar) tabiiy xolicha saqlab qolishda juda muhim vazifani bajaradi. 
Qoʻriqxonalarning 
madaniy 
va 
estetik 
jihatdan 
ahamiyati 
katta. 
Qoʻriqxonalar orqali tabiatning ajoyib joylari keng omma orasida namoyon etiladi 
va tabiatni muhofaza qilish zarurligi targʻibot qilinadi. Qoʻriqxona uchun ajratilgan 
joylar ajoyib tabiiy manzarasining koʻrkamligi bilan kishilarni xordiq chiqarib 
madaniy dam oladigan joy, ularga estetik zavq beradigan obyekti sifatida xam 
ahamiyatli hisoblanadi. 
Qoʻriqxonalar muhofaza qilinadigan obyektning xarakteriga koʻra majmuali va 
maxsus qoʻriqxonalarga ajratiladi. Biror hududdagi tabiiy-hududiy majmualar 
toʻliq butunlay muhofaza qilinsa, uni majmuali qoʻriqxona deb aytiladi. 
Oʻzbekistondagi qoʻriqxonalarning koʻpchiligi shunday qoʻriqxonalardan biridir. 
Oʻzbekiston hududida toʻqay, choʻl, togʻ landshaftini muhofaza qilish va tabiat 
tabiatni muhofaza qilish orqali tabiiy landshaftni saqlash, xususan oʻsimlik va 
hayvonlarning xayotini chuqur oʻrganish va koʻpaytirish maqsadida tashkil 
etalgan.
Landshaftlarni 
muhofaza 
qilishda 
yana 
milliy 
(xalq) 
parklari, 
buyurtmaxona(zakaznik)lar va tabiat yodgorliklarning xam ahamiyati katta. 
Oʻzbekistonda xozircha Turkiston togʻ tizmasining shimoliy yon bagʻrida 
joylashgan Zomin xalq parki (1977 yil) mavjud. Uning maydoni 47,7 min ga 
boʻlib, dengiz sathidan 1000 - 4030 metr balandlikda joylashgan. Bu xalq parkida 
mehnatkashlarning 
dam 
olishi, 
sport 
mashgʻulotlari 
va 
turizm 
bilan 
shugʻullanishlari uchun qulay sharoitlar yaratilishidan tashqari, togʻ landshafti va u 


35 
yerdagi organizmlar, oʻtloqlar, hayvonlar, tabiatning ajoyib obyektlari muhofazaga 
olingan.
Landshaftlarni muhofaza qilishda buyurtma (zakaznik)lar xam ishtirok etadi. 
Buyurtmalar hududida tabiat komponentlarining bir qismi (mavjud tabiiy suv 
manbalari, oʻsimlik, hayvon, parranda yoki tabiatning ajoyib qismi va boshqalar) 
qoʻriqlanadi. Buyurtmaxonalar doimiy va vaqtli boʻladi. Buyurtmalarni asosiy 
vazifasi noyob hayvon, parranda yoki oʻsimlik turini yoki tabiatni ajoyib joylarni 
yoʻq boʻlib ketishidan asraydi, hayvon va oʻsimliklarini koʻpayishi uchun sharoit 
yaratadi. 
Landshaftlarning ajoyib, diqqatga sazovor unsurlarini saqlab qolishda tabiat 
yodgorliklarning ahamiyati juda katta. Ilmiy, madaniy va tarixiy jihatidan 
qimmatli, ajoyib, noyob tabiat obyektlarini muhofaza qilib, saqlab qolish uchun 
ancha katta maydonni egallovchi qoʻriqxonalar, zakazniklar barpo etish shart emas. 
Ularni maydoni juda kichik boʻlgan “tabiat yodgorliklari” sifatida saqlab qolib, 
muhofaza qilish mumkin. Bu birinchidan tez amalga oshiriladi, ikkinchidan kichik 
joy boʻlganligidan katta mablagʻ sarflashni talab etmaydi. 
Tabiat yodgorliklari deganda, biz gʻorlarni, sharsharalarni, ajoyib buloq va 
qoyali relyef shakllarini, ochilib qolgan yotqiziqlarni, ayrim noyob va qimmatli 
daraxtlarni, toshqotgan hayvonlarni, tarixiy obidalarni va boshqa tabiatning ajoyib 
obyektlarini tushunamiz. Tabiat yodgorliklarini saqlash va muhofaza qilishning 
ilmiy, tarixiy, madaniy-estetik va vatanparvarlik ahamiyati katta. 
Oʻzbekistonda mingga yaqin tabiat yodgorliklari mavjud. Lekin ularning 
koʻpchiligi hisobga olinmasligi oqibatida holati yomonlashib bormoqda. Shu 
sababli zudlik bilan xar bir qishloq, rayon, viloyat hududida mavjud boʻlgan tabiiy 
yodgorliklarni nazorat ostiga olish zarurdir. Tabiat yodgorliklari xususiyatlariga 
qarab geologiya, paleontologiya, landshaft, arxeologik va botanik yodgorliklarga 
boʻlinishi mumkin. Landshaft yodgorliklari juda koʻp boʻlib unga ajoyib qoyalar, 
sharsharalar, tanglar, qiziqarli jarlar va boshqalar kiradi. Landshaft yodgorliklariga 
Ilonutti darasi, Arslonbobdagi katga sharshara, Surxondaryodagi Kalif -Sherobod 


36 
marzasi, Katta va Kichik Chilan soyligi, Oqtosh soyligi, Sangzor daryosi, 
Shovvachi va boshqalar kiradi. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling