Учебное пособие для практических занятий предназначено для магистров, обучающихся по специальности магистратуры 5А450206 «Водосберегающие технологии»


Hisobot: har bir talaba tomonidan individual ravishda tuzilgan landshaft fani  boʻyicha atamalar va tushunchalar lugʻati.  2-amaliy mashgʻulot


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/37
Sana30.03.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1309298
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37
Bog'liq
Ландшафтли ирригация узбек oquv qollanma

Hisobot: har bir talaba tomonidan individual ravishda tuzilgan landshaft fani 
boʻyicha atamalar va tushunchalar lugʻati. 
2-amaliy mashgʻulot 
Landshaftlarni tabiiy omillar boʻyicha tasniflash, antropogen taʼsir turlari, 
ijtimoiy-iqtisodiy funktsiya. 
Ushbu ish uchun material shaklida quydagilar taqdim etiladi: har xil turdagi 
landshaftlarning maketlari va fotosuratlari. 
Maqsad: Yer tasnifi boʻyicha nazariy bilimlarni qoʻllash orqali 
landshaftlarni tavsiflashda turli omillardan foydalanish. 
Vazifalar: 
1) Ijtimoiy - iqtisodiy holatni hisobga olgan holda landshaftlarni ajratib 
koʻrsatish; 
2) landshaftlarni tabiiy omillar bilan ajratib koʻrsatish; 
3) landshaftlarni antropogen taʼsir turlari boʻyicha ajratish; 
4) oʻrganilgan barcha tasniflardan foydalanilgan holda landshaftlar 
toʻgʻrisida batafsil ma'lumot berish; 
5) landshaftlarning ma'lum tasnif turlariga topshirilishini asoslash. 
Shaxsiy topshiriqni bajarish jarayonida magistrga beriladi: 
-turli xil landshaftlarga ega fotosuratlar yoki maketlar toʻplami, berilgan 
vazifalarni ketma - ket hal qilish boʻyicha koʻrsatmalar va boshqalar. 
Topshiriqni bajarish tartibi: 
1) GOST boʻyicha landshaftlar tasnifidan foydalanib, ijtimoiy-iqtisodiy 
tomondan landshaft turiga qarab uning funktsiyalari va tegishli landshaftni 
aniqlash; 
2) tabiiy omillarga koʻra landshaftni tavsiflash; 


22 
3) taqdim etilgan landshaftlardagi antropogen taʼsirni tavsiflash; 
4) landshaftlarni tasniflagandan soʻng, landshaftlarni ma'lum tasniflash 
uchun mantiqiy asoslash. 
Hisobot: individual topshiriq boʻyicha hisobot muayyan amaliy materialda 
bajarilgan vazifalarning batafsil tavsifi shaklida taqdim etiladi. 
1.3. Landshaftlar va ularning strukturasi. 
Landshaftlar yer yuzasining real mavjud bir qismi boʻlib, mustaqil tabiiy 
hosil boʻlgan boʻlib, bir-biridan sifat jihatdan farqlanadilar. Har qanday landshaft 
bir qator komponentlardan va ularning oʻzaro bogʻliqligidan tashkil topgan (1.13-
rasm). Har bir konkret landshaftni shakllanishida yer sathining geologik tuzilishi, 
relyefi, iqlimi, tuprogʻi, suv resurslari va boshqa tabiiy komponentlari ishtirok 
etadi, ular landshaft yuzaga keltiruvchi omillarga kiritiladi va turli tipdagi 
tizimlardan tashkil topgandir.
1.13-rasm. Landshaftning koʻrinishi 
Har qanday landshaft oʻziga xos strukturaga ega boʻlib, fazoda va vaqt 
oraligʻida oʻzgarib boradi. Ushbu oʻzgarishlarning xarakteri davrli, ssiklik va 
ritmik ravishda namoyon boʻladi. Landshaftlarda sodir boʻluvchi davriy 
oʻzgarishlarga yirik daryoboʻyi landshaftlarini doimo bir paytda, ya’ni bahorgi suv 
toshqinlarida suv bosishini misol qilish mumkin. Demak landshaft rivojlanishida u 
yoki bu tabiiy jarayonlar aniq bir vaqt oraligʻida doimo qaytarilib turadi. 


23 
Tabiiy landshaftlardagi ssiklik oʻzgarishlar uning avvalgi holatiga muayyan 
bir davrdan soʻng qaytishi bilan harakterlanadi. Bunga misol tariqasida konkret 
landshaftda, ya’ni masalan kesilgan oʻrmon maydonini tabiiy tiklanishi, 
qoʻriqlanadigan togʻli hududlarda tabiiy oʻsimlik qoplamini qoʻriqxona muhitida 
qayta tiklanishini keltirish mumkin. 
Landshaftlar strukturasida sodir boʻluvchi ritmik oʻzgarishlarga turli vaqt 
oraliqlarida uning tabiiy komponentlarida yoki morfologik bir qismlarida yuzaga 
keladigan oʻzgarishlar kiradi. Bunga misol tariqasida tabiatda doimo sodir boʻlib 
turuvchi sel, koʻchkilar, suv va shamol eroziyasi, zilzilalar va hokazo jarayonlarni 
keltirish mumkin. Ushbu tabiiy jarayonlar katta hududlarda landshaftlar qiyofasini 
tubdan oʻzgartirib yuboradi. Landshaftlar oʻz - oʻzini boshqaruvchi tizim 
hisoblanadi, u doimo muvozanat holatga intiladi. Bu landshaftlardagi turli aloqalar 
hisobiga erishiladi, ular orasida toʻgʻri va qaytuvchi aloqalar peshqadamlik qiladi, 
ular oddiy oʻz-oʻzini boshqarish, orqali uning strukturasida stabil holatni yuzaga 
kelishini ta’minlaydilar. 
Muayyan landshaftni bir holatdan ikkinchi yangi muvozanatli holatga oʻtishi 
tashqi sabablar, shu jumladan insonning xoʻjalik faoliyati tufayli sodir boʻladi va 
oʻtish vaqti koʻpgina omillar va sabablar tomonidan belgilanadi. Bular, masalan 
landshaft majmuasining komponentlarini oʻz massasini va energiyasini saqlash 
qobiliyati, turli tashqi ta’sirlarga chidamlilik darajasi, davom etayotgan jarayonlar 
va holatlarni masshtabliligi va hokazolardir. 
Landshaft - tipologik majmualar boʻlib stabillik holatiga koʻra chidamli 
nisbatan chidamli va suksession turlariga ajratiladi. Landshaftning chidamli holati 
deyilganda uning stabil muvozanat holati tushuniladi, ya’ni unda avvalgi 
muvozanat holatni tiklashga qaratilgan rivojlanish dominantlik qiladi. Agarda 
landshaftning tashqi qiyofasida va strukturasida sezilarli darajadagi oʻzgarishlar 
tashqi unchalik ahamiyatsiz sabablarga binoan sodir boʻlsa, landshaftlar nisbatan 
chidamli hisoblanadilar. Faol kechuvchi u yoki bu jarayonlar (mavjud landshaft 
oʻrnida yangi tabiiy yoki antropogen, modifikatsiyali landshaftlar yuzaga kelishi) 
natijasida kuchli oʻzgarishga uchragan landshaftlar suksession landshaftlar deb 


24 
ataladi. Demak suksession landshaftlar oʻzining tashqi va ichki strukturasini 
nisbatan tez oʻzgartiruvchi landshaftlar hisoblanadilar. Suksession landshaftlar 
asosan antropogen omil ta’siri natijasida yuzaga keladi (Togʻlarda ruda va noruda 
qazilmalar, koʻmir konlarida ochiq usulda qazish). 
Tabiatda landshaft-ekologik muvozanat dinamikasini oʻrganish muammosi, 
ayniqsa togʻli tizimlarda murakkab boʻlib shu bilan birga u dolzarb hisoblanadi. 
Shu oʻrinda ta’kidlash lozimki, landshaft tabiatdan foydalanishning asosi boʻlish 
xoʻjalik funksiyalarni bajarishdan tashqari muhim hayotiy funksiya inson yashash 
muhitini yuzaga keltiradi. 
Landshaft morfologiyasi va klassifikatsiyasi tushunchasiga qisqacha izoh 
berib oʻtamiz. 
Landshaftni morfologik jihatdan oʻrganishda undangi ichki hududiy 
boʻlinganligi; komponentlari orasidagi oʻzaro aloqalar xarakteri va morfologik 
qismlarini oʻzaro joylashganligi e’tiborga olinadi. Landshaftning morfologik 
qismlari nisbatan mayda tabiiy majmualardan iborat boʻlib, ularni shakllanishi va 
rivojlanishi konkret hududning mahalliy xususiyatlariga bogʻliq holda amalga 
oshadi.
Landshaftning eng sodda, quyi morfologik birligi kenglikda uning tabiiy 
komponentlari orasidagi oʻzaro bogʻlanishli aloqalari xarakteri oʻzgarmas boʻlgan 
“fatsiya” hisoblanadi. Bu, tabiiy-hududiy majmua boʻlib, unda davomiy uzoq 
davrda relyef xarakteri, namgarchilik, mikroiqlim, tuproq turlari, biotsenoz va yer 
ustki ma’danlarining litologiyasi bir xil saqlanadi. Fatsiya asosan mikroshaklni 
yoki uning bir qismini egallaydi va uning asosiy sifati - majmuaviyligini saqlab 
qoladi. Bunga misol tariqasida deyarli tuproq-oʻsimlik qoplamidan maxrum 
boʻlgan jarlik yonbagʻirlari, daryo havzasidagi unchalik chuqur boʻlmagan hamda 
oʻtloq va chimli - loyli tuproqli daryo boʻyi yerlari, shimoliy ekspozitsiyali togʻ 
yonbagʻirlarining quyi qismi, botqoqlikning kichik boʻlagi va hakozolarni keltirish 
mumkin. 


25 
Avvaldan mavjud boʻlgan va oʻzgartirilgan antropogen fatsiyalar - shudgor, 
oʻrmon ihotazori, madaniy oʻrmonlar, mevali bogʻlar, qishloq xoʻjaligi ekinlari 
maydonlari kabi fatsiyalarga ajratiladi.
Yer yuzasida fatsiya turlari nihoyatda xilma xil va ularni alohida oʻrganish 
ancha murakkab jarayon. Shuning uchun faqat asosiy va tipik landshaft boʻlimlari 
oʻrganiladi, bu ularni kelib chiqishi va biotsenoziga koʻra guruhlar yoki tiplarga 
asosli ravishda ajratish imkonini beradi. Ushbu jarayon ham ilmiy, ham amaliy 
ahamiyatga ega boʻlib, u yoki bu guruhdagi fatsiyalar turli xil qishloq xoʻjaligi 
ekinlari maydonlarini shakllantiradilar, ular boʻlsa oʻz navbatida potensial 
landshaft-resurs imkoniyatlariga ega boʻladilar. Ikki yoki bir necha fatsiyalar 
murakkabroq tabiiy-hududiy majmualar-oʻz relyefiga va biotsenoziga ega mustaqil 
tabiiy yer maydonlarini tashkil etadilar. 
Ushbu landshaftlarning morfologik qismlari oʻzaro bir-biri bilan bogʻlangan 
fatsiyalardan iborat boʻlib, har bir fatsiya relyef mezoshakli chegaralari doirasida 
shakllangan boʻladi.
Vodiy sharoitlarida daryo terrasalari havzalari (1.14-rasm), dengiz boʻyi 
qumlari, botqoqliklar tabiiy majmualar boʻlib, ularda oʻziga xos namgarchilik 
sharoitlari va biogetsinoz shakllangan. Bogʻlarda boʻlsa turli ekspozitsiyadagi togʻ 
yonbagʻirlari, togʻ daryolari havzalari, daralar, kanonlar, suv ayirgʻich maydonlari, 
botqoqlar va hakozolar tipik urochishega misol boʻladi.
Sayxonliklar asosiy (dominant) va boʻysunuvchi tiplarga ajratiladi.
1.14-rasm. Vodiy sharoitida landshaftlar 


26 
Dominant sayxonliklar landshaftda keng tarqalgan va uning morfologik 
strukturasining asosini tashkil etadi. Masalan eroziyaga uchragan vodiylarda 
jarliklar, balkalar, balkalar oraligʻidagi maydonlarda shakllangan sayxonlik uning 
asosini tashkil etadi. Boʻysunuvchi sayxonliklar landshaft davomida koʻp 
uchraydilar, ular qoida boʻyicha katta maydonlarni egallamaydilar, lekin shu bilan 
bir paytda muayyan landshaftga oʻziga xos koʻrinishlar beradi.
Bepoyon dasht landshaftining quyi tekisliklaridagi koʻp va botqoqliklardan 
iborat chuqurliklar, botqoqlar, choʻkmalar uchraydi. Ushbu boʻysunuvchi 
sayxonliklar relyefning salbiy shakl va xususiyatlari (erozion, karstli, yer ostki 
suvlari joylashuvi, yer osti suv manbalari va xakozo) bilan bogʻliq boʻladi. 
Sayxonliklarni guruhlash va ularda sodir boʻluvchi oʻzgarishlarni nazoratga 
olish - murakkab masala hisoblanadi. Sayxonliklarni ajratish va guruhlashda asosiy 
mezonlar sifatida muayyan biotsenozni shakllantiruvchi mezorelyef, substrat 
tarkibi, namlanishi sharoitlarida va drenaj hisobga olinadi.
Shuni ta’kidlash lozimki, turli tabiiy hududlardagi bir xil relyef va ona jinsli 
sharoitlarda oʻziga xos mahalliy iqlim, suv rejimi, turli tuproq va biotsenozlar 
shakllanadilar. 
Bu sayxonliklarni ham turlicha boʻlishini ta’minlaydi. Shu sababli ham 
sayxonliklarni guruhlash - ularni tiplarga, kenja tiplar va turkumlarga birlashtirish 
ularning zonal va provinsial xususiyatlaridan kelib chiqqan holda amalga 
oshiriladi. 
Bir landshaft turli tipdagi sayxonlaklardan iborat boʻlishi mumkin, shu 
jumladan insonning tabiatga aralashuvi oqibatida (shudgorlar, yongʻin boʻlgan 
maydonlar, kesilgan oʻrmon maydoni, qurigan oʻtloqlar) yuzaga kelgan turli 
modifikatsiyadagi antropogen oʻzgarishlar shular jumlasidandir: 
Guruhlashda turli modifikatsiyalarni tabiiy fatsiyalar va sayxonliklar bilan 
bogʻlanishi aks ettirilishi lozim. Shuning uchun sayxonliklarni va ularni asosini 
tashkil etuvchi fatsiyalarni guruhlashda tabiiy omillar hisobga olinadi. Turli xil 
antropogen qishloq xoʻjaligi modifikatsiyalar parallel guruhlanadi, lekin asosiy 


27 
qatorga yoki asosli, tub omil - tabiiy fatsiyalar va sayxonliklardan qat’iy 
boʻysunadi. 
Albatta fatsiya va sayxonliklarni doimiy, oʻzgarmas xosilalar nafaqat relyef 
rivojlanishi, balkim oʻsimlik dunyosi ta’siri, turli geokimyoviy va boshqa 
jarayonlarga bogʻliq boʻladi. Boshqacha aytganda landshaftning morfologik 
qismlarini doimiy oʻz-oʻzidan rivojlanishi sodir boʻladi, uning oʻzgarishi ichki 
qarama-qarshiliklar natijasida sodir boʻladi.
Tabiiy landshaftlardagi oʻz-oʻzidan rivojlanish jarayoni mavsumiy yoki 
boshqassiklik oʻzgaruvchanlik bilan mos ravishda oʻtadi. Hozirgi paytda asosiy 
landshaftlarning rivojlanishi ularga inson faoliyatining aralashuvini qay darajada 
ekanligi bilan belgilanadi. 
Sayxonliklarni oʻrganish, ularni guruhlash va kartalashtirish hududni ilmiy 
asoslangan uslublarda qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun tashkil etishga imkon 
beradi. Agarda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida fatsiyalar orasidagi farqlar 
unchalik e’tiborga olinmasa, aksincha tabiiy sharoitlari turlicha boʻlgan 
sayxonliklarda bu farqlar e’tiborga olinadi va turlicha foydalaniladi. Masalan, 
biron - bir suv ayirgʻich dasht tekisligidagi sayxonlikni shudgor sifatida 
foydalanilsa, ushbu hududni ajratib turuvchi balkalarni oʻrmon yoki oʻtloq 
yaylovlari sifatida foydalanish mumkin.
Agarda yirik shudgorlangan massiv turli tipdagi sayxonliklardan iborat 
boʻlsa, unda ushbu hududda bir xil agrotexnik tadbirlarni qoʻllash tavsiya 
etilmaydi.
Shunday qilib, tabiiy ichki turli-tumanligini bilish, ularda agrotexnik va 
tabiatni muhofazalovchi tizimlarni ishlab chiqish imkoniyatini yaratadi, ular oʻz 
navbatida landshaftda kechuvchi geokimyoviy va biofizik jarayonlarni bir 
maromga solish va yer resurslarini yuqori tabiiy potensialini mavjudligini 
ta’minlaydi. Fatsiya va sayxonliklar quyi tabiiy-hududiy majmualar boʻlib, ular 
konkret yer uchastkasining tabiiy xususiyatlarini oʻzida aks ettiradi. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling