Учебное пособие для практических занятий предназначено для магистров, обучающихся по специальности магистратуры 5А450206 «Водосберегающие технологии»


 Landshaftshunoslik. Tabiiy va antropogen landshaftlar


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/37
Sana30.03.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1309298
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Ландшафтли ирригация узбек oquv qollanma

1.2. Landshaftshunoslik. Tabiiy va antropogen landshaftlar. 
Tabiiy landshaft - bu quruqlik doirasida tabiiy chegaralar bilan oʻralgan bir 
xil maydonni, uning doirasida tabiiy komponentlar (iqlim, relyef, suv, tuproq, 
oʻsimlik va hayvonot dunyosi) oʻzaro bogʻlik birlikni tashkil etadi (1.5- rasm). Bir 
xil hududlar landshaftlarida tayga, tropik oʻrmonlar, tundrada ancha kichikroq 
tabiiy birliklar – geografik landshaftning tarkibiy qismlari bor. Zamonaviy 
landshaft qurilishida tabiiy va antropogen landshaft tushunchalari mavjud. 
1.4- rasm. Sugʻoriladigan ekin ekilgan maydonda landshaftli irrigatsiya 


13 
1.5- rasm. Tabiiy landshaft 
Tabiiy landshaftlarga tabiiy muhitning rivojlanishi natijasida paydo boʻlgan 
va inson faoliyatida ta’sir koʻrsatmagan barcha landshaftlar kiradi. Ammo yer 
sharida inson tegmagan landshaftlar juda kam. Xoʻjalik yuritish faoliyati davomida 
inson ba’zi tabiiy komponentlarni – birinchi navbatda oʻsimlik, tuproq, suv rejimi, 
faunani oʻzgartiradi. Bunday oʻzgarishlar landshaftda mavjud tabiiy komponentlar 
orasidagi aloqa va bogʻliqliklarni buzadi. Hududni oʻzlashtirish ehtiyoji va 
insonning tabiatga ta’siri landshaft oʻzgarishlarini paydo qiladi - sugʻorish va 
zovur tarmoqlarini loyihalash, qurish, yoʻl tarmoqlari va elektr uzatish liniyalari, 
poselkalar toshkil qilish va boshqalar paydo boʻladi.
Insonning tabiiy muhitga aralashuvi bilan u antropogen muhitga aylanadi. 
Antropogen landshaftlar ilgaridan, insonning xoʻjalik yuritish faoliyati vujudga 
kelgandan beri mavjud boʻlgan. Dastavval ular yer shari landshaftlarining umumiy 
shakllanishida hech qancha rol oʻynamadilar: inson tomonidan qilingan 
oʻzgarishlar juda kichik hududlarda yuz berardi va qaytma xarakterga ega edi. 
Inson faoliyati oʻlchamlari kengayishi bilan uning natijalari ba’zi hollarda qaytmas 
xarakterga ega boʻla boshladi. Landshaftning bu asta - sekin oʻzgarishlari yer 
yuzining katta maydonlarini egalladi. 
Keyinroq ularga sanoat ishlab chiqarishi, qazilma boyliklarni oʻzlashtirish 
orqali keladigan oʻzgrishlar qoʻshildi. Muhitning oʻzgarishi oʻzining jismoniy 
koʻrsatkichlari va mustahkamlik darajasiga koʻra turli xil toʻla «oʻlgan» dan, ba’zi 


14 
bir ochiq qazilmalardagidek, hali tabiiy yoʻl bilan tiklasa boʻladigan nisbatan 
kichik «buzuqlik» gacha borib etdi. 
Mana shu sabablarga koʻra yer yuzida toza holdagi tabiiy landshaftlar 
qolmadi desa inson aralashuvi bilan oʻzgargan, bu hodisalar kuchaymoqda va 
biogen landshaftlarning oʻzgarish va qayta tiklash protsesslari obyektiv 
muqarrardek (Milnov F.N. Inson va landshaftlar). Yer yuzida yuiogen landshaftlar 
sonining qisqarishi ham muqarrardir; oʻz navbatida ularning insoniyat hayotidagi 
roli ham qisqarmogʻi kerak. 
Ammo tabiiy muhitning ta’sirini sinab koʻrgan vohalarini saqlab qolmoq 
lozim: bu «namuna»larni oʻrganish, ekologik muvozanat qonunlari misolida ularni 
tadqiq etish kelajakda inson yashash muhitining hayotiy va chidamli turlarini 
shakllantirishning yagona yoʻli hisoblanadi (1.1-jadval). 
Qishloq xoʻjaligida landshaftlarning hosil boʻlishi (1.6- rasm), tarkibi va 
rivojlanishi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga ham bogʻliq boʻladi. Qishloq xoʻjaligini 
rivojlantirishda yaqin va uzoq kelajak uchun reja (bashorat) tuzish, antropogen 
landshaftlarni bashorat qilish bilan bogʻliq holda amalga oshiriladi, tabiiy va 
qishloq hoʻjalik majmualarining inson ta’sirida oʻzgarishi inobatga olinadi.
1.1-jadval 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling