Учебное пособие для практических занятий предназначено для магистров, обучающихся по специальности магистратуры 5А450206 «Водосберегающие технологии»


 Egatlarga toʻshalgan plyonkalar orqali sugʻorish


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/37
Sana30.03.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1309298
TuriУчебное пособие
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37
Bog'liq
Ландшафтли ирригация узбек oquv qollanma

4.6. Egatlarga toʻshalgan plyonkalar orqali sugʻorish. 
Egatga plyonka toʻshab sugʻorish bu asosan chigit ekishdan oldin tuproqdagi 
issiqlikni sun’iy tomondan yaratishdan iborat. Plyonka sifatida mulchadan 
foydalanish chet el davlatlarida keng miqyosda foydalaniladi. Mulcha sifatida eng 
yaxshisi maxsus mulchalash plyonkasini ishlatgan ma’qul. Mulchalash plyonkasini 
ishlatganda beistisno tomchilatib sugʻorishdan foydalanish zarur. Qatorni yoki 
pushtani mulchalash plyonkasi bilan yopishdan avval bevosita tomchilatib 
sugʻorish ichagi ana shu pushtaning oʻrtasiga yotqiziladi. Bu orqali tuproqda 
oʻsimlik uchun zarur boʻlgan namlikni uzoq muddatda saqlashga imkoniyat 
yaratiladi xamda daladan boʻladigan bugʻlanishni qisqartishga erishiladi (4.2- 
rasm). 


4.2-rasm. Yerni tayyorlash va mulchalovchi plyonka usuli
Tomchilatib sugʻorish ichagini hosil qilingan pushtaning markazi boʻylab 
yotqizgandan keyin, uning ustiga mulchalovchi plyonka yopib chiqiladi. Bir 
muncha sovuq va nam iqlim sharoiti uchun pushtalar baland va qora rangli 
mulchalovchi plyonka ishlatilgan (4.2 a- rasm). Oʻng tarafda - issiq iqlim sharoiti 
uchun olingan past pushtalar va maxsus, nihoyatda arzon narxli mulchalovchi 
plyonka keltirib oʻtilgan (4.2 b- rasm). 


89 
AQSHlarida plyonka ostida yetishtirilgan gʻoʻzadan bugʻlanishning 
kamayishi hisobiga plyonkasiz ekilganga nisbatan hosildorlik 1,49 marta, uzumda 
2,2 marta, dukkakli oʻsimliklarda 1,27 marta yuqori boʻlgan tuproqdagi namlik 40 
- 50 % saklanganligi olimlar tomonidan aniqlangan (E.Staff va boshqalar). 
Respublikamizda plyonka ostida paxta yetishtirishni vatani Andijon viloyati 
(Fargʻona vodiysi) hisoblanadi. Bu texnologiyani ijobiy tomonlari: paxta 
hosildorligi 10st/ga ortishi; sugʻorish suvining iqtisodi 40 foizgacha tejalishi; erta 
ekish - erta pishishi; tuproqqa ishlov beruvchi texnikalarning sarf - xarajatlarini 30 
- 60 foizga kamayishi (O.Yakubjanov 1997) olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy 
tadqiqot ishlarida isbotlangan. 
Plyonka ostida yetishtirilganda paxta hosildorligining ortishini, oddiy usulga 
nisbatan quyidagicha izoxlash mumkin: 

bir qatorli tartibda urugʻ qadalgan xar gektar yerda koʻchat qalinligi 
gektariga 140-142 ming tupga etishi; 

plyonka ostidagi tuproq haroratining ortishi gʻoʻza rivojlanishini 
tezlashtirishi; 

tuproqda nam zahirasining saqlanishi; 

oʻgitdan foydalanish samaradorligining ortishi; 

yog‘ingarchilik yillarida unumdor qatlamda tuproqning qatqaloqdan 
saqlanishi va boshqalar.
Qishloq xoʻjalik ekinlari yetishtiriladigan maydon sharoitiga karab ochiq 
usulda ekilgan gʻoʻzaga nisbatan plyonka ostiga ekilganda yaqin ikki barobar kam 
suv beriladi va kultivatsiya qilinadi. Plyonka ostiga ekilgan gʻoʻza ildizi diomo 
namlikda boʻlganligi uchun dalani boshida xam, oxirida xam gʻoʻzaning bir xil 
rivojlanishiga imkoniyat yaratiladi (Obidov K., Sultonov M., 1997 y). 
Xozirgi vaqtda qishloq xoʻjalik ekinlarini yetishtirishda suv tejamkor 
sugʻorish texnologiyalarni qoʻllash va mavjud sugʻorish texnologiyalarini 
takomillashtishga katta e’tibor berilishi bejis emas. Suv tejamkor sugʻorish 
texnologiyalarni qoʻllash orqali oʻsimlik uchun zarur boʻlgan suv-ozuqa-havo 
tartibotlari maromida boʻlishi ta’minlanadi xamda qishloq xoʻjalik ekinlarining 


90 
hosildorligi oshishiga erishiladi. Plyonka ostiga qishloq xoʻjalik ekinlari jumladan 
paxtani yetishtirishda olib borilagan ilmiy tadqiqot izlanishlarni tahlil shuni 
koʻrsatadiki, bu texnologiyani qoʻllash orqali suv tejalishi ekin uchun maqbul 
sharoit yaratilishi katta ahamiyatga ega.
Qurgʻoqchilik kelgan yillarida, qurgʻoqchilik, yuqori harorat va suv 
tanqisligini oldini olish, paxtadan yuqori hosil yetishtirish uchun mahalliy 
oʻgʻitlarni keng qoʻllash, chigitni pushtaga ekish, mineral hamda mahalliy 
oʻgʻitlardan samarali foydalanish, plyonka ostiga ekish, suv tejash usullarini joriy 
etish, subirrigatsiyadan va minerallashgan (2 - 3 g/l) suvdan foydalanish, tuproq 
yuzasini somon, goʻng, polietilen plyonka va h.k. bilan qoplab mulchalash
tomchilatib, diskret, qator oralatib kabi va boshqa agrotexnologiyalar yaratilib 
ishlab chiqarishda qoʻllanilmoqda.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling