Учебное пособие для практических занятий предназначено для магистров, обучающихся по специальности магистратуры 5А450206 «Водосберегающие технологии»


 Gidrotexnik inshootlarni loyihalash


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/37
Sana30.03.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1309298
TuriУчебное пособие
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
Ландшафтли ирригация узбек oquv qollanma

4.12. Gidrotexnik inshootlarni loyihalash. 


104 
Gidrotexnik inshootlar xoʻjalikdagi sugʻorish va zax qochirish tarmoqlarida 
quyidagi maqsadlarda loyihalanadi:
1. Suv sathlarini rostlash.
2. Suv sarflarini rostlash.
3. Beflarni tutashtirish va suv tezligini rostlash.
4. Suv sarflarini oʻlchash.
5. Har xil toʻsiqlardan olib oʻtish.
6. Suv sifatini toʻgʻrilash va ekspluatatsiya qilish.
Suv sathlarini rostlovchi gidrotexnik inshootlarga suvni damlovchi va 
toʻsuvchi inshootlar, jumladan: toʻgʻonlar, nasoslar kiradi.
Suv sarflarini rostlovchi gidrotexnik inshootlarga suv chiqargichlar, suv 
oluvchi inshootlar va boshqalar kiradi.
Beflarni toʻtashtiruvchi va suv tezligini boshqaradigan gidrotexnik 
inshootlar: tezoqarlar va sharsharalar kiradi.
Suv sarflarini oʻlchashdan asosiy vazifasi, dalaga berilgan suvni hisob-kitob 
qilishdan iborat boʻlib, suvdan foydalanishni oshirishni ta’minlaydi. Suv sarfini 
oʻlchash inshootlariga: vertushka (yirik kannalarda), SANIIRI ostonasi, SANIIRI 
novi, Chipoletti, Tomson va boshqalar kiradi.
Har xil toʻsiqlardan sugʻorish va zax qochirish tarmoqlarini olib oʻtuvchi 
inshootlarga akveduklar, dyukerlar, quvurlar, koʻpriklar va boshqalar kiradi.
Suv sifatini toʻgʻrilovchi inshootlarga kuzatuvchi, nazorat quduqlar va 
boshqalar kiradi.
Gidrotexnik inshootlarni namunaviy va yigʻma konstruksiyalardan 
quriladigan qilib loyihalash talab qilinadi.
Nazorat savollari: 
1.Sugʻorish tarmoqlarining hisobiy suv sarfi nima? 
2. Hisobiy suv sarflari nimaga asosan belgilanadi? 


105 
3.Sugʻorish texnikasi elementlariga nimalar kiradi (yer ustidan sugʻorish 
usuli)? 
4.Sugʻorish kanallarining gidravlik hisobi nima maqsadda amalga oshiriladi? 
5. Sugʻorish kanallarining gidravlik hisobi qanday usullarda amalga 
oshiriladi. 
6. Yer ustidan egat uzunligi boʻyicha sugʻorishda tuproqlarning namlanishi 
qanday jarayon asosida sodir boʻladi. Misollar bilan tushuntiring. 
7. Tuproqning tekis namlanish koeffitsienti deganda nima tushunasiz? 
8. Sugʻorish texnikasining foydali ish koeffitsienti nima? 
9. Tomchilatib sugʻorish tizimi elementlariga nimalar kiradi? 
10. Bogʻ va uzumzorlarni tomchilatib sugʻorish hisobi qanday amalga 
oshiriladi va qaysi koʻrsatkichlar aniqlanadi? 
11.Tomchilatib sugʻorish usulini qoʻllashda qanady masalalarni yechishni 
talab qilinadi? 
12. Tomchilatib sugʻorishning gidravlik hisobini bajarishdan asosiy 
maqsad nimadan iborat? 
13.Tomchilatib sugʻorish uchun nasos agregatini qanday tanlanadi? 
14. Gidrotexnik inshootlar nima maqsadda loyihalanadi? 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling