Учебное пособие для практических занятий предназначено для магистров, обучающихся по специальности магистратуры 5А450206 «Водосберегающие технологии»


Tomchilatib sugʻorishning afzalliklar


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/37
Sana30.03.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1309298
TuriУчебное пособие
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37
Bog'liq
Ландшафтли ирригация узбек oquv qollanma

Tomchilatib sugʻorishning afzalliklari, bu ekinning ildizi rivojlanadigan 
tuproq qatlamida (ayniqsa, oʻsimlikning amal davrida) maqbul suv - fizik rejimni 
birday ushlab turish oqali qishloq xoʻjalik ekinlaridan yuqori hosil olish uchun 
qulay sharoit yaratishdan iborat. Oʻsimlik ildiz qatlamida maqbul namlikni 
ta’minlash esa oʻsimlikning oʻziga zarur boʻlgan vaqtda suv va oziq moddalarni 
olishiga doimiy imkoniyat yaratadi. Natijada oʻsimlikning energiyasi toʻlaligicha 
oʻzining rivojlanishi va oʻsishi, pirovardida esa hosilini koʻpaytirishiga 
yoʻnaltiriladi. Maqbul sugʻorish va oziqlanish hisobiga bogʻ va tokzorlarda 
hosildorlik 20 - 40 % gacha, sabzavot ekinlarida esa 50 - 80 % gacha oshishi ilmiy 
tomondan isbotlangan. Bundan tashqari sabzavotlarni pishib yetilishi ham 10 - 15 
kunga avvalroq boʻladi.
Tomchilatib sugʻorish tizimlarida suv oʻsimlikka quvur va shlanglar 
vositasida yetkazib berilishi va tizim bir joyda doimiy turishi tufayli sugʻorish va 


92 
oziqlantirish jarayonlarini toʻliq avtomatlashtirish imkoniyati yaratiladi. Dalaning 
faqat ekinlarni idizi joylashgan qismigina namlanadi. Bunda dala tuprogʻi 
qotmaydi, natijada tuproqni yumshatish (kultivatsiya) va undan keyin yana ariq 
olishga hojat qolmaydi. Oʻgʻit suv bilan birga berilganligi bois, oʻgʻitlash uchun 
texnika ishlatishning zaruriyati qolmaydi. Natijada mehnat va yonilgʻi moylash 
materiallari sarfi kamayadi.
Tomchilatib sugʻorish tizimlarining eng asosiy afzalligi mavjud suvdan 
samarali foydalanish imkoniyatini yaratishidir. Tomchilatib sugʻorish tizimlari 
qoʻllanilganda sugʻorishga ishlatiladigan suv miqdori boshqa sugʻorish 
usullaridagiga nisbatan 20 % dan 80 % gacha kam boʻladi. Suvni tejash kattaligi 
joyning tabiiy-iqlim va tuproq sharoitlari, yetishtirilayotgan ekin turi va 
qoʻllanilayotgan tomchilatib sugʻorish tizimining texnik koʻrsatkichlariga bogʻliq 
boʻladi.
Tomchilatib sugʻorishda suvni tejashga odatda quyidagilar hisobiga 
erishiladi:
- sugʻorish rejimining oʻziga xosligi (sugʻorish me’yorining oʻsimlikning 
suvga boʻlgan talabiga mosligi); 
- sugʻoriladigan (namlanadigan) maydonning cheklanganligi (suv toʻgʻridan 
- toʻgʻri oʻsimlikning ildizi rivojlanadigan qatlamga yetkazib beriladi);
- tuproqdan bugʻlanadigan suv miqdorining kamligi (dalaning koʻp qismi 
quruq qolishi ta’minlanishi sababli);
- begona oʻtlar rivojlanishini cheklanishi (mazkur oʻtlar boʻlmaganligi 
tufayli dalaga beriladigan suvdan ekinlar foydalanishi mumkin);
- sugʻorishga berilayotgan suvning dala boʻylab tarqalib ketmasligi va 
tuproqqa singib ketmasligi;
- daladan tashlamaga suv chiqib ketmasligi (tashlanmasligi).
Tomchilatib sugʻorishda faqat oʻsimlikning ildizi atrofi namlanganligi 
tufayli sugʻorishning foydali ish koeffitsienti 90 - 95 foizga teng boʻladi. Egatlab 
va yomgʻirlatib sugʻorish usullarida bu koʻrsatkich 70 - 75 foizdan ortmaydi.


93 
Qayd etilgan asosiy afzalliklardan (hosil miqdori va sifati yaxshilanishi, 
mehnat sarfi kamayishi va suv tejalishi) tashqari tomchilatib sugʻorish 
tizimlarining yana bir qancha ijobiy tomonlari mavjud:
- tomchilatib sugʻorish ozuqani (oʻgʻitni) oʻsimlik rivojining turli fazalarida 
oʻsimlik ehtiyojiga mos ravishda sugʻorish suviga qoʻshib berish imkoniyatini 
yaratadi. Bunda mehnat sarfi va beriladigan oʻgʻit miqdori 50 foizgacha kamayishi 
mumkin;
- tomchilatib sugʻorish tizimi suv va ozuqani ekin maydoni boʻyicha bir tekis 
taqsimlanishini ta’minlaydi. Bunda oʻsimliklar bir xil rivojlanadi va hosili ham bir 
vaqtda pishadi. Natijada hosilni yigʻib olish osonlashadi;
- ekin dalasini cheklangan ravishda namlanishi dalaga mexanizmlar kirishiga 
imkoniyat qoldiradi. Dala qurishini kutishga hojat yoʻqligi bois agrotexnik 
tadbirlarni sugʻorish bilan bir vaqtda olib borish mumkin, ya’ni mehnatni toʻgʻri 
tashkil etishga imkoniyat yaratiladi;
- sugʻorish vaqtida daladan oqava chiqmaganligi bois tuproq eroziyasi butkul 
bartaraf etiladi. Ushbu jihat katta nishabli va tekislanmagan maydonlarda 
tomchilatib sugʻorishni qoʻllash ayniqsa katta samara berishini koʻrsatadi;
- suvni tuproqqa shimilishining cheklanganligi yer osti suvlari sathining 
koʻtarilib ketishiga imkoniyat qoldirmaydi, demak dala botqoqlanmaydi va 
shoʻrlanmaydi;
-sugʻorishga bir vaqtda beriladigan suv sarfining kichikligi kam debitli suv 
manbalaridan (quduqlardan) foydalanishga, yoki ushbu kam suv bilan katta 
maydonlarni sugʻorishga imkoniyat yaratadi;
-egatlar oraligʻidagi tuproq doimo quruq boʻlganligi tufayli begona oʻtlarni 
chopib yoʻqotish osonlashadi. Bundan tashqari gerbitsidlarni suv bilan birga berish 
imkoniyati ham yaratiladi;
-oʻsimlik ildiz qatlami atrofi doimo nam boʻlganligi bois, u yerda tuz 
yigʻilishiga sharoit qolmaydi.
Tomchilatib sugʻorish texnikasining juda koʻp afzallik tomonlari mavjud. 
Jumladan:


94 
- suv resurslari 45 - 55 foizgacha tejaladi;
- notekis yerlarni sugʻorish imkonini beradi;
- sugʻorish ishlari yengillashadi;
- suvchilar soni kamayadi;
- mineral oʻgʻitlarning isrof boʻlishining oldi olinadi;
- ortiqcha mehnat: oʻq ariqlar olish, joʻyaklarni boshini har xil materiallar 
bilan qoplash, oʻq ariqlarni buzish va boshqalar bajarilmaydi;
- ekin qator oralari qotib ketmaydi, qator oralariga ishlov berish soni 
kamayadi va boshqalar.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling