Учебное пособие для практических занятий предназначено для магистров, обучающихся по специальности магистратуры 5А450206 «Водосберегающие технологии»


Egatning uzunligi boʻyicha tuproqning tekis namlanish koeffitsienti va


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/37
Sana30.03.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1309298
TuriУчебное пособие
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   37
Bog'liq
Ландшафтли ирригация узбек oquv qollanma

4.5.Egatning uzunligi boʻyicha tuproqning tekis namlanish koeffitsienti va 
sugʻorish texnikasining foydali ish koeffitsientini aniqlash. 
Gʻoʻzani sugʻorishda suv tejamkor sugʻorish texnologiyalarni qoʻllash, katta 
ahamiyatga ega hisoblanadi. Suv tejamkor sugʻorish texnologiyalarni qoʻllashda 
egat uzunligi boʻyicha gʻoʻzaning hisobiy qatlamini bir tekisda namlashga erishish 
yuqori va barqaror hosil olish imkoniyatini yaratadi.
Nishabligi kichik boʻlgan hududlarda (sugʻoriladigan hudud relyefi 
boʻyicha) suvdan samarali foydalanishda qarma - qarshi tomonidan va egatni 
oʻzgaruvchan suv sarfi bilan sugʻorish texnologiyalarini qoʻllash orqali yuqori 
natijaga erishish mumkin. Nishabligi yuqori boʻlgan sugʻoriladigan maydonlarda 
gʻoʻzani oʻzgaruvchan suv sarfi xamdi diskret sugʻorishni qoʻllash yaxshi natija 
berishi aniqlandi. Bu texnologiyalarni qoʻllash natijasida daladan suvning 
bugʻlanishi kamayib, egatning uzunligi boʻyicha suvning bir xilda taqsimlanishi 
ta’minlanadi.
Sugʻorishda gʻoʻzaga kerakli suv yetkazib berish uchun tuproq sharoitidan 
kelib chiqib, gʻoʻzani sugʻorishda joʻyak chuqurligi 60 sm qator oraligʻida 18 sm, 
90 sm qator oraligʻida 20 - 22 sm. ni tashkil qilishi tavsiya qilinadi.
Suv tejamkor sugʻorish texnologiyasini qoʻllash orqali sugʻorish me’yorini 
egat uzunligi boʻyicha taqsimlashda, tuproqni tekis namlash koeffitsient 0,76 - 0,82 
ga, suvdan foydalanish koeffitsienti esa 0,79-0,87 boʻladi. Suvning egat oxiriga 
yetib borishi vaqti 1,3 - 1,7 soat boʻlsa, hisobiy qatlamni bir xilda toʻliq namlashi 
uchun tuproqning mexanik tarkibi xamda sugʻorish texnika elementlarini hisobga 
olgan xolda 5,3 - 11,1 soat vaqt sarflandi. Sugʻorish natijasida suvning shimilish 
17 - 28 %.
Egatni oʻzgaruvchan suv sarfi bilan sugʻorishda yengil mexanik tarkibli 
tuproqdlarda dalaga berilgan 0,6 l/s suv egatning oxiriga yetib borishi 2,4 soatni 
tashkil qildi xamda egatning uzunligi boʻyicha toʻliq namlashga erishildi. 
Egatni qarama-qarshi tomonidan sugʻorishda yengil mexanik tarkibli 
tuproqlarga berilgan 0,6 l/s suv egatning oxiriga yetib borishi, 2,0 soatda davomida 
egat 
toʻliq 
uzunlik 
boʻyicha 
bir 
xilda 
toʻliq 
namlashga 
erishildi


88 
Egat oralatib sugʻorishda yengil mexanik tarkibli tuproqlarga berilgan 0,6 
l/s suv egatning oxirigacha yetib borishi 2,95 soatda egat uzunligi boʻyicha 
namlashga erishildi. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling