Учебное пособие для практических занятий предназначено для магистров, обучающихся по специальности магистратуры 5А450206 «Водосберегающие технологии»


 Qishloq xoʻjalik ekinlarining sugʻorish tartibi va keltirilgan


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/37
Sana30.03.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1309298
TuriУчебное пособие
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37
Bog'liq
Ландшафтли ирригация узбек oquv qollanma

3.11. Qishloq xoʻjalik ekinlarining sugʻorish tartibi va keltirilgan 
gidromodul hisobi. 
Qishloq xoʻjalik ekinlarining sugʻorish tartibi - oʻsimlikning biologik 
xususiyatlari, tabiiy va xoʻjalik shart-sharoitlariga bogʻliq holda belgilanadigan 
sugʻorish me’yorlari, muddatlari va sugʻorishlar soniga aytiladi. 
Fermer xoʻjalikning geografik oʻrni ma’lum boʻlgach, xoʻjalikning tuproq va 
sizot suvlarining chuqurligi boʻyicha qaysi gidromodul rayonga tegishli ekanligini 
aniqlab olinadi.
Gidromodul tushunchasi. Odatda suvdan foydalanish hisoblari butun 
maydon boʻyicha emas, balki bir gektar boʻyicha olinadi, ya’ni nisbiy suv berish 
bilan aniqlanadi. Bu esa, beriladigan suv hajmining maydonga boʻlgan nisbati 
bilan aniqlanadi va sugʻorishning davom etish
 
gidromoduli deb ataladi. 
Gidromodul - grekcha soʻz boʻlib, hudro-suv, modulus-oʻlchov, ya’ni, suv 
oʻlchovi demakdir. 
Gidromodul rayon - qishloq xoʻjaligi ekinlarining sugʻorish rejimini bir 
xilligi boʻyicha maydonlarga ajratish. 


68 
Gidromodul rayonini 3.7- jadval assosida qabul qilamiz: 
3.7- jadval. Gidromodul rayonini tanlash 
Tuproqlarning mexanik 
tarkibi 
Sizot suvlarining 
chuqurligi, m 
Gidromodul rayon 
Yengil qumoq 
3 metrdan chuqur 

Oʻrta qumoq 
3 metrdan chuqur 
II 
Ogʻir qumoq 
3 metrdan chuqur 
III 
Yengil qumoq 
2 – 3 metr 
IV 
Oʻrta qumoq 
2 – 3 metr 

Ogʻir qumoq 
2 – 3 metr 
VI 
Yengil qumoq 
1 - 2 metr 
VII 
Oʻrta qumoq 
1 - 2 metr 
VIII 
Ogʻir qumoq 
1 - 2 metr 
IX 
Yengil, oʻrta va ogʻir 
0,5 - 1 metr 

Fermer xoʻjalikdagi tuproqning mexanik tarkibi va sizot suvlarining sathiga 
asoslangan xolda 3.7- jadvaldan, fermer xoʻjalik qarashli boʻlgan gidromodul 
rayoni aniqlanadi.
Ushbu gidromodul rayoni uchun gʻoʻzani sugʻorish tartibini “UzGIP”MCHJ 
tavsiyasi boʻyicha, kuzgi bugʻdoyni sugʻorish tartibini Gʻallachilik “IICHB” 
tavsiyasi boʻyicha qabul qilinadi. “UzGIP” institutida qabul qilingan tuproq iqlim 
tumanlashtirishga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining turli xil tabiiy iqlim zonalari 
uchun maqbul sugʻorish tartibi tavsiya qilingan. Qishloq xoʻjaligi ekinlarining 
sugʻorish tartibi va gidromodul hisobini 3.8-jadvalda bajariladi.
Ekinlarning sugʻorish gidromoduli qiymati (q
s
) quyidagicha aniqlanadi: 
t
m
q
c


4
,
86
, l/s.ga 
bu yerda: 
m
- sugʻorish me’yori, m
3
/ga; 
t
- sugʻorish davri, kun. 


69 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling