Учебное пособие для практических занятий предназначено для магистров, обучающихся по специальности магистратуры 5А450206 «Водосберегающие технологии»


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/37
Sana30.03.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1309298
TuriУчебное пособие
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37
Bog'liq
Ландшафтли ирригация узбек oquv qollanma

koʻndalang sugʻorish sxemasida dalaga suvni yetkazib berish uchun hizmat qiladi. 
B
o
ʻ
y
l
a
m
a
 
s
u
g
ʻ
o


59 
oʻjalik kanali
oʻq ariq
oʻylama sugʻorish sxemasi 
K
o
ʻ
n
d
a
l
a
n
g
 
s
u
g
ʻ
o
r
i
s
h
 
s
x
Shartli belgilar: 
oʻjalik kanali
oʻjalik yoʻli 
oʻndalang sugʻorish sxemasi 
3.8. Muvaqqat sugʻorish tarmoqlari. 
Muvaqqat ariqlarning boʻylama sugʻorish sxemasida sugʻoriladigan 
maydonlarning nishabligi 0,001 - 0.005 boʻlganda qoʻllaniladi. Muvaqqat 
ariqlarning uzunligi 400 - 800 m qilib olinadi. 
Muvaqqat ariqlarning boʻylama sugʻorish sxemasida joylashishining 
kamchiliklari: 
- 5 - 6 % foydali maydonni egallaydi; 
- agrotexnika ishlarini mexanizatsiyalashga xalaqit beradi; 
- 10 % atrofida suv filtratsiyaga yoʻqoladi; 


60 
- mexnat unumdorligi past va boshqalar. 
Afzalligi - sugʻorish tarmogʻining oddiyligi. 
Muvaqqat ariqlarning koʻndalang sugʻorish sxemasida sugʻoriladigan 
maydonlarning nishabligi 0,004 - 0,01 boʻlganda qoʻllaniladi. Muvaqqat 
ariqlarning uzunligi 400 - 800 m. qilib olinadi. Suv muvaqqat ariqlardan egatlarga 
sifonlar yordamida beriladi.
Mukammallashgan sugʻorish tarmoqlarida muvaqqat tarmoqlar doimiy yoki 
koʻchma sugʻorish quvurlari bilan almashtiriladi.
Sugʻorish dalasida 
yomgʻirlatib sugʻorish 
agregatlari, 
mashinalari 
qoʻllanilsa, oʻq ariq va sugʻorish egatlari olinmaydi. 
Sugʻorish tarmoqlari yopiq sugʻorish tizimlari(quvurlar)dan tashkil topgan 
boʻlsa, u xolda ular quyidagi ustunliklarga ega boʻladi:
- suv isrofgarchiligi (filtratsiya va bugʻlanish)ni keskin kamaytiradi, bu esa 
kanalning va sugʻorish tizimining FIK (0,94 - 0,99) ni oshirib, suv manbaining 
sugʻorish qobiliyatini oshiradi;
- YeFK - 0,97 dan yuqori boʻlib, bu tipdagi sugʻorish tarmoqlari qishloq 
xoʻjaligi mashinalariga va sugʻorish texnikalariga xalaqit bermaydi;
- sugʻorish tarmoqlarida avtomatlashtirish ishlariga qulaylik yaratiladi;
- yerning notekis (qiya) joylarida tabiiy bosimdan foydalanish imkoniyati 
mavjud (nishablik 0,003 - 0,015). 
Yopiq sugʻorish tizimlarining kamchiliklari: 
- koʻp miqdorda quvurlarning kerak boʻlishi va sugʻorish tizimining 
tannarxining yuqori boʻlishi; 
- tabiiy bosim yetarli boʻlmagan hollarda sun’iy bosim hosil qiluvchi 
inshootlarni (nasos stansiyalari) qurish zaruriyatini keltirib chiqarishi va boshqalar.
Bu kamchiliklar yopiq sugʻorish tizimlarini keng qoʻllashga hozircha 
toʻsqinlik qilib turibdi, lekin bu sugʻorish tizimi yaqin kelajakda keng taraqqiy 
etishi turgan gap.


61 
Yopiq sugʻorish tizimlarida suvning quvurlardagi harakatiga qarab, ular 
bosimli va bosimsiz boʻlishi mumkin. Bosimli yopiq sugʻorish tizimlarida ularning 
koʻndalang kesim yuzalari toʻliq ishlaydi, suv harakati esa bosim orqali boʻladi. 
Bosimsiz yopiq sugʻorish tizimlarida ularning koʻndalang kesim yuzasi 
toʻliqsiz kesim yuza bilan ishlaydi. Suv harakati esa quvurlarning nishabligi orqali 
boʻladi. 
Yopiq sugʻorish tarmoqlarini rejada joylashtirishiga qarab: qoʻzgʻalmas, 
qoʻzgʻaluvchan va yarim qoʻzgʻaluvchan boʻlishi mumkin. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling