Учебное пособие для практических занятий предназначено для магистров, обучающихся по специальности магистратуры 5А450206 «Водосберегающие технологии»


 Yer ustidan egat uzunligi boʻyicha sugʻorishda tuproqlarning namlanishi


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/37
Sana30.03.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1309298
TuriУчебное пособие
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37
Bog'liq
Ландшафтли ирригация узбек oquv qollanma

4.4. Yer ustidan egat uzunligi boʻyicha sugʻorishda tuproqlarning namlanishi. 
Yengil tuproqli boʻlgan dalalarda sugʻorish texnika elementlaridan, egatlar 
orasidagi masofa a = 60 sm, nishablik 0,0002 ga teng boʻlgan xolda, oʻzgaruvchan 
suv sarfi boʻyicha sugʻorish ishlari amalga oshirilganda, ikkinchi sugʻorishda suv 
egat boʻyicha bir xilda taqsimlanadi.
Yengil tuproqli dalada suv egatning oxiriga 2 soatda yetib boradi, ammo 
egat oxirida tuproq namlanishi koeffitsienti kichik boʻlganligi uchun sugʻorish 
davom qildirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Suvni egat orqali oqizib qoʻyish ya’ni oʻzgaruvchan suv sarfi bilan 
sugʻorilganda suv egat oxiriga yetib borgan vaqtda suv sarfi 2 barobar 
qisqartiriladi. Egat toʻliq namlanishi aniqlash maqsadida 2 nchi sugʻorish 
ma’lumotlari olish maqsadga muvofiq. Xar gektar maydonga 600 m

suv 
berishning ta’minlanishi (sugʻorish oldi tuproq namligi CHDNSga nisbatan 70-80-
60 foizda ushlab turilishi) natijasida yengil mexanik tarkibli tuproqda suvning 
shimilishi maromida boʻladi (4.1 a - rasm). 


86 
4.1- rasm. Suvning egat uzunligi boʻyicha shimilishi (a- egatni oʻzgaruvchan suv 
sarfi bilan sugʻorish; b- egatni qarama-qarshi tomondan sugʻorish; s- egat oralab 
sugʻorish. 
Yengil mexanik tarkibli tuproqlarga qabul qilingan sugʻorish texnikasi 
elementlari, jumladan suv sarfi 0,6 l/s boʻlgan xolda 1 kun davomida 51,84 m
3
dalaga kirishi ta’minlanadi. U xolda sugʻorish vaqtini hisoblashda 0,6 · 8 · 80 = 
384 m
2
maydonga suvni 5 soat davomida kiritilganligi aniqlandi. Shu xolatda 
tuproqning toʻliq namlanishi ta’minlandi.
4.1. b - rasmda egatni qarama - qarshi tomondan sugʻorishda egatning 
uzunligi boʻyicha namlanish epyurasi quyida keltirib oʻtilgan. 
Egat oralab sugʻorishda tuproq namlanishi va egat oxiriga suvning yetib 
borishi uchun 2,5 soatdan ortiq vaqt talab qilindi (4.1. c- rasm). Suv sarfi egat 
oxirga yetib borgan, xamda tuproq toʻliq suvga toʻyingan.
Sugʻorish texnologiyalarida sugʻorish texnikasi elementlari egat uzunligi 
boʻyicha namlanishini aniqlashda ishlab chiqarishda qabul qilingan tuproqning 
mexanik tarkibi va sugʻoriladigan maydon nishabligi boʻyicha egat uzunligi 80 - 
120 metr qilib olinishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ushbu egat uzunligi qabul 
qilinishi orqali, egatga berilgan suv sarfi egat oxiriga yetib borishi toʻliq 
ta’minlanadi.


87 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling