Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»
TILLARNING SHAKLLANISHI VA TARAQQIY QILISHI
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik nazariyasi
TILLARNING SHAKLLANISHI VA TARAQQIY QILISHI
27-§. Tilning paydo bo‘lishi haqidagi farazlar. Tilning dastlab qaerda va qachon paydo bo‘lganligi haqida biz ilmiy asoslangan aniq ma’lumotga ega emasmiz. Tilining paydo bolishi haqida turli xil farazlar mavjud bo‘lib, ular ham munozaralidir. Bu masala qadimgi davrlardan boshlab hozirgi davrgacha shunday bo‘lib kelmoqda. Bu haqda M.Irisqulov shunday yozadi: ”Til taraqqiyotining yozuv paydo bo‘lishidan avvalgi holati biz uchun qorong‘idir. Biz faqat yozuv paydo bo‘lgandan keyingi davrda ro‘y bergan til taraqqiyoti to‘g‘risida yozma yodgorliklardan foydalanib, fikr yuritishimiz mumkin.” [M.Irisqulov, 19926: 11]. Shu sababdan ham tilning paydo bo‘lishi haqida xilma xil farazlar, qarashlar mavjud. Bu farazlarga tovushga taqlid, undov nazariyasi, mehnat chaqiriqlari, ijtimoiy kelishuv, imo-ishoralarni kiritish mumkin. Tilning paydo bo‘lishi juda murakkab jarayon bo‘lib bunda bu farazlarning deyarli hammasi qatnashgan. Bu faraz to‘g‘ri, bu faraz noto‘g‘ri deyishdan biz yiroqdamiz. Tilning paydo bo‘lishida sanab o‘tilgan omillarning barchasi ma’lum ma’noda qatnashgan. Professor N.Turniyozov: “Tilning paydo bo‘lishi muammosi nafaqat tilshunoslarni, balki antropolog, zoopsixolog, biolog, etnografiya sohalaridagi mutaxassislarni, jumladan, faylasuflarni, tarixchilarni ham qiziqtirib kelmoqda. Ammo shu narsa aniqki, tilning – inson nutqining paydo bo‘lishi masalasini jamiyatning, ongning, shuningdek, insonning paydo bo‘lishi singari muammolardan ajratib o‘rganib bo‘lmaydi”, -deb yozadi [N.Turniyozov, 2002: 11]. Haqiqatdan ham tilning paydo bo‘lishi murakkab jarayon bo‘lib, ko‘plab fanlardagi muammolardan sanaladi. Shu sabab ham turli fan mutaxassislari bu masala ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Bugunga qadar fanga eng dastlabki til (yoki tillar) qanday tovush yoki so‘zlar yig‘indisidan iborat bo‘lgan, degan savolga aniq javob topilmagan. Ba’zi olimlarning fikricha, eng dastlabki til (tillar) taxminan bundan yarim million yil ilgari paydo bo‘lgan [I.Yo‘ldoshev, O‘.Sharipova, 2007: 7]. Odamzot paydo bo‘lgandan buyon til mavjud, shu sabab ham tilning paydo bo‘lishi odamning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. So‘zlashish imkoniyati faqat insonlargagina ta’lluqlidir. Yevropa olimlari tomonidan 94 tarqatilgan odam maymundan paydo bo‘lgan, degan safsata ancha vaqt hukm surdi. Aynan, F.Engelsning “Maymunning odamga aylanish jarayonida mehnatning roli” asari shunday g‘oyani olg‘a surdi. Odamning bugungi kundagidek holatga etib kelishida mehnatning roli cheksiz katta ahamiyatga ega. Ammo, maymunning odamga aylanishi masalasini ilmiy asoslangan emas. Aksincha, Amerika sotsiolingvistlari maxsus laboratoriyada maymunning odamga eng yaqin turini topib, ularga mingdan ortiq so‘zlarni o‘rgatishga musharraf bo‘lishdi. Ya’ni, maymunning miyasining og‘irligini tarozida tortib eng engili aqlli bo‘lishini hisobga oldi. Maymunlarning birinchi qilgan xatosi o‘rgangan birorta so‘zini, ikkinchi so‘zga qo‘shib kombinatsiya qilolmadi. Xolbuki, mingta so‘z yordamida cheksiz kombinatsiyalar qilish mumkin edi. Ikkinchi qilgan xatosi esa o‘rgangan mingta so‘zining birortasini ham ikkinchi maymunga o‘rgata olmadi. Insonlar esa o‘rgangan bilim va tajribalarini, xotira bazasi leksik boyligidagi so‘zlarni tinimsiz bir-biriga o‘rgatadi. Shu tajribaning o‘ziyoq, odamning maymundan paydo bo‘lgan degan safsataning puch ekanligini ilmiy asosladi. Odamsimon maymunlar bo‘lmagan, ammo ibtidoiy odamlar ayrim jihatlari bilan maymunga o‘xshaganligi uchun bunday g‘oyalar ilgari surilgan edi. So‘zsiz, million yillar ilgari yashagan odamlarning ov qilish, ovqatlanish kabi yashashi maymunlarga bir oz o‘xshagan bo‘lishi mumkin. Lekin insonlarga berilgan nutq a’zolari faqat uning o‘zigagina tegishlidir. Dastlab bu a’zolar rivojlanmagan bo‘lishi shubhasizdir, chunki odamning tabiatga, jamiyatga munosabati uzoq yillar davomida uning nutq a’zolarining asta-sekin takomillashuviga sabab bo‘lgan. Bunda mehnat va u orqali paydo bo‘lgan jamiyatning o‘rni kattadir. Shu sababdan ham, tilning paydo bo‘lishi muammosini ikki omil bilan – biologik va ijtimoiy omillar bilan bog‘lash o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Biologik omillar inson miyasining, tafakkurining va ular bilan chambarchas aloqada bo‘lgan nutq a’zolarining uzoq yillar maboynida o‘sishini talab etsa, ijtimoiy omillar insonning mehnat faoliyatini va jamiyat salmog‘ining o‘rnini belgilaydi. Tilning paydo bo‘lishidagi biologik omillarga tovushga taqlid hamda undov haqidagi omillar kiradi. Birinchi bor qadimgi yunon olimlari tovushga taqlid farazi asosida til paydo bo‘ldi degan fikrni olg‘a surdi. Mazkur faraz XIX asr, hatto XX asr 95 boshlarida ham ta’sir kuchini yo‘qotgani yo‘q. Nemis olimi V.fon Gumboldt ham bu nazariyaning tarafdori edi. Bu farazda tilning paydo bo‘lishi tabiatdagi turli xil hayvonlarning, qushlarning, sharsharalarning ovozlari ta’sirida yuz bergan, - degan g‘oya olg‘a suriladi. Masalan: suvning shar – shar deb ovoz chiqarib oqishidan sharshara, qarg‘aning qar- qar deb ovoz chiqarishidan qarg‘a, eshikning shiq – shiq deb ochilib yopilishidan eshik va boshqalar. Qadimgi Xitoyda oilada chaqoloq tug‘ilsa, chinni buyumni tashlab yuborgan sinayotganda chiqargan tovushiga qarab chin, chang, sing, su kabi ism qo‘yishgan deyiladi. Tovushga taqlid so‘zlarni hosil qilishda tashqi omillarni nazarda tutsa, undov farazida inson tilining paydo bo‘lishida ma’lum qiymatga ega bo‘lgan so‘zlovchilarning ichki his-tuyg‘ulari nazarda tutiladi: tuf, uf, voy, ii, dod kabilar. Ammo his- tuyg‘ularni nazarda tutuvchi bunday so‘zlar tilimizda sanoqli. Bizningcha, tovushga taqlid farazining tilning paydo bo‘lishidagi ahamiyatini butunlay inkor etib bo‘lmaydi. Chunki, tilimizda hozir ham tovushga taqlid so‘zlari alohida qatlamni tashkil etadi va ulardan yangi so‘zlar ham yasalmoqda: shar = sharshara, g‘iz = g‘izillamoq, Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling