Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»
-§. Til strukturasi elementlari – til sathlari
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik nazariyasi
23-§.
Til strukturasi elementlari – til sathlari. Shunga e’tibor berish kerakki, til belgilari o‘ziga xos semiologik sistemani (ishoralar sistemasini) tashkil etadi. Ammo bu ishoralar yoki belgilar boshqa shunga o‘xshash belgilardan farq qiladi. Masalan, yo‘l qoidalari belgilari. Albatta, bu belgilar ham o‘ziga xos tildir. Biroq ularni mashina haydovchilar ko‘proq tushunadilar va bu belgilar shu doirada faol xizmat qiladi. Demak, bunday belgilarni ijtimoiy hodisa deb bo‘lmaydi. Boshqacha aytganda, ular ruhiy holat bilan bog‘lana olmaydi. Semiotika lingvistikaga ham judayam yaqin bo‘lib, eng to‘la va aniq aloqa tizimi bo‘lgan – odamzod tilini o‘rganadi [I.Yo‘ldoshev, O‘.Sharipova, 2007: 185]. Til quruq axborotning o‘zinigina bir shaxsdan ikkinchi shaxsga yetkazmasdan gapiruvchining unga munosabatini, uning xohish - istagi va bahosi, ruhiy holatini ham aks ettiradi. Tildan boshqa barcha signal sistemalari o‘zgaruvchan xarakterga ega. Masalan, yo‘l qoidalarini bildiruvchi biror belgini yaxshirog‘i bilan almashtirish mumkin. Lekin tilda bunga yo‘l qo‘yilmaydi. Til unsurlari ma’lum bir shaxsning xohishiga ko‘ra o‘zgarib ketavermaydi. Til o‘zining ichki qonunlariga ko‘ra jamiyat ta’sirida rivojlanadi va o‘zgaradi. Ma’lum kishilar kelishib tilda o‘zgarish qilsa ham til sistemasi qabul qilmaydi. Bu belgilar o‘sha kishilar uchun tushunarli bo‘ladi, xolos. Biror bir belgi til sistemasiga kirdimi, uni chiqarib tashlay olmaysiz. Til amalda qo‘llanilganda, uning sistemasi tarkibidagi belgilar nutqqa ko‘chiriladi va nisbatan kichikroq belgining har biri o‘zidan katta belgi tarkibida faollik oladi. Bundan tashqari, ma’lum bir belgi ikkinchisining o‘rnida qo‘llanilishi ham mumkin. Masalan : 70 mofema u =morfema, u=so‘z, u=gap. U so‘z gap Belgi strukturasi haqida ikkita qarama-qarshi fikr bor. Birinchi fikr tarafdorlari belgini ham ifoda planiga, ham material va mazmun planiga ega, deydilar. Bu nuqtai nazarga qarama-qarshi turgan ko‘p sonli olimlar belgi bir tomonlama hodisa, u faqat ifoda planiga ega, belgi hamma vaqt mazmun bilan alohida, deb hisoblaydilar. Birinchi nuqtai nazar tarafdorlari uchun ma’no bu belgi munosabatining predmet yoki tushuncha turlarida ifodalanishidir, bilim fakti haqiqatni real aks ettirishdir. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, jamiyat bo‘lmas ekan, til ham bo‘lmaydi. Jamiyat undan kundalik muomala ehtiyojlarida foydalanmas ekan, u rivojlanishdan to‘xtaydi. Demak, til va jamiyat bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Boshqa signal sistemalari tilga nisbatan ikkilamchidir. Ular tilda qo‘shimcha vosita sifatida namoyon bo‘ladi, uni to‘ldiradi. Ma’noga bunday yondashuv ishorada aks etilmasligi mumkin emas. Chunki, 1) tovush qatori faqat predmetni ko‘rsatmaydi; 2) belgi shartli, ixtiyoriy, mazmun esa shartli emas, u haqiqatni aks ettirishda aniqlanadi; 3) ma’no bilim fakti, miyada saqlanadi, belgi hamma vaqt undan tashqaridadir. Belgilar sistemasini o‘rganish, uni sistemalashtirish bilan bog‘liq ko‘plab muammolarning paydo bo‘lishi tilshunoslikka yaqin bo‘lgan maxsus semiotika fanini yuzaga keltirdi. Bu fan miloddan avvalgi davrga borib taqaladi. Antik davr olimi Demokritning so‘z va predmet haqidagi munozaralari fikrimizning dalilidir. Semiotikaning beshta yo‘nalishi bor: 1.Mavjud tabiiy va biologik belgilarni o‘rganuvchi biosemiotik yo‘nalish. 2.Insonning madaniyati darajasi, urf-odati va holatini tasvirlovchi etnosemantik yo‘nalish. 3.Tabiiy tillarni, ularning stilistik va bir-biridan ajralmaydigan belgilar sistemasini o‘rganadigan lingvosemiotik yo‘nalish. 4.Belgilangan material bilan bog‘liq bo‘lmagan holda o‘ziga xos umumiy xususiyatlarni belgilovchi abstrakt semiotik yo‘nalish. 71 5.Mazkur yo‘nalishlarning hammasi uchun umumiy bo‘lgan masalalarni o‘rganuvchi umumiy semiotik yo‘nalish. Bilim – sub’ektning tevarak-atrofdagi olamni idrok ettirishga qaratilgan faoliyatdir. Bilim buyumlarni, voqealarni, harakatlarni va shu kabilarni ko‘rsatuvchi belgilar sistemasi shaklida yuzaga chiqadi. Belgi bilan ma’no ajralmasdir: ma’nosiz belgi, belgisiz ma’no bo‘lishi mumkin emas. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling