Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik nazariyasi
24-§. Tilshunoslik
fani bo‘limlari. Boshqa fanlar kabi tilshunoslikni ham bir nechta qismlarga bo‘lib o‘rganamiz. Har bir bo‘limning o‘z o‘rganish sohasi, ob’ekti mavjud. Tilshunoslik fani quyidagi bo‘limlarga bo‘lib o‘rganiladi. 1.Fonetika bo‘limida nutq tovushlari, bo‘g‘in, urg‘u kabi masalalar har taraflama o‘rganiladi. 2.Leksikologiya tilning lug‘at boyligini o‘rganadi. Bunda so‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari, ma’no kengayishi, torayishi, faol va nafaol so‘zlar kabi masalalar o‘rganiladi. 3.Leksikografiya bo‘limida lug‘at tuzish tamoyillari va turlari tadqiq qilinadi. 4.Frazeologiya bo‘limida so‘zlarning ko‘chma ma’noda ishlatilishi, frazeologik turg‘un birikmalar va ularning turlari har tomonlama o‘rganiladi. 5.So‘z yasalishi bo‘limida so‘z yasash usullari har tomonlama tahlil qilinadi. 6. Semasiologiyada til belgilarining ma’no turlari tadqiq etiladi. Sema yunoncha so‘z bo‘lib ma’no, logiya ta’limot demakdir. Semasiologiyada so‘zning ma’no xususiyatlari o‘rganiladi. 7. Morfemika bo‘limida so‘zning tarkibiy qismi bo‘lmish o‘zak, negiz, qo‘shimchalar va ularning turlari tadqiq qilinadi. 8. Grammatikada tilning grammatik qurilishi, grammatik kategoriyalari tadqiq qilinadi. Grammatika ikki tarkibiy qismga ajratiladi: Morfologiyada so‘z turkumlari, sintaksisda esa so‘z birikmasi, gap va uning turlari o‘rganiladi. 9. Orfografiya bo‘limida so‘zning to‘g‘ri yozilish qonun qoidalari o‘rganiladi. Orfo lotincha so‘z bo‘lib to‘g‘ri grafiya yozaman demakdir. 72 Bunda bosh harflar imlosi, bo‘g‘in ko‘chirilishi, so‘zlarni ajratib yozish, qo‘shib yozish, chiziqcha bilan yozish kabi masalalar o‘rganiladi. 10. Orfoepiya bo‘limida tovush va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish me’yorlari o‘rganiladi. Orfo lotincha so‘z bo‘lib to‘g‘ri epiya gapiraman demakdir. Bunda urg‘uni to‘g‘ri qo‘yish, to‘g‘ri nafas olish masalalari ham o‘rganiladi. 11. Punktuatsiya bo‘limida mavjud bo‘lgan tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llash tamoyillari o‘rganiladi. 12. Til tarixi bo‘limida til tarixida bo‘lgan fonetik, lug‘at boyligi va grammatikada sodir bo‘lgan o‘zgarishlar tekshiriladi. 13. Dialektologiya bo‘limida tildagi lahja va shevalarga oid so‘zlar o‘rganiladi. 14. Uslubiyat bo‘limida nutq uslublari har tomonlama o‘rganiladi. 15. Etimologiya bo‘limida so‘zlarning kelib chiqishi, qaysi tildan o‘zlashganligi va tarixiy rivojlanish taraqqiyoti tadqiq qilinadi. 16.Onomosiologiya bo‘limida narsa va predmetlarga, voqea hodisalarga nom berish jarayoni tadqiq etiladi. Onamastikada atoqli otlar o‘rganiladi. Atoqli otlar ham o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi: antroponimika ism va familiyalarni o‘rgansa, toponimika joy nomlarini tadqiq qiladi. 17. Grafika bo‘limida har bir tilning harflar tizimi o‘rganiladi. Tilning mana shu sanab o‘tilgan asosiy bo‘limlari tilning lug‘at boyligini tashkil etadi. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling