Nutq tovushlarining o‘zgarishi. Nutq tovushlarini talaffuz
qilganimizda turli xil o‘zgarishlarga uchraydi. Ba’zan tovush almashishi,
ba’zan tovush tushishi hodisasi ro‘y berishi mumkin. Bulardan tashqari
tovush o‘zgarish hodisalarining quyidagi turlari mavjud. Singormanizm,
assimilyasiya, dissimilyasiya, metateza, tovush orttirilishi, tovush
moslashuvi va boshqa hodisalar.
Singormanizm
hodisasi.
Singormanizm
unli
tovushlarning
moslashuvi, ohangdorligi, uyg‘unligini qamrab oladi. Singormanizm
hodisasi faqat turkiy tillarga xos. Eski o‘zbek tilida bu hodisaga amal
qilingan. Hozirgi kunga kelib, sekin-sekin bu hodisa unitilib ketayapdi. Bu
hodisaga binoan so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida qanday unli kelsa, keyingi
bo‘g‘inda ham shu unli kelishi lozim. Masalan: uzum, quruq, burun kabi.
Dissimilyasiya hodisasi. Dissimilyasiya ikkita o‘xshash tovushning
noo‘xshash tovushga aylanib ketish hodisasidir. Dissimilyasiya hodisasi
ham ikki xil bo‘ladi: a) progressiv dissimlyasiya: zarur – zaril, birorta -
bironta. b) regressiv dissimliyasiya: koridor- kolidor, ittifoq – intifoq kabi.
Assimilyasiya hodisasi. Assimilyasiya qator kelgan tovushlar bir-
biriga ta’sir qilib o‘xshash tovushga aylanib ketishidir. Bu hodisa ikki xil
bo‘ladi. a) oldingi tovushning keyingi tovushgi o‘ziga moslashtirishi
progressiv assimlyasiya deyiladi: aytdi –aytti, yurakga – yurakka. b)
keyingi tovushning oldingi tovushni o‘ziga o‘xshatib olishi regressiv
assimlyasiya deyiladi: tuz+siz –tussiz, bir+ta – bitta kabi.
Metateza hodisasi. Metateza undosh tovushlarning talaffuzga qulay
bo‘lishi uchun o‘rin almashinishidir: yog‘mir – yomg‘ir, tuproq – turpoq,
aylanmoq – aynalmoq kabi.
Tovush orttirilishi hodisasi. Tovush orttirilishi hodisasi so‘zning
barcha o‘rinlarida, ya’ni boshida, o‘rtasida, oxirida kuzatiladi: stadion –
istadion, spravka – ispravka, fikr – fikir, tank – tanka kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |