Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/66
Sana25.10.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1720949
TuriУчебное пособие
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   66
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

Qo‘shimchalarning turlari. Mustaqil holda leksik ma’no 
anglatmay, o‘zak va negizga qo‘shilib turli xil ma’no jilolarini 
qo‘shadigan 
morfologik 
birliklar 
qo‘shimchadir. 
Qo‘shimcha 
morfemalar uchga bo‘linadi: a)so‘z yasovchi b) shakl yasovchi v) so‘z 
o‘zgartiruvchi.
So‘z yasovchi qo‘shimcha morfemalar o‘zak yoki negizga qo‘shilib 
uning ma’nosi bilan bog‘liq bo‘lgan yangi so‘z yasaydi: -chi, -la, -paz, -
kor va hakozo. 
So‘zning lug‘aviy ma’nosini o‘zgartirmasdan, qo‘shimcha ma’no 
qo‘shadigan morfemalarga shakl yasov qo‘shimchalar deyiladi: -jon, -
xon, -cha, -choq va hakozo. Bunga otlardagi ko‘plik, erkalash
kichraytirish, fe’llardagi zamon, nisbat, mayl sonlarning ma’no turlarini 
yasovchi qo‘shimchalar kiradi. 
Bir so‘zni boshqa so‘zlarga bog‘laydigan, gapda ma’lum gap 
bo‘lagi vazifasida kelishini ta’minlaydigan qo‘shimchalar so‘z 
o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar deyiladi: -ng, -si, -ning,- ni, -ga, -da, -man, 
-san va hakozo. 
Qo‘shimchalar o‘zakka ko‘ra joylashishiga qarab uchga bo‘linadi: 
prefiksal, infiksal, postfiksal.
Prefiksal morfemalar ko‘proq fors – tojik tillaridan kirib kelgan 
so‘zning olidga qo‘shiladigan ba-, ser-, no-, be- kabilardir. 
Infiksal morfemalar so‘z o‘zagining ichiga joylashadi: kitob-kutub 
kabi.
Postfiksal morfemalar so‘z o‘zagidan so‘ng qo‘shiladi: bog‘bon, 
oshpaz, gulchi kabi. 
So‘z yasalishi tizimi. Tillarda yangi ma’noli so‘zni hosil qiluvchi har 
qanday usul so‘z yasalishi deyiladi. Bugungi zamonaviy tilshunoslikda 
asosan besh xil usul bilan so‘z yasalishi usuli mavjud.
1.So‘z o‘zagiga so‘z yasovchi qo‘shimchalar qo‘shib yangi so‘z 
yasash usuli eng keng tarqalgan usullardandir. Bunday so‘z yasash 
usulini morfologik yoki affiksatsiya usuli ham deyiladi. Masalan: 


79 
suvchi, gulli, bilimli, aqlli kabi so‘zlarda qo‘shimcha qo‘shilishi orqali 
mutloq yangi so‘z yasalmoqda.
2.Ikki va undan ortiq so‘zning qo‘shilishidan yangi qo‘shma so‘z 
yasaladi. Bu usulga sintaktik yoki kompozitsiya usuli ham deyiladi. 
Masalan: xontaxta, ko‘zoynak, gultojixo‘roz, oybolta kabi so‘zlar. 
Shuningdek, ikki so‘zni juftlash orqali ham yangi so‘z yasalishi sintaktik 
usulga misol bo‘ladi: bordi-keldi, omon-eson, qovun-tarvuz kabi. 
3.Qisqartirib yangi so‘z yasashga qisqartma so‘zlar yoki 
abbreviatura ham deyiladi. Bunday so‘z yasash xususiyati faqat ot so‘z 
turkumiga xos: AQSH- Amerika Qo‘shma Shtatlari, XDP-Xalq 
demokratik partiyasi, SamDCHTI- Samarqand davlat chet tillar instituti 
kabi. 
4.Bir so‘z turkumidan boshqa so‘z turkumiga ko‘chirish orqali 
yangi so‘z yasalishi konversiya yoki semantik usulida so‘z yasalishi 
deyiladi. Sifat va fe’l ot so‘z turkumiga, son ravish so‘z turkumiga 
o‘tadi. Boshqa so‘z turkumiga ko‘chgan so‘z yangi ma’no anglatadi va 
gapdagi vazifasi ham o‘zgaradi. 
5.Takrorlash orqali yangi so‘z yasash. Bunday so‘z yasalish usulida 
so‘zlar takrorlanish orqali yasaladi. Masalan: xola-xola (o‘yin nomi), 
yo‘l-yo‘l (mato rangi), bip-bip (avtobus) kabi. 

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling