Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gaplologiya hodisasi.
- Epenteza hodisasi.
Tovush moslashuvi hodisasi. Bu hodisa bo‘yicha so‘zlarni talaffuz
qilish paytida ikki jarangsiz tovushdan biri ikkinchisini o‘ziga qisman o‘xshatib oladi: to‘qson – to‘xson, taqsim – taxsim, maqsad – maxsad kabi. 77 Gaplologiya hodisasi. Gaplologiya hodisasi ko‘ra so‘z tarkibidagi ma’lum bir bo‘g‘inning to‘liq tushib qolishi nazarda tutiladi: qayin og‘a – qaynog‘a, qayin ona – qaynona kabi. Diareza hodisasi. Diareza hodisasida so‘z talaffuzi paytida biror tovushning tushirilib qoldirilishi nazarda tutiladi. Bu hodisa faqat talaffuz shakliga xos. Yozma shaklida asliga muvofiq to‘g‘rilab yoziladi. Masalan: Samarqand – Samarqan, go‘sht –go‘sh, past – pas kabi. Epenteza hodisasi. Epenteza hodisasida so‘z o‘zagiga qo‘shimcha qo‘shilganda yangi tovush qo‘shilishi kuzatiladi. Masalan: bu + ga – bunga, u+da – unda, shu+ dan – shundan kabi . Tilning morfologik qurilishi. O‘zak va negiz. Sintaktik munosabat orqali nutqda qo‘shimchalar asosida so‘zlarni shakllantiramiz. Shunday ekan o‘z-o‘zidan ularni tahlil qilishda qismlarga bo‘lib o‘rganamiz. Masalan: gul-chi, o‘qi-t-uvchi-lik, ish-chi-lar-i-miz. Bu erda sanalgan misollardagi qismlardan faqat uchtasigina ya’ni gul, o‘qi, ish mustaqil holda leksik ma’no ifodalaydi. Qolganlari mana shu uchta so‘zni shakllantirishga hissa qo‘shadi, xolos. Ammo, o‘zicha leksik ma’no anglatmaydi. So‘zning o‘zicha leksik ma’no ifodalab boshqa lug‘aviy qismlarga ajratilmaydigan shakli o‘zak deyiladi. Masalan: gul, suv, ish, o‘qi kabi. O‘zakka so‘z yasovchi qo‘shimchalarning qo‘shilishi natijasida negiz hosil qilinadi. Demak, negiz faqat yasama so‘zlardagina mavjud bo‘ladi. Barcha so‘zlarda negiz bo‘lavermaydi, ba’zan bir so‘zda birdan ortiq yasovchi qo‘shimcha bo‘lsa, birdan ortiq negiz bo‘laveradi. Masalan: temir+chi+lik, chorva+chi+lik kabi. Negizga ham o‘z navbatida shakl yasovchi va so‘z yasovchi qo‘shimchalar qo‘shiladi. Masalan: gul+chi+ga, kitob+xon+lar va hakozo. Bundan ko‘rinadiki, negiz turli xil tarkibiy qismlarga bo‘linadi. Bu tarkibiy qismlar ma’no bildiruvchi o‘zak va leksik ma’no anglatmovchi qo‘shimchalardan iborat bo‘ladi. Morf va morfemalar ham bir – birdan farqlanadi. Bularni bo‘g‘inlar bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Masalan: suv+chi so‘zi ikki bo‘g‘indan tashkil topgan. Bu so‘zning bo‘g‘inga va morfemalarga bo‘linishi mos keladi. Ammo, u+kam so‘zi ikki bo‘g‘inga shu tarzda bo‘linadi. Morfemaga esa u+kam tarzida emas uka+m tarzida ajratiladi. 78 Ba’zan bir morfemani 2 ta 3 ta morf bilan ifodalash mumkin. Bunda bu morflarni allamorf deb ataymiz. Bir qo‘shimchaning turli xil yozilishi allamorfdir. Masalan: kelguncha, chiqquncha so‘zlaridagi –guncha, - quncha yoki uyga, boqqa so‘zlaridagi -ga va –qa lar allamorflardir. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling