Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»
Ro‟yxatdan o‟tkazilgan soliq tekshiruvi materiallari, shuningdek
Download 4.14 Mb. Pdf ko'rish
|
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA
3. Ro‟yxatdan o‟tkazilgan soliq tekshiruvi materiallari, shuningdek
soliqqa oid huquqbuzarliklar to‟g‟risidagi materiallarning harakatini nazorat qilish va uning hisobini yuritis. Davlat soliq inspektsiyalari tomonidan o‘tkazilgan, shuningdek belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun davlat soliq inspektsiyalariga kelib tushgan soliq tekshiruvi materiallari hamda soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi materiallar davlat soliq inspektsiyasining Navbatchi qismida yuritiladigan 2-shakl kitobida ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan e‘tiboran keyingi ish kunidan kechiktirmasdan uni Navbatchi qismidan qabul qilib olgan mansabdor shaxs tomonidan davlat soliq inspektsiyasining tegishli funktsional bo‘limida yuritiladigan 4-shakl kitobida hisobga olinishi shart. Davlat soliq qo‘mitasining Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari boshliqlarining buyruqlariga asosan o‘tkazilgan soliq tekshiruvi materiallari hamda aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi materiallar belgilangan tartibda va muddatda soliq to‘lovchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq inspektsiyasining Navbatchi qismidagi 2-shakl kitobida ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan e‘tiboran keyingi ish kunidan kechiktirmasdan tegishli ravishda Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlarida yuritiladigan 4-shakl kitobida hisobga olinishi lozim. Davlat soliq qo‘mitasi va davlat soliq boshqarmalarining buyruqlariga asosan o‘tkazilgan soliq tekshiruvi materiallari hamda aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarlik to‘g‘risidagi materiallar belgilangan tartibda va muddatda soliq to‘lovchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq inspektsiyasining Navbatchi qismidagi 2-shakl kitobida ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan e‘tiboran keyingi ish kunidan kechiktirmasdan soliq tekshiruvini o‘tkazgan mansabdor shaxs, tekshiruv bir nechta mansabdor shaxs tomonidan o‘tkazilgan taqdirda guruh rahbari tomonidan, Davlat soliq qo‘mitasida Rais o‘rinbosarining, davlat soliq boshqarmalarida esa, boshliq yoki uning o‘rinbosarining munosabat belgisi (rezolyutsiyasi) asosida tegishli ravishda Davlat soliq qo‘mitasi va davlat soliq 189 boshqarmalarining Navbatchi qismida yuritiladigan 3-shakl kitobida hisobga olinishi shart. Davlat soliq qo‘mitasi va davlat soliq boshqarmalarining Navbatchi qismida yuritiladigan 3-shakl kitobida hisobga olingan soliq tekshiruvi materiallari hamda soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi materiallar, ular 3-shakl kitobida hisobga olingan kundan e‘tiboran keyingi ish kunidan kechiktirmasdan, ularni Navbatchi qismidan qabul qilib olgan mansabdor shaxs tomonidan Davlat soliq qo‘mitasi yoki davlat soliq boshqarmalarining tegishli tarkibiy tuzilmasida yuritiladigan 4- shakl kitobida hisobga olinishi shart. Davlat soliq qo‘mitasi va davlat soliq boshqarmalarining Navbatchi qismida yuritiladigan 3-shakl kitobida hamda davlat soliq inspektsiyalarining Navbatchi qismida yuritiladigan 2-shakl kitobida ro‘yxatdan o‘tkazilgan har bir material bo‘yicha ularni ko‘rib chiqish natijalari material ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab yigirma ish kunidan kechiktirmasdan tegishli 3 va 2-shakl kitoblariga qayd etilishi lozim.Bunda, 3 va 2-shakl kitoblariga: materialni Soliq kodeksining 102-moddasida belgilangan tartibda ko‘rib chiqish natijalari hamda soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar va penyani hisoblash yoki buni rad etish, shuningdek soliq to‘lovchini soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganligi uchun javobgarlikka tortish yoki buni rad etish to‘g‘risida qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi ma‘lumotlar materialni ko‘rib chiqishga tayyorlagan funktsional tuzilmaning mas‘ul (material bo‘yicha ijrochi) xodimi tomonidan; soliq to‘lovchi yuridik shaxsning mansabdor shaxslarini hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaxslarni ma‘muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risida qabul qilingan qaror yoki ma‘muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma va materiallarni ma‘muriy ishni ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan organlar (sud)ga yuborilganligi hamda ular tomonidan qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi ma‘lumotlar ma‘muriy amaliyot bo‘limi (sho‘‘basi, mas‘ul xodimi) tomonidan; 190 Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari boshliqlarining buyruqlariga asosan o‘tkazilgan soliq tekshiruvi materiallari va aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi materiallar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi, jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilganligi, shuningdek belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun vakolatli organlarga yuborilganligi va ular tomonidan qabul qilingan qaror (ajrim, hukm)lar to‘g‘risidagi ma‘lumotlar Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlarining mas‘ul (material bo‘yicha ijrochi) xodimlari tomonidan qayd qilinadi va tegishli qarorlar nusxalari davlat soliq inspektsiyasining Navbatchi qismiga taqdim etiladi. Davlat soliq inspektsiyalari tomonidan ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha jinoyat alomatlari aniqlangan soliq tekshiruvi materiallari, shuningdek soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan taqdirda, materialni huquqni muhofaza qiluvchi organga yuborish to‘g‘risidagi xatni tayyorlagan bo‘lim (sho‘‘ba)ning mas‘ul (material bo‘yicha ijrochi) xodimi tomonidan materialni huquqni muhofaza qiluvchi organga yuborish to‘g‘risidagi xat imzolangan kunning o‘zida uning nusxasi davlat soliq inspektsiyasining Navbatchi qismiga taqdim etilgan holda, 1-shakl kitobida hisobga olinishi shart. Bunda, shu kunning o‘zida ushbu mas‘ul xodim tomonidan 2-shakl kitobiga ham material huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilganligi to‘g‘risida tegishli ma‘lumot qayd qilinadi. Soliq tekshiruvi materiallari, shuningdek soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi materiallar Davlat soliq qo‘mitasi va davlat soliq boshqarmalari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan taqdirda, materialni huquqni muhofaza qiluvchi organga yuborish to‘g‘risidagi xatni tayyorlagan tuzilmaning mas‘ul (material bo‘yicha ijrochi) xodimi tomonidan materialni huquqni muhofaza qiluvchi organga yuborish to‘g‘risidagi xat imzolangan kunning o‘zida uning nusxasi Navbatchi qismiga taqdim etilgan holda, 3-shakl kitobida tegishli ma‘lumot qayd etilishi, shuningdek 191 material huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilganligi to‘g‘risida ushbu material ro‘yxatdan o‘tkazilgan davlat soliq inspektsiyasiga materialni huquqni muhofaza qiluvchi organga yuborish to‘g‘risidagi xat nusxasini ilova qilgan holda ma‘lumot yuborilishi lozim. Soliq tekshiruvi materiallari, shuningdek soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilganligi to‘g‘risidagi ma‘lumot Davlat soliq qo‘mitasi va davlat soliq boshqarmalaridan davlat soliq inspektsiyasiga kelib tushgan kunning o‘zida, davlat soliq inspektsiyasi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosarining munosabat belgisi (rezolyutsiyasi) asosida, rezolyutsiyada ijrochi sifatida ko‘rsatilgan xodim tomonidan materialni huquqni muhofaza qiluvchi organga yuborish to‘g‘risidagi xat nusxasi davlat soliq inspektsiyasining Navbatchi qismiga taqdim etilgan holda, 1-shakl kitobida hisobga olinishi hamda 2-shakl kitobiga material huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilganligi to‘g‘risida tegishli ma‘lumot qayd qilinishi lozim. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan soliq tekshiruvi materiallari hamda soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi materiallar asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi yoki jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad etilganligi haqidagi ma‘lumotlar kelib tushgan kundan kechiktirmasdan davlat soliq inspektsiyasi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosarining munosabat belgisi (rezolyutsiyasi) asosida, rezolyutsiyada ijrochi sifatida ko‘rsatilgan xodim tomonidan davlat soliq inspektsiyasining Navbatchi qismidagi 1-shakl kitobga tegishli yozuvlar kiritiladi hamda tegishli qaror nusxasi Navbatchi qismga taqdim etiladi. Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan soliq tekshiruvi materiallari hamda soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi materiallar va ularni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha material ro‘yxatdan o‘tkazilgan davlat soliq inspektsiyasining Navbatchi qismiga 1-shakl kitobiga hisobga olish uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, shuningdek jinoyat ishini ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha qaror 192 qabul qilingan kunning o‘zida, tegishli qaror nusxasi ilova qilingan holda ma‘lumot taqdim etilishi shart. Har bir material bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning hamda materialni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga va sudga yuborilganligi to‘g‘risidagi xatlarning, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud tomonidan qabul qilingan qarorlarning Navbatchi qismga taqdim etilgan nusxalari davlat soliq xizmati organlarining Navbatchi qismi tomonidan xronologik ketma-ketlikda jildlarga tikilib, saqlanishi lozim. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan materiallarning ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar, ular yuborilgan kundan e‘tiboran o‘n ish kuni mobaynida davlat soliq xizmati organiga kelib tushmagan taqdirda, davlat soliq xizmati organining Ma‘muriy amaliyot bo‘limi (sho‘‘basi, mas‘ul xodimi), shuningdek Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlarining Surishtiruv bo‘limi (sho‘‘basi, surishtiruvchisi) tomonidan ushbu organga materialni ko‘rib chiqish natijalarini taqdim etish to‘g‘risida xat tayyorlanib, belgilangan tartibda yuboriladi. Davlat soliq qo‘mitasi va davlat soliq boshqarmalarining 3-shakl kitobida va davlat soliq inspektsiyalarining 2-shakl kitobida ro‘yxatga olingan materiallarni ko‘rib chiqishning yakuniy natijalari bo‘yicha davlat soliq xizmati organlarining Navbatchi qismi tomonidan davlat soliq xizmati organining tegishli funktsional tuzilmalari, Ma‘muriy amaliyot bo‘limi (sho‘‘basi, mas‘ul xodimi) hamda Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari o‘rtasida har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar solishtiruv dalolatnomalari tuzilib, tegishli ravishda 3 va 2-shakl kitoblariga tegishli yozuvlar kiritib boriladi. Soliq tekshiruvi materiallari hamda soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi materiallar 2 va 3-shakl kitoblarida belgilangan muddatda va tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi ustidan nazorat tegishli ravishda davlat soliq xizmati organining soliq tekshiruvini o‘tkazgan va/yoki soliqqa oid huquqbuzarlikni aniqlagan tuzilmasi rahbari tomonidan amalga oshiriladi. 193 Soliq tekshiruvi materiallari shuningdek, soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi materiallar davlat soliq xizmati organlarining 4-shakl kitobiga o‘z vaqtida hisobga olinishi hamda ularning belgilangan muddatda va tartibda ko‘rib chiqilishi (ijro etilishi) ustidan nazorat va javobgarlik quyidagi mansabdor shaxslar zimmasiga yuklatiladi: Davlat soliq qo‘mitasida tegishli ravishda Hujjatlar bo‘yicha tekshirishlarni tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi, Nazorat tartibidagi va qisqa muddatli tekshirishlarni tashkil etish boshqarmasi va Jismoniy shaxslarga soliq solish bosh boshqarmasi boshliqlariga; davlat soliq boshqarmalari va davlat soliq inspektsiyalarida Soliq tekshiruvlari va Jismoniy shaxslarga soliq solish bo‘limlari boshliqlariga hamda boshliqning ushbu tuzilmalar faoliyatini nazorat qiluvchi o‘rinbosarlariga; Davlat soliq qo‘mitasining Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlarida tegishli ravishda Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari boshliqlariga. Davlat soliq xizmati organlarining Navbatchi qismi, Ma‘muriy amaliyot bo‘limi (sho‘‘basi, mas‘ul xodimi), tegishli funktsional tuzilmalari hamda Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari boshliqlari tomonidan 1, 2, 3 va 4-shakl kitoblarga ro‘yxatga olingan materiallar va ularni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning 10 sanasiga qadar solishtiruv dalolatnomalari tuzilib, aniqlangan tafovutlar va kamchiliklar bartaraf etib boriladi. Davlat soliq xizmati organlarining Navbatchi qismida yuritiladigan 1, 2 va 3-shakl kitoblariga ro‘yxatga olingan materiallarning ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni belgilangan muddatda taqdim etmaslikning har bir holati yuzasidan Navbatchi qism tomonidan davlat soliq xizmati organi rahbariga yoki o‘rinbosariga bildirgi kiritib boriladi. Download 4.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling