Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»
-BO`LIM.“SOLIQ MAMURLARININING SOLIQ TEKSHIRUVLARI
Download 4.14 Mb. Pdf ko'rish
|
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Soliq tekshiruvi materiallarini soliq idoralarida ro‟yxatdan o‟tkazish tartibi. 3. Ro‟yxatdan o‟tkazilgan soliq tekshiruvi materiallari, shuningdek soliqqa
- 1.Soliq tekshiruvi natijalarini rasmiylashtirish tartibi. Soliq tekshiruvi
4-BO`LIM.“SOLIQ MAMURLARININING SOLIQ TEKSHIRUVLARI NATIJALARI SAMARALI TASHKIL ETISH” 13- MAVZU.SOLIQ TEKSHIRUVI NATIJALARINI RASMIYLASHTIRISH VA UNI KO`RIB CHIQISH TARTIBI 1.Soliq tekshiruvi natijalarini rasmiylashtirish tartibi. 2.Soliq tekshiruvi materiallarini soliq idoralarida ro‟yxatdan o‟tkazish tartibi. 3. Ro‟yxatdan o‟tkazilgan soliq tekshiruvi materiallari, shuningdek soliqqa oid huquqbuzarliklar to‟g‟risidagi materiallarning harakatini nazorat qilish va uning hisobini yuritis. 1.Soliq tekshiruvi natijalarini rasmiylashtirish tartibi. Soliq tekshiruvi davlat soliq xizmati organlari tomonidan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa, prokuratura organlari tomonidan amalga oshiriladigan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining bajarilishini tekshirishdir. Soliq tekshiruvi natijsi bo`yicha dalolatnoma tuziladi. Soliq tekshiruvi dalolatnomasi: kirish, asosiy va yakuniy qismlardan iborat bo‘ladi. Soliq tekshiruvi dalolatnomasining kirish qismida o‘tkazilayotgan tekshirish va tekshirilayotgan sub‘ekt (soliq to‘lovchi) haqida umumiy ma‘lumotlar; - soliq organi rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan hujjatli tekshirishni o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqning raqami, sanasi; - tekshirilayotgan tadbirkorlik sub‘ektining ta‘sis hujjatlariga ko‘ra to‘liq va qisqacha nomi; - soliq to‘lovchining identifikatsion raqami (STIR) va kodi; 183 - tekshirish o‘tkazilgan joyning nomi (tekshirish o‘tkazilgan hudud, aholi maskani); - tekshiruv dalolatnomasi rasmiylashtirilgan sana tekshiruv o‘tkazgan shaxslarning dalolatnomaga imzo qo‘ygan sanasi. Soliq tekshiruviga soliq xizmatining boshqa organlari mutaxasislari jalb etilgan taqdirda, tekshirish dalolatnomasida ularning ham familiyasi, ismi, mansabi va ular xizmat qilayotgan soliq organlari nomi ko‘rsatilib o‘tiladi. Tadbirkorlik sub‘ektining tekshiruv o‘tkazilayotgan faoliyat davri, tekshirish boshlangan va tugallanish sanasi. Bunda, tekshirishning boshlanish sanasi bo‘lib, tekshirilayotgan sub‘ekt rahbariga (vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi shaxsga), hujjatli tekshirishni o‘tkazish to‘g‘risida soliq organi boshlig‘ining (o‘rinbosarlari) buyrug‘ini taqdim qilingandagi sanasi, tekshirishni tugatilish sanasi esa - tekshiruvni amalga oshirgan tekshiruvchilarning dalolatnomaga imzo qo‘ygan sanasi hisoblanadi. Ammo, tekshirishga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar bo‘lmagan yoki ularni tekshiruvga taqdim etilmagan holatlarda, tekshirishni boshlanish sanasi bo‘lib, tekshiruvga hujjatlar taqdim etilgan sana hisoblanadi. - tekshirilayotgan davrda, tekshirilayotgan sub‘ekt mansabdor shaxslarining (rahbari, bosh hisobchisi yoki ularning vazifasini bajaruvchilar) familiyasi, ismi, sharifi; Agarda tekshirilayotgan davr maboynida yuqorida qayd etilgan shaxslar tarkibida o‘zgarish yuz bergan bo‘lsa, mazkur shaxslarning, qaysi vaqtdan boshlab (buyruq, farmoyish, ta‘sischilar yig‘ilish qarori yoki ishga tayinlash va bo‘shatish to‘g‘risidagi boshqa hujjatlar) tegishli mansabga, ishga tayinlangani yoki bo‘shatilgani ko‘rsatib o‘tiladi; - tekshirilayotgan sub‘ekt joylashgan manzili (xususiy tadbirkorning yashash manzili), shuningdek, ular tomonidan xo‘jalik faoliyati amalga oshirilayotgan manzil (davlat ro‘yxatidan o‘tgan manzil bilan solishtirish); - maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida amalga oshirilayotgan faoliyat to‘g‘risidagi malumotlar (sanasi, raqami, bergan tashkilotning nomi, ruxsatnoma amal qilishining boshlanish va tugash sanasi); 184 - sub‘ektning haqiqatda amalga oshirayotgan moliya-xo‘jalik faoliyati turi, shu jumladan qonun bilan taqiqlangan faoliyat turi yoki maxsus ruxsatnoma olmasdan faoliyat ko‘rsatayotganligi to‘g‘risidagi malumot; - tekshirish o‘tkazish uslubi, uning birlamchi hujjatlarni (to‘liq yoki tanlash yo‘li bilan) tekshirilishi tartibi; - tekshirish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlar va buyumlarni olib qo‘yilganligi, ekspertiza, soliq to‘lovchining mulklari sanoqdan o‘tkazilganligi, korxona hududi va binolari ko‘zdan kechirilganligi va tekshiruv davrida amalga oshirilgan boshqa tadbirlar to‘g‘risida malumot; - bank muassasalaridagi hisob raqami (shu jumladan Respublikadan tashqarisida mavjud bo‘lganlari) va boshqa malumotlar to‘g‘risida; - ilgari o‘tkazilgan tekshirishlar (Moliya vazirligi, soliq idoralari, huquqni muxofaza qilish idoralari va auditorlik tashkilotlari tomonidan), ular natijalari bo‘yicha qabul qilingan choralar (soliq idorasiga qayta topshirilgan hisobotlar, keltirilgan zararning qoplanishi, ko‘zg‘atilgan jinoyat ishlari) haqida qisqacha malumot; - tashkil etilgan sho‘ba korxonalari, vakolatxonalar, filiallar va boshqa tarkibiy tuzilmalari haqida ma‘lumot; - ta‘sischilar va ta‘sis hujjatlariga asosan nizom fondining miqdori va tekshiruv kuniga qadar nizom fondining haqiqatda shakllantirilganligi haqida ma‘lumot (pul mablag‘lari hisobida - so‘m yoki valyuta, asosiy vositalar, intellektual mulk, nomoddiy aktivlar va h.k.); - aksionerlik jamiyatlarida aksiyalarning chiqarilishi va ularning joylashtirilishi (foiz hisobida, pul mablag‘lari va miqdor ko‘rinishida) hamda aksionerlar va xususiylashtirish haqida boshqa zarur bo‘lgan ma‘lumotlar. Soliq tekshiruvi (taftish) natijasi bo‘yicha tuzilgan dalolatnomaning tavsif qismida, tekshirish natijasida aniqlangan hujjatli tasdiqlangan soliq va boshqa qonunbuzarlik faktlari yoki qonunbuzarliklarni aniqlanmaganligi holatlari, shuningdek tekshirish natijalari bo‘yicha qaror qabul qilishga ta‘sir etadigan holatlar tizimli ifodalaniladi. Tekshiruv davomida soliq qonunchiligiga taalluqli 185 bo‘lmagan lekin nazorati soliq idoralariga yuklatilgan qonunbuzarliklar aniqlanganda bunday faktlar ham hujjatli tekshiruvlar natijasi bo‘yicha tuziladigan dalolatnomada aks ettirilishi lozim. Soliq tekshiruvi dalolatnomasi kamida uch nusxada tuziladi. Soliq tekshiruvi dalolatnomasining barcha nusxalari davlat soliq xizmati organlarining soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi. Soliq tekshiruvi dalolatnomasining bir nusxasi soliq to‘lovchiga topshiriladi. Soliq to‘lovchi soliq tekshiruvi dalolatnomasini olganda dalolatnomaning barcha nusxalariga uni olgan sanani ko‘rsatgan holda imzo qo‘yishi shart. Soliq tekshiruvi dalolatnomasining davlat soliq xizmati organida qolgan nusxalari soliq tekshiruvi materiallariga qo‘shib qo‘yiladi. Soliq to‘lovchining soliq tekshiruvi dalolatnomasidagi imzosi uning soliq tekshiruvi natijalaridan rozi ekanligini anglatmaydi. Soliq to‘lovchi soliq tekshiruvi dalolatnomasini olishdan bosh tortgan taqdirda davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi bu haqda soliq tekshiruvi dalolatnomasiga tegishli yozuv kiritadi. Mazkur holda soliq tekshiruvi dalolatnomasining bir nusxasi soliq to‘lovchiga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi va shu paytdan e‘tiboran soliq tekshiruvi tugallangan hisoblanadi. Soliq tekshiruvi dalolatnomasi soliq to‘lovchiga topshirilgan kun soliq tekshiruvi tugallangan kun hisoblanadi. Soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun asos bo‘lgan, soliq Kodeksining 88- moddasida belgilangan quyidagilarning nusxalari: tadbirkorlik sub‘ektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organning tekshiruvni o‘tkazishga roziligi, ushbu rozilikda tekshiriladigan ob‘ektning nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, tekshiruvning maqsadi, tekshiruv o‘tkazish muddatlari va uni asoslovchi sabablar ko‘rsatiladi; davlat soliq xizmati organining buyrug‘i, buyruqda tekshiruvni o‘tkazish maqsadi, muddatlari va tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tarkibi ko‘rsatiladi, soliq tekshiruvi doirasida sodir etilgan harakatlar to‘g‘risidagi bayonnomalar, 186 inventarizatsiya dalolatnomalari, ekspertlarning xulosasi, soliq tekshiruvi o‘tkazish paytida olingan materiallar, shuningdek soliq tekshiruvi doirasida harakatlar sodir etilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar soliq tekshiruvi dalolatnomasiga qo‘shib qo‘yilishi lozim. Soliq tekshiruvi materiallari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi belgilagan tartibga binoan soliq to‘lovchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organida soliq tekshiruvi tugallangan kundan e‘tiboran keyingi ish kunidan kechiktirmasdan ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Download 4.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling