Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»


-MAVZU: O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI


Download 4.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/141
Sana21.11.2023
Hajmi4.14 Mb.
#1792655
TuriУчебное пособие
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   141
Bog'liq
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA

 
12-MAVZU: O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI 
QARORLARI IJROSINI TA‟MINLASHDA DAVLAT SOLIQ 
ORGANLARI AMALGA OSHIRADIGAN NAZORAT TADBIRLARI 
 
1.Yuridik shaxslar pul mablag‟larini taftishdan o‟tkazishning asosiy 
maqsadi va vazifalari. 
2.Kassani taftishdan o‟tkazish. 
3.Kassa operatsiyalarini taftishdan o‟tkazish. 
4.Tegishli banklardagi hisob raqamidagi operatsiyalarni taftishdan 
o‟tkazish. 
 
1.Yuridik shaxslar pul mablag‟larini taftishdan o‟tkazishning asosiy 
maqsadi va vazifalari.
Xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning kassa va kassa operatsiyalarini taftish 
qilishning asosiy maqsadi, ularning O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 
1998 yil 17 dekabrda №565 son bilan ro‘yxatga olingan va O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan 1998 yil 24 yanvarda 1/16-
son bayonnoma bilan tasdiqlangan 376-sonli «Yuridik shaxslar tomonidan kassa 
operatsiyalarini yuritish qoidalari»ga qanday tartibda amal qilayotganligini nazorat 
qilishdan iborat. Soliq organlari tomonidan o‘tkaziladigan yuridik shaxslarning 
hujjatli tekshiruvlari korxonada kassa hisob-kitoblarini tekshirishdan boshlanadi. 
Kassa faoliyatini to‘satdan tekshirish natijasida soliq inspektorlari tomonidan 


170
xazinachi (kassir) ning ishida va uni nazorat qiluvchi mansabdor shaxslarning 
faoliyatidagi kamchiliklarning, aniqlanishi korxonaning pul mablag‘larini, kassa va 
bank operatsiyalarini hamda shu bilan bog‘liq korxonaning boshqa faoliyatlarini 
taftishdan o‘tkazishda ma‘lum darajada aniq maqsadga yo‘naltiruvchi omil bo‘lib 
xizmat qiladi. Korxonaning kassa va bank operatsiyalarini o‘rganib chiqish, pul 
mablag‘larining saqlanishini tekshirilishi soliq organlari hujjatli tekshiruvlarining 
eng muhim qismi hisoblanadi. Soliqchi mansabdor shaxslar tomonidan amalga 
oshirilayotgan tekshiruv tajribalari shuni ko‘satmoqdaki, ayrim korxonalarda 
aynan pul operatsiyalarini bajarishda kassa intizomining buzilishi oqibatida talon-
tarojlik va suiqast kabi jiddiy huquqbuzarliklar sodir etilmoqda. Pul mablag‘larini 
taftishdan o‘tkazishning muhim vazifalari shundan iboratki, hujjatli tekshiruv 
kassa va bank operatsiyalarining to‘g‘ri bajarilishini to‘liq asoslab berilishini talab 
qiladi. Bundan tashqari qator kirim va chiqim operatsiyalari bo‘yicha korxonaning 
boshqa uchastkalaridagi hujjatlar bilan taqqoslama muqobil tekshiruvlar ham 
o‘tkazilishi mumkin. Masalan, naqd pul tushumlarining kassaga kirim qilinishi 
tegishli bankdagi xisob raqamlaridagi chiqim, tovar moddiy qiymatliklar 
realizatsiyasi va xisob-kitob operatsiyalariga oid ma‘lumotlar bilan solishtirib 
ko‘riladi. 
Korxonaning kassa va bank operatsiyalarini tekshirish natijasida soliq 
inspektori tomonidan quyidagilarni aniqlash asosiy maqsad hisoblanadi: 
- kassada bo‘lishi lozim bo‘lgan naqd pul va boshqa qimmatli qog‘ozlarning 
mavjudligini;
- kassada saqlanayotgan pul va boshqa mablag‘larni to‘liq kirim qilinib 
rasmiylashtirilganligini; 
- pul mablag‘larini mo‘ljallangan maqsadga sarflanganligini; 
- kassadagi pul mablag‘larining saqlanishi va sarflanishi bo‘yicha qat‘iy 
nazorat yuritilganligini; 
- amalga oshirilgan kassa va bank operatsiyalarning haqiqiyligini;
- pul bilan bog‘liq hisob-kitob hujjatlarini to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini;
- kassadagi pul mablag‘lari harakatining tegishli bank xisob-kitob 


171
raqamlaridagi o‘zaro bog‘liq ma‘lumotlarga to‘g‘ri kelishini;
- chiqim qilingan pul mablag‘lari harajatlarining to‘g‘ri va asoslangan holda 
rasmiylashtirilganligini.
Bunda ayniqsa harajatlar schyotlari, ish haqi fondi va boshqa maxsus 
manba‘lardan qilingan harajatlarga alohida e‘tibor qaratilishi lozim. Pul 
mablag‘lari, kassa va bank operatsiyalarining taftishi korxonaning xisob-kredit 
operatsiyalarining xisob-kitobini yurituvchi xizmatlarning faoliyatini, ishchi-
xizmatchilar bilan ish haqi bo‘yicha xisob-kitoblar, tovar moddiy qiymatliklarning 
realizatsiyasi, bajarilgan ishlar xajmi, harajatlar smetasi va boshqa sohalarning 
tekshiruvlari bilan uzviy bog‘liqlikda o‘tkazilishi kerak. 

Download 4.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling