Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»
Download 4.14 Mb. Pdf ko'rish
|
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA
hollarda murojaat qilishga haqli:
soliq tekshiruvini o‘tkazishga soliq to‘lovchi tomonidan to‘sqinlik qilinganda yoki daromadlar olish uchun foydalanilayotgan yoxud soliq solish ob‘ektini saqlash bilan bog‘liq hududlarni, binolarni, shu jumladan, joylarni ko‘zdan kechirish uchun davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslarini kiritish soliq to‘lovchi tomonidan rad etilganda; soliq to‘lovchi qayd etilgan manzilda bo‘lmaganda; soliq to‘lovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot, kameral nazorat natijalari bo‘yicha tafovutlarning asoslari yoxud aniqlashtirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmaganda. Davlat soliq xizmati organi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishni kirim hujjatlarini rasmiylashtirmasdan amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarini besh bank kunigacha bo‘lgan muddatga vaqtincha to‘xtatib turishga haqli. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) kirim hujjatlarini rasmiylashtirmasdan realizatsiya qilish deb quyidagilar e‘tirof etiladi: kameral nazorat jarayonida aniqlangan, kirim qilingan va realizatsiya qilingan (sarflangan) tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmlarining mos emasligi, xuddi shuningdek bank operatsiyalarining xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar faoliyatining xususiyati va turiga mos emasligi; soliq tekshiruvi jarayonida aniqlangan, tovarlar (ishlar, xizmatlar) kirim qilinganligi fakti to‘g‘risida dalolat beruvchi hujjatlarning mavjud emasligi, 160 almashtirib qo‘yilganligi, qalbakilashtirilganligi yoki yo‘q qilinganligi, realizatsiya qilinmagan tovarlar sifatida hisobga olingan tovarlarning omborda yoki realizatsiya qilish joyida mavjud emasligi; xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) kirim hujjatlarini rasmiylashtirmasdan realizatsiya qilayotganligi hollarini tasdiqlovchi hujjatlarning jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan davlat soliq xizmati organlariga taqdim etilishi. Zarur hollarda, soliq tekshiruvlarini o‘tkazishda ishtirok etish uchun ekspert jalb etilishi va ekspertiza tayinlanishi mumkin. Ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi qaror tekshiruv o‘tkazayotgan mansabdor shaxsning iltimosnomasi asosida davlat soliq xizmati organining rahbari tomonidan qabul qilinadi. Qarorda ekspertizani tayinlash uchun asoslar, ekspertiza o‘tkazishi kerak bo‘lgan tashkilotning nomi yoki ekspertning familiyasi, ismi, otasining ismi, ekspert oldiga qo‘yilgan masalalar va ekspert ixtiyoriga beriladigan materiallar ko‘rsatiladi. Shaxsni ekspert sifatida jalb etish davlat soliq xizmati organi va ekspert o‘rtasida ekspertiza o‘tkazish to‘g‘risida shartnoma tuzish asosida amalga oshiriladi. Ekspert ekspertiza predmetiga taalluqli soliq tekshiruvi materiallari bilan tanishishga, o‘ziga qo‘shimcha materiallar taqdim etilishi to‘g‘risida iltimosnomalar berishga haqli. Ekspert, agar unga berilgan materiallar etarli bo‘lmasa, xulosa berishni rad etishi mumkin. Ekspert xulosani o‘z nomidan yozma shaklda beradi. Ekspert xulosasida uning o‘zi o‘tkazgan tekshirishlar, shu tekshirishlar natijasida qilingan xulosalar hamda o‘rtaga qo‘yilgan masalalarga asoslantirilgan javoblar bayon etiladi. Ekspertning xulosasi yoki uning xulosa berish imkoniyati yo‘qligi to‘g‘risidagi xabari tekshirilayotgan shaxsga taqdim etiladi, mazkur shaxs o‘z tushuntirishlarini berish va e‘tirozlar bildirish, shuningdek ekspertning oldiga 161 qo‘shimcha masalalar qo‘yish va qo‘shimcha yoki takroriy ekspertiza tayinlashni so‘rash huquqiga ega. Zarur hollarda soliq tekshiruvida ishtirok etish uchun tarjimon jalb etilishi mumkin. Ishning natijasidan manfaatdor bo‘lmagan, tarjima qilish uchun zarur darajada til biladigan yoxud kar yoki soqov jismoniy shaxsning imo-ishoralarini tushunadigan shaxs tarjimondir.Tarjimon uni tarjimonlikka tayinlagan davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxsining chaqiruviga binoan hozir bo‘lishi va o‘ziga topshirilgan tarjimani aniq bajarishi shart.Tarjimonni jalb etish davlat soliq xizmati organi va tarjimon o‘rtasida shartnoma tuzish asosida amalga oshiriladi. Soliq tekshiruvining natijasidan manfaatdor bo‘lmagan har qanday voyaga etgan jismoniy shaxslar xolislar sifatida jalb etilishi mumkin.Davlat soliq xizmati organlari xodimlarining xolislar sifatida Download 4.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling