Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»
Soliq to‟lovchining moliya-xo‟jalik faoliyati tekshiruvini tashkil qilish
Download 4.14 Mb. Pdf ko'rish
|
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq kodeksiga
- Tekshirishlarni ro‟yxatga olish kitobini to‟ldirish
3.Soliq to‟lovchining moliya-xo‟jalik faoliyati tekshiruvini tashkil qilish
va o‟tkazish tartibi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish to‘g‘risidagi PF-2114 19.11.1998 dagi qaroriga muvofiq: Xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarni tekshirishni tashkil qilishni yanada tartibga solish, tekshirishlar sonini kamaytirish, turli nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan tekshirishlarda parallelchilik va takrorlash faktlarini bartaraf etish, ularning korxonalar xo‘jalik faoliyatiga iqtisodiy zarar etkazuvchi asossiz aralashuviga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, shuningdek tadbirkorlarning qonuniy huquqlarini himoya qilish manfaatlarini ko‘zlab: Quyidagilar belgilab qo‘yildi: xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning faoliyati Prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan faqat qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bo‘yicha tergov tartibida tekshiriladi. Bunda mazkur sub‘ektlarning faqat qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyati tekshirilishi mumkin, bu haqda tekshirishni tayinlash to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilishi lozim; xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar faoliyatining har qanday tekshirishlarini o‘tkazish chog‘ida nazorat organlarining mansabdor shaxslari tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobiga qonunchilikda belgilangan tartibda yozib qo‘yadilar; 164 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning joylardagi organlari zimmasiga byudjet tashkilotlari va byudjet tizimi byudjetlarining mablag‘lari hisobidan tegishli ravishda moliyalashtiriladigan byudjet mablag‘larini oluvchilarning moliya-xo‘jalik faoliyatini belgilangan tartibda tekshirish vazifasi yuklansin. Zarur hollarda ana shu tekshirishlarni amalga oshirish uchun soliq va boshqa nazorat organlari jalb qilinishi mumkin. Xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar faoliyatini nazorat tariqasida tekshirishni o‘tkazish borasida belgilangan tartibga rioya etilishi uchun shaxsiy javobgarlik soliq va moliya organlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi organlarining, shuningdek davlat nazoratini amalga oshirishga vakil qilingan boshqa organlarning rahbarlari zimmasiga yuklansin. Xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirishga vakil qilingan vazirliklar va idoralar: ikki hafta muddatda moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga, shu jumladan nazorat tekshirishlari va taftishlar o‘tkazishga qo‘yiladigan mansabdor shaxslarning ro‘yxatini tasdiqlasinlar; moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga, shu jumladan nazorat tekshirishlari va taftishlar o‘tkazishga qo‘yiladigan mansabdor shaxslar belgilangan tartibda attestatsiyadan va qayta attestatsiyadan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan qoidani tatbiq etsinlar. Bir oy muddatda xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga, shu jumladan nazorat tekshirishlari va taftishlar o‘tkazishga qo‘yiladigan mansabdor shaxslar uchun maxsus guvohnomalar joriy qilinsin. O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishga vakil qilingan vazirliklar va idoralar tomonidan tekshirishlarni tashkil qilishni tartibga solish va takomillashtirish to‘g‘risidagi qonunlar, farmonlar hamda boshqa qonun hujjatlari qanday ijro etilayotganligini nazorat qilishni ta‘minlasin, nazorat organlari xodimlarining noqonuniy harakatlari xususida Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashining 165 taqdimnomalarini, shuningdek xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning shikoyatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqib, qonunda ko‘zda tutilgan choralarni ko‘rsin. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq: Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari va soliq to‘lovchi soliq tekshiruvlarining ishtirokchilaridir. Soliq tekshiruvlarida soliq to‘lovchining vakili ishtirok etishi mumkin. Soliq to‘lovchi moliya-xo‟jalik faoliyatining tekshiruvini o‘tkazish (taftish qilish) uchun quyidagilar asos bo‟ladi: tadbirkorlik sub‘ektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organning tekshiruvni o‘tkazishga roziligi, ushbu rozilikda tekshiriladigan ob‘ektning nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, tekshiruvning maqsadi, tekshiruv o‘tkazish muddatlari va uni asoslovchi sabablar ko‘rsatiladi; davlat soliq xizmati organining buyrug‘i, buyruqda tekshiruvni o‘tkazish maqsadi, muddatlari va tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tarkibi ko‘rsatiladi. Soliq to‘lovchilar moliya-xo‘jalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari (taftishlari) bir yilda ko‘pi bilan bir marta, belgilangan normalar va qoidalarga o‘z vaqtida hamda to‘liq hajmda rioya etayotgan soliq to‘lovchilar moliya-xo‘jalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari esa, ikki yilda ko‘pi bilan bir marta amalga oshiriladi. Xususiy bank va boshqa xususiy moliya institutlari moliya-xo‘jalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari (taftishlari) besh yilda ko‘pi bilan bir marta, mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklari moliya-xo‘jalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari (taftishlari) to‘rt yilda ko‘pi bilan bir marta, boshqa tadbirkorlik sub‘ektlari moliya-xo‘jalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari (taftishlari) uch yilda ko‘pi bilan bir marta amalga oshiriladi. Yangi tashkil etilgan mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyati ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e‘tiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali soliq tekshiruvlaridan o‘tkazilmaydi. 166 Aktsiz to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyati, shuningdek mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklarining byudjet hamda markazlashtirilgan mablag‘lar va resurslardan maqsadli foydalanish bilan bog‘liq moliya-xo‘jalik faoliyati ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e‘tiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali soliq tekshiruvlaridan o‘tkazilmaydi. Tadbirkorlik sub‘ektlarining moliya-xo‘jalik faoliyati soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar moliya yili mobaynida muntazam ravishda to‘lanmagan taqdirda, rejali tekshiruvlardan o‘tkazilishi mumkin. Davlat soliq xizmati organi rejali soliq tekshiruvi o‘tkazishning boshlanishi haqida tekshiruvni o‘tkazish boshlanishidan kamida o‘ttiz kalendar kun oldin tadbirkorlik sub‘ektini tekshiruvdan o‘tkazish muddatlari va predmetini ko‘rsatgan holda, yozma shaklda xabardor qilishi shart. Tadbirkorlik sub‘ekti tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan moliya va soliq hisobotini, shuningdek tadbirkorlik sub‘ektining faoliyati to‘g‘risida davlat soliq xizmati organida mavjud bo‘lgan boshqa hujjatlarni o‘rganish hamda tahlil etish asosida o‘tkaziladigan kameral nazorat natijalari bo‘yicha qoidabuzarliklar aniqlangan hollardagina davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik sub‘ektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqishi mumkin. Soliq monitoringi amalga oshirilgan soliq davri uchun moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha rejali tekshiruvlar o‘tkazilmaydi. Soliq tekshiruvi o‘tkazilishi soliq to‘lovchining faoliyatini to‘xtatib qo‘ymasligi kerak. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan boshqa tumanlarda (shaharlarda) davlat ro‘yxatidan o‘tgan tadbirkorlik sub‘ektlarida soliq tekshiruvlari o‘tkazish, ularning ishlab chiqarish binolari, savdo nuqtalari va xizmatlar ko‘rsatish (ishlar bajarish) joyi qaerda joylashganligidan qat‘i nazar, takrorlashga yo‘l qo‘yilmagan holda, tadbirkorlik sub‘ekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi tegishli davlat soliq xizmati organlari bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. 167 Soliq tekshiruvi davlat soliq xizmati organi rahbari yoki rahbar o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan soliq tekshiruvi o‘tkazish dasturiga muvofiq amalga oshiriladi. Soliq tekshiruvini o‘tkazish dasturida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: soliq tekshiruvi o‘tkazilayotganda o‘rganiladigan masala yoki masalalar doirasi; soliq tekshiruvi soliq to‘g‘risidagi qaysi qonun hujjatlariga rioya etilishini o‘rganish uchun o‘tkaziladigan bo‘lsa, shu qonun hujjatlarining ro‘yxati; tekshiruv turidan kelib chiqqan holda boshqa ma‘lumotlar. Soliq tekshiruvini o‘tkazish dasturini tuzish qoidalari nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi. Soliq tekshiruvi soliq to‘lovchining tekshiruv o‘tkazilayotgan yildan bevosita oldingi ko‘pi bilan besh kalendar yildagi faoliyatini qamrab olishi mumkin. Bunda tadbirkorlik sub‘ektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini rejali tekshirishlar faqat oxirgi rejali tekshirishdan keyingi, lekin yangi tekshirish o‘tkazilayotgan yildan bevosita oldingi besh kalendar yildan ko‘p bo‘lmagan davrni qamrab oladi. Soliq tekshiruvlari o‘tkazilayotganda davlat soliq xizmati organlari Soliq kodeksda belgilangan tartibda soliq to‘lovchining hududi va joylarini tekshirishga, mol-mulkni inventarizatsiya qilishga, hujjatlarni talab qilib olishga, hujjatlar va predmetlarni olib qo‘yishga, soliq to‘lovchidan, shuningdek soliq to‘lovchining rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruvini amalga oshirayotgan shaxslardan, boshqa moddiy javobgar xodimlaridan tushuntirishlar olishga, bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish choralarini ko‘rishga, ekspertni jalb etish va ekspertiza tayinlashga, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlari bartaraf etilishini talab qilishga, soliq kodeksi va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirishga haqlidir. 168 Soliq tekshiruvlari o‘tkazilayotgan davrda tekshirilayotgan davrning soliq hisobotiga soliq to‘lovchi tomonidan o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Soliq tekshiruvlari o‘tkazilayotgan davrda soliq tekshiruvlarini ro‘yxatga olish kitobi to‘ldiriladi. Tekshirishlarni ro‟yxatga olish kitobini to‟ldirish Download 4.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling