Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»
hududga va joylarga qo‟ymaslikka haqli, agar
Download 4.14 Mb. Pdf ko'rish
|
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA
hududga va joylarga qo‟ymaslikka haqli, agar:
156 Tekshirish uchun asos bo‘ladigan hujjatlar topshirilmagan yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchi ularni olishdan bosh tortgan hollar bundan mustasno; tekshiruvchi mansabdor shaxs tekshiruvni tayinlash to‘g‘risidagi buyruqda ko‘rsatilmagan, o‘z xizmat guvohnomasini va tekshirishlarni o‘tkazishga ruxsat berilganligi to‘g‘risidagi maxsus guvohnomasini ko‘rsatmagan bo‘lsa; soliq tekshiruvini o‘tkazishning buyruqda ko‘rsatilgan muddatlari boshlanmagan yoki o‘tib ketgan bo‘lsa; tekshiruvchi mansabdor shaxs tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobini to‘ldirishdan bosh tortsa. Soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsiga soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun hududga va joylarga kirishiga to‘sqinlik qilinganda, uning o‘zi va soliq to‘lovchi tomonidan imzolanadigan dalolatnoma tuziladi. Soliq to‘lovchi mazkur dalolatnomani imzolashdan bosh tortganda dalolatnomaga tegishli yozuv kiritiladi. Davlat soliq xizmati organining soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan mansabdor shaxslariga soliq to‘lovchining hududiga va joyiga (turar joy binolari bundan mustasno) kirishiga to‘sqinlik qilganlik, xuddi shuningdek davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslarining o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi. Davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslarining o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlikka tortilganlik soliq tekshiruvini bekor qilish uchun asos bo‘lmaydi. Soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslarining qonunda belgilangan hollardan yoki sud qarori asosida amalga oshiriladigan hollardan boshqa hollarda turar joylarga ularda yashovchi jismoniy shaxslarning xohish-irodasidan tashqari yoki unga qarshi tarzda kirishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslari, zarurat bo‘lganda, soliq to‘lovchi tomonidan daromadlar olish uchun 157 foydalanilayotgan yoki soliq solish ob‘ektlari bilan bog‘liq hududlarni, ishlab chiqarish, omborxona, savdo binolarini hamda boshqa binolar, shu jumladan joylarni ko‘zdan kechirishi, shuningdek soliq to‘lovchining mol-mulkini inventarizatsiyadan o‘tkazishi mumkin. Ko‘zdan kechirish o‘tkazilayotganda soliq tekshiruvi qaysi shaxsga nisbatan amalga oshirilayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxs yoki uning vakili qatnashishga haqli. Ko‘zdan kechirish o‘tkazilayotganda zarur hollarda foto va kinosuratga olinishi, videoyozuvga tushirilishi, hujjatlardan ko‘chirma nusxalar olinishi mumkin, bu haqda bayonnomada ko‘rsatiladi. Davlat soliq xizmati organining soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan mansabdor shaxslari tekshirilayotgan soliq to‘lovchidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish, to‘lash bilan bog‘liq, tekshiruv maqsadlariga tegishli va tekshirilayotgan davrga taalluqli hujjatlarni talab qilib olishga haqli. Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligidan dalolat beruvchi hujjatlar va huquqbuzarlik predmetlari soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxsining asoslantirilgan qarori asosida olib qo‘yilishi mumkin. Lekin soliq to‘lovchining faoliyatini to‘xtatib qo‘yishga olib keladigan hujjatlar va predmetlarni olib qo‘yish faqat sud qarori asosida amalga oshiriladi.Hujjatlar va predmetlarni tungi vaqtda - soat 23-00 dan 6-00 gacha - olib qo‘yish man etiladi.Soliq tekshiruviga taalluqli bo‘lmagan hujjatlar va predmetlarni olib qo‘yish Download 4.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling