Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»


Soliq tekshiruvini o‟tkazish dasturida r ko‟rsatilishi kerak bulgan


Download 4.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/141
Sana21.11.2023
Hajmi4.14 Mb.
#1792655
TuriУчебное пособие
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   141
Bog'liq
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA

2.Soliq tekshiruvini o‟tkazish dasturida r ko‟rsatilishi kerak bulgan 
ma‟lumotlar.
Soliq tekshiruvini o‟tkazish dasturida quyidagilar ko‟rsatilishi kerak:
soliq tekshiruvi o‘tkazilayotganda o‘rganiladigan masala yoki masalalar doirasi;
soliq tekshiruvi soliq to‘g‘risidagi qaysi qonun hujjatlariga rioya etilishini 
o‘rganish uchun o‘tkaziladigan bo‘lsa, shu qonun hujjatlarining ro‘yxati;
tekshiruv turidan kelib chiqqan holda boshqa ma‘lumotlar.
Soliq tekshiruvini o‘tkazish dasturini tuzish qoidalari nazorat qiluvchi organlar 
faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan holda 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Soliq tekshiruvi soliq to‘lovchining tekshiruv o‘tkazilayotgan yildan bevosita 
oldingi ko‘pi bilan besh kalendar yildagi faoliyatini qamrab olishi mumkin. Bunda 
tadbirkorlik sub‘ektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini rejali tekshirishlar faqat 
oxirgi rejali tekshirishdan keyingi, lekin yangi tekshirish o‘tkazilayotgan yildan 
bevosita oldingi besh kalendar yildan ko‘p bo‘lmagan davrni qamrab oladi.
Soliq tekshiruvlari o‘tkazilayotganda davlat soliq xizmati organlari Soliq kodeksda 
belgilangan tartibda soliq to‘lovchining hududi va joylarini tekshirishga, mol-
mulkni inventarizatsiya qilishga, hujjatlarni talab qilib olishga, hujjatlar va 
predmetlarni olib qo‘yishga, soliq to‘lovchidan, shuningdek soliq to‘lovchining 
rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruvini amalga 
oshirayotgan shaxslardan, boshqa moddiy javobgar xodimlaridan tushuntirishlar 
olishga, bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish 
choralarini ko‘rishga, ekspertni jalb etish va ekspertiza tayinlashga, soliq 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlari bartaraf etilishini talab 
qilishga, Soliq kodeksda va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa 
harakatlarni amalga oshirishga haqlidir.
Soliq tekshiruvlari o‘tkazilayotgan davrda tekshirilayotgan davrning soliq 
hisobotiga soliq to‘lovchi tomonidan o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilishiga 
yo‘l qo‘yilmaydi. 

Download 4.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling