Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»
Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‟g‟riligini tekshirish
Download 4.14 Mb. Pdf ko'rish
|
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA
3.Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‟g‟riligini tekshirish.
Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini tekshirish to‘g‘risidagi vazirlar mahkamasining 1998 yil 4 avgustdagi 332-son qaroriga asosan respublikaning xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlari o‘rtasida debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini o‘zaro tekshirish tartibi belgilandi. Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini tekshirish xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar tomonidan 1998 yil 1 iyuldagi holatiga ko‘ra xizmat ko‘rsatuvchi banklar, soliq va moliya organlari, statistika organlari mutaxassislari bilan birgalikda bir oy muddatda o‘tkaziladi. Axborotni to‘plash va uni taqdim etish uchun javobgarlik Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalariga yuklanadi. Vazirliklar, idoralar, kontsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar va xolding kompaniyalarining debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini o‘zaro tekshirish bo‘yicha ishlarini muvofiqlashtirish va ushbu ish yakunlari bo‘yicha takliflar kiritishni tarmoq ekspert komissiyalari amalga oshiradilar. Quyidagilar tarmoq ekspert komissiyalarining asosiy vazifalari hisoblanadi: barcha xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar to‘liq qamrab olinishi hamda debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini tekshirish sifatli o‘tkazilishi ta‘minlanishini nazorat qilish; debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini tekshirish natijalarini umumlashtirish; Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va byudjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Hukumat komissiyasining ko‘rib chiqishi 149 uchun bajarilgan ish yakunlari bo‘yicha va undirib olinishi gumon bo‘lgan o‘zaro qarzdorlik miqdorlari to‘g‘risida takliflar kiritish. Xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar, vazirliklar va idoralar rahbarlari qarzdorlik to‘g‘riligini tekshirish o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi hamda muddatni va to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlari amalda aks ettirilishi, shuningdek o‘zaro qarzlar bo‘yicha solishtirib chiqish dalolatnomalari tuzilishi uchun shaxsan javob beradilar.O‘zaro qarzdorlik to‘g‘riligini tekshirishni jadallashtirish va solishtirib chiqish dalolatnomalarini tuzish uchun xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar joyning o‘ziga borib kreditorlik qarzi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar bilan o‘z qarzlarini solishtirib chiqadilar. Tuman statistika organlari, xizmat ko‘rsatuvchi banklar va soliq organlari debitorlik va kreditorlik qarzlarining umumiy miqdorini buxgalteriya balansi ma‘lumotlari va solishtirib chiqish dalolatnomalarini ma‘lumotlarda keltirilgan miqdorlar bilan solishtirib chiqadilar hamda ma‘lumotlarning to‘g‘riligini tasdiqlaydilar. Shundan keyin solishtirib chiqish dalolatnomalari nusxalari xizmat ko‘rsatuvchi banklarda qoladi. Agar xo‘jalik yurituvchi sub‘ektda buxgalteriya hisobi va hisoboti o‘z holiga tashlab qo‘yilgan bo‘lsa yoki komissiyaga taqdim etilgan hisobga olishda, ma‘lumotlarda qoloqlikka yo‘q qo‘yilgan bo‘lsa, bu haqda qayt etib qo‘yiladi. Bundan tashqari, buxgalteriya hisobi va hisobotida yo‘l qo‘yilgan qoidani buzishlar, hujjatlar yo‘qolib qolishi hollari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar soliq organlariga beriladi. Xizmat ko‘rsatuvchi banklar va soliq organlari joyning o‘ziga borib ma‘lumotlar to‘g‘ri to‘ldirilganligini oralatib tekshiradilar, bu haqda ma‘lumotnoma yoki dalolatnoma tuziladi. Zaruriyat bo‘lganda ta‘sir ko‘rsatishning tegishli chora-tadbirlari ko‘riladi. Har bir debitor yoki kreditor bo‘yicha qarzdorlik miqdori solishtirib chiqish dalolatnomalari yoki debitor (kreditor)ning o‘z qarzlarini kelishilgan miqdorda tan olganligi to‘g‘risidagi boshqa rasmiy hujjatlar bilan tasdiqlanadi. Hujjatni tuzishda 150 debitor yoki kreditorga tegishli soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami ko‘rsatilishi shart. Agar debitor (kreditor) tugatilgan bo‘lsa yoki uning joylashgan joyi aniqlanmagan taqdirda, bu haqda dalolatnoma tuziladi, u soliq organlariga taqdim etiladi, dalolatnoma nusxasi xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasasiga taqdim etiladi. Xo‘jalik yurituvchi sub‘ekt tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan chora- tadbirlar ko‘riladi.Har bir debitor (kreditor) bo‘yicha qarzdorlik miqdori izchil ravishda ular hosil bo‘lishi muddatlari bo‘yicha (60 kungacha, 60 kundan 1 yilgacha, 1 yildan 3 yilgacha, 3 yildan ortiq) guruhlarga ajratiladi.Qarzdorlikning to‘g‘riligini o‘zaro tekshiruvchi korxonalar va tashkilotlarga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari 2-kartotekadagi to‘lov hujjatlarini solishtirib chiqish dalolatnomalariga muvofiq takroran taqdim etish uchun qaytaradilar. Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligi uzil-kesil tekshirib chiqilganidan keyin xo‘jalik yurituvchi sub‘ekt tomonidan ilova qilinayotgan jadvallar to‘ldiriladi. Jadvallarda xo‘jalik yurituvchi sub‘ektga tegishli soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, shuningdek uning kreditorlari va debitorlariga tegishli soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamlari yozib qo‘yilishi shart. Xo‘jalik yurituvchi sub‘ekt rahbari va bosh buxgalteri imzosi qo‘yilgan jadvallar yuqori turuvchi tashkilotga, jadvallarning nusxalari bankning xizmat ko‘rsatuvchi muassasasiga taqdim etiladi. Jadvallar ham qog‘ozda, ham kompyuter fayllari shaklida (Microsoft Excel elektron jadvallari) taqdim etiladi. To‘plangan jadvallar tarmoqning bosh tashkiloti tomonidan Microsoft Excel elektron jadvallari shaklida umumlashtiriladi. Ayni vaqtda to‘plangan ma‘lumotlar umumlashtirish uchun Markaziy bankning mintaqaviy bosh boshqarmalariga beriladi. Xizmat ko‘rsatuvchi banklarning bo‘limlari xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlardan olingan ma‘lumotlarni vazirliklar bo‘yicha umumlashtiradilar va xizmat ko‘rsatuvchi banklarning viloyatlar boshqarmalariga yuboradilar. Xizmat ko‘rsatuvchi banklarning viloyatlar boshqarmalari ma‘lumotlarning tumanlar bo‘yicha tuzilishi to‘g‘riligini tekshiradilar, umuman viloyat hamda vazirliklar bo‘yicha solishtirib chiqadilar hamda tahlil qilish va jamlash uchun Markaziy bankning bosh boshqarmalariga va 151 xizmat ko‘rsatuvchi banklarning respublika boshqarmalariga yuboradilar. Xizmat ko‘rsatuvchi banklarning respublika muassasalari axborotni vazirliklar va idoralar, kontsernlar, uyushmalar, korporatsiyalar va kompaniyalar bilan birgalikda solishtirib chiqadilar va tahlil qiladilar hamda uni qisqartirish bo‘yicha takliflar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga hamda debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini tekshirish bo‘yicha tarmoq ishchi komissiyalariga yuboradilar. Tarmoq ekspert komissiyalari taqdim etilgan materiallarni tahlil qiladilar, umumlashtiradilar hamda Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va byudjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Hukumat komissiyasiga xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish yuzasidan takliflar kiritadilar. Download 4.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling