Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»
Download 4.14 Mb. Pdf ko'rish
|
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA
6.Davlat
soliq xizmati organlarida kameral nazorat o‟tkazuvchi xodimlarning javobgarligi. Kameral nazorat o‘tkazuvchi xodimlar, soliq to‘lovchilar tomonidan davlat soliq xizmati organlariga taqdim etilgan barcha moliyaviy va soliq hisobotlarni Soliq kodeksiga va tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga asosan to‘liq va o‘z vaqtida sifatli kameral nazoratdan o‘tkazishga javobgardir. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bilan bog‘liq bo‘lgan ma‘lumotlar, shuningdek, davlat soliq xizmati organlari faoliyatiga taalluqli bo‘lgan hujjatlarni oshkor qilmaslik, soliq to‘lovchilarning qonun bilan kafolatlangan huquqlarini poymol qilmaslik, zimmalariga yuklatilgan vazifalarni talab darajasida bajarilishini ta‘minlash uchun kameral nazorat o‘tkazuvchi xodimlar mas‘uldirlar. 142 Zimmalariga yuklatilgan vazifalarga sovuqqonlik bilan qaraganliklari tufayli qonun buzilish holatlarini kelib chiqishi yoki boshqacha tarzda huquqbuzarlik sodir etganliklari uchun davlat soliq xizmati xodimlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. 10-MAVZU: SOLIQ TEKSHIRUVLARI VA TURLARI VA ULARNI TAShKIL QILISh 1.Soliq tekshiruvlari shakllari. 2.Soliq tekshiruvlarini tashkil qilish. 3.Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‟g‟riligini tekshirish. 1.Soliq tekshiruvlari shakllari va turlari. Soliq tekshiruvi davlat soliq xizmati organlari tomonidan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa, prokuratura organlari tomonidan amalga oshiriladigan soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlarining bajarilishini tekshirishdir. Soliq tekshiruvi soliq to‗lovchining moliya-xo‗jalik faoliyati tekshiruvi (taftishi) va qisqa muddatli tekshiruv shaklida amalga oshiriladi. Soliq to‗lovchining moliya-xo‗jalik faoliyati tekshiruvi (taftishi) soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida soliq to‗lovchining buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari hamda boshqa hujjatlarini o‗rganish va taqqoslashdir. Qisqa muddatli tekshiruv soliq to‗lovchining moliya-xo‗jalik faoliyatini tekshirish bilan bog‗liq bo‗lmagan, uning ayrim operatsiyalarining soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi tekshiruvidir. Soliq tekshiruvlari quyidagi turlarga bo‗linadi: tadbirkorlik sub‘ektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‗yicha vakolatli organ bilan kelishuvga ko‗ra o‗tkaziladigan tekshiruvlar; tadbirkorlik sub‘ektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‗yicha vakolatli organni xabardor qilish tartibida o‗tkaziladigan tekshiruvlar. 143 Tadbirkorlik sub‘ektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‗yicha vakolatli organ bilan kelishuvga ko‗ra o‗tkaziladigan tekshiruvlar jumlasiga quyidagilar kiradi: soliq to‗lovchining moliya-xo‗jalik faoliyatini tekshirish (taftish); jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilishi faktlari to‗g‗risidagi murojaatlari asosida o‗tkaziladigan tekshirish yoki tavakkalchilikni tahlil etish natijalarining yakunlari bo‗yicha davlat soliq xizmati organlari tashabbusiga ko‗ra tekshirish. Tadbirkorlik sub‘ektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‗yicha vakolatli organni xabardor qilish tartibida o‗tkaziladigan tekshiruvlar jumlasiga quyidagilar kiradi: yuridik shaxs tugatilishi munosabati bilan o‗tkaziladigan tekshirish hamda faoliyati tugatilayotganda yagona soliq to‗lovini to‗lovchi bo‗lgan yakka tartibdagi tadbirkorni tekshirish; tegishli ruxsatnomalarsiz alkogol va tamaki mahsulotlarining ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishini tekshirish; qalbaki aksiz markali yoki aksiz markasi mavjud bo‗lmagan alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarilishini yoki realizatsiya qilinishini tekshirish; taqiqlangan tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqarilishi va realizatsiya qilinishi faktlariga barham berish bo‗yicha tekshirish; o‗z faoliyatini rasman to‗xtatib turgan davr mobaynida yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni davom ettirayotgan jismoniy shaxsning faoliyatini tekshirish. Notijorat tashkilotlarini, O‗zbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali faoliyatini amalga oshirayotgan O‗zbekiston Respublikasi norezidentlarini, shuningdek chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalari hamda filiallarini tekshirishlar O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Download 4.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling