Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»
Soliq tekshiruvlarini tashkil qilish
Download 4.14 Mb. Pdf ko'rish
|
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA
2.Soliq tekshiruvlarini tashkil qilish.
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari va soliq to‗lovchi 144 soliq tekshiruvlarining ishtirokchilarid bo‗lib hisoblanadilar. Soliq tekshiruvlarida soliq to‗lovchining vakili ishtirok etishi mumkin. Coliq tekshiruviga soliq tekshiruvi natijasidan manfaatdor bo‗lmagan ekspert, tarjimon va xolislar jalb etilishi mumkin. Soliq to‗lovchi moliya-xo‗jalik faoliyatining tekshiruvini o‗tkazish (taftish qilish) uchun quyidagilar asos bo‗ladi: tadbirkorlik sub‘ektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‗yicha vakolatli organning tekshiruvni o‗tkazishga roziligi, ushbu rozilikda tekshiriladigan ob‘ektning nomi, soliq to‗lovchining identifikatsiya raqami, tekshiruvning maqsadi, tekshiruv o‗tkazish muddatlari va uni asoslovchi sabablar ko‗rsatiladi; davlat soliq xizmati organining buyrug‗i, buyruqda tekshiruvni o‗tkazish maqsadi, muddatlari va tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tarkibi ko‗rsatiladi. Tadbirkorlik sub‘ektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‗yicha vakolatli organning tekshiruvni o‗tkazishga bo‗lgan roziligi jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilishi faktlari to‗g‗risidagi murojaatlari asosida o‗tkaziladigan tekshirish yoki tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyati tavakkalchiligini tahlil etish natijalarining yakunlari bo‗yicha davlat soliq xizmati organlari tashabbusiga ko‗ra tekshirishni o‗tkazish uchun asos bo‗ladi, bu rozilikda tekshiriladigan ob‘ektning nomi, soliq to‗lovchining identifikatsiya raqami, tekshiruvning maqsadlari, o‗tkazilish muddatlari va tekshiruvni asoslovchi sabablar ko‗rsatiladi. Tadbirkorlik sub‘ektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‗yicha vakolatli organni xabardor etish tartibida tekshiruvni o‗tkazish uchun davlat soliq xizmati organining tekshiruvni o‗tkazish maqsadlari, muddatlari va tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi ko‗rsatilgan buyrug‗i asos bo‗ladi. Tugatilayotgan yuridik shaxsni va faoliyati tugatilayotganda yagona soliq to‗lovini to‗lovchi bo‗lgan yakka tartibdagi tadbirkorni soliq tekshiruvidan o‗tkazish uchun: tugatuvchining yoki yuridik shaxslarni davlat ro‗yxatidan o‗tkazishni 145 amalga oshiruvchi organning yuridik shaxs tugatilayotganligi va yagona soliq to‗lovini to‗lovchi bo‗lgan yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati tugatilayotganligi to‗g‗risidagi yozma bildirishi; davlat soliq xizmati organining tekshiruvni o‗tkazish maqsadlari, muddatlari va tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tarkibi ko‗rsatilgan buyrug‗i asos bo‗ladi. Tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatining soliq tekshiruvini o‗tkazish muddati o‗ttiz kalendar kundan oshmasligi kerak. Soliq tekshiruvi muddatlarini uzaytirish davlat soliq xizmati organining qo‗shimcha buyrug‗i bilan rasmiylashtirilib, unda oldingi buyruqning ro‗yxatdan o‗tkazish raqami hamda sanasi, tekshiruv o‗tkazishga ilgari jalb etilgan mansabdor shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi ko‗rsatiladi. Qisqa muddatli soliq tekshiruvini o‗tkazish muddati o‗n ish kunidan oshmasligi kerak. Bunda tegishli ruxsatnomalarsiz alkogol va tamaki mahsulotlarining ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishini, qalbaki aksiz markali yoki aksiz markasi mavjud bo‗lmagan alkogol va tamaki mahsulotlarining ishlab chiqarilishini yoki realizatsiya qilinishini qisqa muddatli tekshirishlarni, shuningdek taqiqlangan tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqarilishi va realizatsiya qilinishi faktlariga barham berish bo‗yicha qisqa muddatli tekshirishlarni o‗tkazish muddati bir ish kunidan oshmasligi lozim. Tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatining tegishli soliq tekshiruvini o‗tkazish muddati nazorat qiluvchi organlarning asoslantirilgan talabnomalariga ko‗ra, tadbirkorlik sub‘ektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‗yicha vakolatli organning ruxsatnomasiga binoan faqat bir marta uzaytirilishi mumkin. Bunda tegishli tekshiruvning uzaytirilgan muddati uni uzaytirishning asosiy muddatidan oshmasligi kerak. Soliq tekshiruvini tayinlash to‗g‗risidagi buyruqning ijrosi sud tomonidan to‗xtatilgan taqdirda, soliq tekshiruvini o‗tkazish muddatini hisoblash ham to‗xtatiladi. Soliq to‗lovchilar moliya-xo‗jalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari 146 (taftishlari) bir yilda ko‗pi bilan bir marta, belgilangan normalar va qoidalarga o‗z vaqtida hamda to‗liq hajmda rioya etayotgan soliq to‗lovchilar moliya-xo‗jalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari esa, ikki yilda ko‗pi bilan bir marta amalga oshiriladi.Xususiy bank va boshqa xususiy moliya institutlari moliya-xo‗jalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari (taftishlari) besh yilda ko‗pi bilan bir marta, mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‗jaliklari moliya-xo‗jalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari (taftishlari) to‗rt yilda ko‗pi bilan bir marta, boshqa tadbirkorlik sub‘ektlari moliya-xo‗jalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari (taftishlari) uch yilda ko‗pi bilan bir marta amalga oshiriladi. Yangi tashkil etilgan mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‗jaliklarining moliya-xo‗jalik faoliyati ular davlat ro‗yxatidan o‗tkazilgan paytdan e‘tiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali soliq tekshiruvlaridan o‗tkazilmaydi, ushbu moddaning to‗rtinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Aksiz to‗lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‗jaliklarining moliya-xo‗jalik faoliyati, shuningdek mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‗jaliklarining budjet hamda markazlashtirilgan mablag‗lar va resurslardan maqsadli foydalanish bilan bog‗liq moliya-xo‗jalik faoliyati ular davlat ro‗yxatidan o‗tkazilgan paytdan e‘tiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali soliq tekshiruvlaridan o‗tkazilmaydi. Agar tadbirkorlik sub‘ektlarining moliya-xo‗jalik faoliyati soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar moliya yili mobaynida muntazam ravishda to‗lanmagan taqdirda, rejali tekshiruvlardan o‗tkazilishi mumkin. Davlat soliq xizmati organi rejali soliq tekshiruvi o‗tkazishning boshlanishi haqida tekshiruvni o‗tkazish boshlanishidan kamida o‗ttiz kalendar kun oldin tadbirkorlik sub‘ektini tekshiruvdan o‗tkazish muddatlari va predmetini ko‗rsatgan holda, yozma shaklda xabardor qilishi shart. Tadbirkorlik sub‘ekti tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan moliya va soliq hisobotini, shuningdek tadbirkorlik sub‘ektining faoliyati to‗g‗risida davlat soliq xizmati organida mavjud bo‗lgan boshqa hujjatlarni o‗rganish hamda 147 tahlil etish asosida o‗tkaziladigan kameral nazorat natijalari bo‗yicha qoidabuzarliklar aniqlangan hollardagina davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik sub‘ektlarining moliya-xo‗jalik faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqishi mumkin. Agar soliq monitoringi amalga oshirilgan bo‗lsa bu davr uchun moliya- xo‗jalik faoliyati bo‗yicha rejali tekshiruvlar o‗tkazilmaydi, ba‘zi hollarda soliq monitoringi muddatidan ilgari tugatilgan bo‗lsa bunday hollarda soliq tekshiruvi o‗tkaziladi. Soliq tekshiruvi davlat soliq xizmati organi rahbari yoki rahbar o‗rinbosari tomonidan tasdiqlangan soliq tekshiruvi o‗tkazish dasturiga muvofiq amalga oshiriladi. Soliq tekshiruvini o‗tkazish dasturida quyidagilar ko‗rsatilishi kerak: soliq tekshiruvi o‗tkazilayotganda o‗rganiladigan masala yoki masalalar; soliq tekshiruvi soliq to‗g‗risidagi qaysi qonun hujjatlariga rioya etilishini o‗rganish uchun o‗tkaziladigan bo‗lsa, shu qonun hujjatlarining ro‗yxati; tekshiruv turidan kelib chiqqan holda boshqa ma‘lumotlar. Soliq tekshiruvini o‗tkazish dasturini tuzish qoidalari nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan holda O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi tomonidan belgilanadi. Soliq tekshiruvi soliq to‗lovchining tekshiruv o‗tkazilayotgan yildan bevosita oldingi ko‗pi bilan besh kalendar yildagi faoliyatini qamrab olishi mumkin. Bunda tadbirkorlik sub‘ektlarining moliya-xo‗jalik faoliyatini rejali tekshirishlar faqat oxirgi rejali tekshirishdan keyingi, lekin yangi tekshirish o‗tkazilayotgan yildan bevosita oldingi besh kalendar yildan ko‗p bo‗lmagan davrni qamrab oladi. Soliq tekshiruvlari o‗tkazilayotganda davlat soliq xizmati organlari soliq to‗lovchining hududi va joylarini tekshirishga, mol-mulkni inventarizatsiya qilishga, hujjatlarni talab qilib olishga, hujjatlar va predmetlarni olib qo‗yishga, soliq to‗lovchidan, shuningdek soliq to‗lovchining rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruvini amalga oshirayotgan shaxslardan, 148 boshqa moddiy javobgar xodimlaridan tushuntirishlar olishga, bankdagi hisobvaraqlari bo‗yicha operatsiyalarni to‗xtatib turish choralarini ko‗rishga, ekspertni jalb etish va ekspertiza tayinlashga, soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlari bartaraf etilishini talab qilishga haqlidir. Soliq tekshiruvlari o‗tkazilayotgan davrda tekshirilayotgan davrning soliq hisobotiga soliq to‗lovchi tomonidan o‗zgartishlar va qo‗shimchalar kiritilishiga yo‗l qo‗yilmaydi. Download 4.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling