Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»


Download 4.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/141
Sana21.11.2023
Hajmi4.14 Mb.
#1792655
TuriУчебное пособие
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   141
Bog'liq
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA

kalendar kundan oshmasligi kerak.
Soliq tekshiruvi muddatlarini uzaytirish davlat soliq xizmati organining 
qo‘shimcha buyrug‘i bilan rasmiylashtirilib, unda oldingi buyruqning ro‘yxatdan 
o‘tkazish raqami hamda sanasi, tekshiruv o‘tkazishga ilgari jalb etilgan mansabdor 
shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatiladi.
Qisqa muddatli soliq tekshiruvini o‘tkazish muddati o‘n ish kunidan 
oshmasligi kerak. Bunda tegishli ruxsatnomalarsiz alkogol va tamaki 


153
mahsulotlarining ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishini, qalbaki aktsiz 
markali yoki aktsiz markasi mavjud bo‘lmagan alkogol va tamaki mahsulotlarining 
ishlab chiqarilishini yoki realizatsiya qilinishini qisqa muddatli tekshirishlarni
shuningdek taqiqlangan tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqarilishi va realizatsiya 
qilinishi faktlariga barham berish bo‘yicha qisqa muddatli tekshirishlarni o‘tkazish 
muddati bir ish kunidan oshmasligi lozim.
Tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatining tegishli soliq tekshiruvini o‘tkazish 
muddati nazorat qiluvchi organlarning asoslantirilgan talabnomalariga ko‘ra, 
tadbirkorlik sub‘ektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha 
vakolatli organning ruxsatnomasiga binoan faqat bir marta uzaytirilishi mumkin. 
Bunda tegishli tekshiruvning uzaytirilgan muddati uni uzaytirishning asosiy 
muddatidan oshmasligi kerak.Soliq tekshiruvini tayinlash to‘g‘risidagi buyruqning 
ijrosi sud tomonidan to‘xtatilgan taqdirda, soliq tekshiruvini o‘tkazish muddatini 
hisoblash ham to‘xtatiladi. 
Soliq tekshiruvlarini o‟tkazishga doir qo‟shimcha shartlar. 
Davlat soliq xizmati organi rejali soliq tekshiruvi o‘tkazishning boshlanishi haqida 
tekshiruvni o‘tkazish boshlanishidan kamida o‘ttiz kalendar kun oldin tadbirkorlik 
sub‘ektini tekshiruvdan o‘tkazish muddatlari va predmetini ko‘rsatgan holda, 
yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Soliq tekshiruvi o‘tkazilishi soliq to‘lovchining faoliyatini to‘xtatib 
qo‘ymasligi kerak, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan boshqa tumanlarda (shaharlarda) davlat 
ro‘yxatidan o‘tgan tadbirkorlik sub‘ektlarida soliq tekshiruvlari o‘tkazish, ularning 
ishlab chiqarish binolari, savdo nuqtalari va xizmatlar ko‘rsatish (ishlar bajarish) 
joyi qaerda joylashganligidan qat‘i nazar, takrorlashga yo‘l qo‘yilmagan holda, 
tadbirkorlik sub‘ekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi tegishli davlat soliq 
xizmati organlari bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Soliq tekshiruvi davlat soliq xizmati organi rahbari yoki rahbar o‘rinbosari 
tomonidan tasdiqlangan soliq tekshiruvi o‘tkazish dasturiga muvofiq amalga 
oshiriladi.


154

Download 4.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling