Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»
-MAVZU:SOLIQ TEKSHIRUVLARINI O‟TKAZISH TARTIBI
Download 4.14 Mb. Pdf ko'rish
|
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA
11-MAVZU:SOLIQ TEKSHIRUVLARINI O‟TKAZISH TARTIBI
1.Soliq tekshiruvlarini o‟tkazish tartibi. 2.Soliq tekshiruvini o‟tkazish dasturida ko‟rsatilishi kerak bulgan ma‟lumotlar. 3.Soliq tekshiruvini o‟tkazishning boshlanishi. 4.Soliq to‟lovchining moliya-xo‟jalik faoliyati tekshiruvini tashkil qilish va o‟tkazish tartibi. 1.Soliq tekshiruvlarini o‟tkazish tartibi. Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari va soliq to‘lovchi soliq tekshiruvlarining ishtirokchilaridir. Soliq tekshiruvlarida soliq to‘lovchining vakili ishtirok etishi mumkin. Soliq tekshiruviga soliq tekshiruvi natijasidan manfaatdor bo‘lmagan ekspert, tarjimon va xolislar jalb etilishi mumkin. Tadbirkorlik faoliyati sub‘ektlari birlashmalarining a‘zosi bo‘lgan tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatining soliq tekshiruvlari tadbirkorlik faoliyati sub‘ektlari so‘roviga ko‘ra mazkur birlashmalar vakillarining ishtirokida amalga oshirilishi mumkin. 152 Tadbirkorlik sub‘ektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organning tekshiruvni o‘tkazishga bo‘lgan roziligi jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilishi faktlari to‘g‘risidagi murojaatlari asosida o‘tkaziladigan tekshirish yoki tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyati tavakkalchiligini tahlil etish natijalarining yakunlari bo‘yicha davlat soliq xizmati organlari tashabbusiga ko‘ra tekshirishni o‘tkazish uchun asos bo‘ladi, ushbu rozilikda tekshiriladigan ob‘ektning nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, tekshiruvning maqsadlari, o‘tkazilish muddatlari va tekshiruvni asoslovchi sabablar ko‘rsatiladi. Tadbirkorlik sub‘ektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organni xabardor etish tartibida tekshiruvni o‘tkazish uchun davlat soliq xizmati organining tekshiruvni o‘tkazish maqsadlari, muddatlari va tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi ko‟rsatilgan buyrug‟i asos bo‘ladi. Tugatilayotgan yuridik shaxsni va faoliyati tugatilayotganda yagona soliq to‘lovini to‘lovchi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorni soliq tekshiruvidan o‘tkazish uchun: tugatuvchining yoki yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organning yuridik shaxs tugatilayotganligi va yagona soliq to‘lovini to‘lovchi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati tugatilayotganligi to‘g‘risidagi yozma bildirishi; davlat soliq xizmati organining tekshiruvni o‘tkazish maqsadlari, muddatlari va tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tarkibi ko‘rsatilgan buyrug‘i asos bo‘ladi. Tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatining soliq tekshiruvini o‘tkazish muddati o‟ttiz Download 4.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling