155
Davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi soliq tekshiruvini o‘tkazishni
boshlashdan oldin, naqd pul tushumlariga taalluqli
masalalar yuzasidan qisqa
muddatli tekshiruv o‘tkazilayotganda esa
soliq tekshiruvi tugallanguniga qadar:
soliq to‘lovchini soliq tekshiruvining maqsadi bilan tanishtirishi;
o‘z xizmat guvohnomasini, shuningdek tekshirishlarni o‘tkazishga
ruxsat
berilganligi to‘g‘risidagi maxsus guvohnomasini ko‘rsatishi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishlarni ro‘yxatga olish
kitobini to‘ldirishi;
soliq to‘lovchiga xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar
faoliyatini tekshirishlarni
amalga oshirishning muvofiqlashtirish rejasidan ko‘chirma nusxasini yoki nazorat
qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organning
rejadan tashqari soliq tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori ko‘chirma nusxasini,
shuningdek davlat soliq xizmati organining tegishli soliq tekshiruvi tayinlanganligi
to‘g‘risidagi buyrug‘ining hamda soliq tekshiruvini o‘tkazish
dasturining
ko‘chirma nusxalarini topshirib, tilxat olishi shart.Tekshirish
hujjatlar soliq
to‘lovchiga topshirilgan payt soliq tekshiruvini o‘tkazish boshlangan payt deb
hisoblanadi. Soliq to‘lovchining mazkur hujjatlarni olishdan bosh tortganligi soliq
tekshiruvini bekor qilish uchun asos bo‘lmaydi. Soliq to‘lovchi mazkur hujjatlarni
olishdan
bosh tortgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxsi
tomonidan uning o‘zi va soliq to‘lovchi imzolaydigan dalolatnoma tuziladi. Soliq
to‘lovchi ushbu dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda,
bu haqda
dalolatnomaga tegishli yozuv kiritiladi. Bunday holda dalolatnoma imzolangan
payt soliq tekshiruvini o‘tkazishning boshlanishi hisoblanadi.
Soliq to‘lovchi davlat soliq xizmati organining
soliq tekshiruvini
o‘tkazayotgan mansabdor shaxslarini soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun hududga
va joylarga qo‘yishi shartyu.Soliq to‘lovchi davlat
soliq xizmati organining
mansabdor shaxslarini quyidagi hollarda soliq tekshiruvini o‘tkazish
uchun
Do'stlaringiz bilan baham: