Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»


Download 4.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/141
Sana21.11.2023
Hajmi4.14 Mb.
#1792655
TuriУчебное пособие
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   141
Bog'liq
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA

hollarda murojaat qilishga haqli:
soliq tekshiruvini o‘tkazishga soliq to‘lovchi tomonidan to‘sqinlik 
qilinganda yoki daromadlar olish uchun foydalanilayotgan yoxud soliq solish 
ob‘ektini saqlash bilan bog‘liq hududlarni, binolarni, shu jumladan, joylarni 
ko‘zdan kechirish uchun davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslarini 
kiritish soliq to‘lovchi tomonidan rad etilganda;
soliq to‘lovchi qayd etilgan manzilda bo‘lmaganda;
soliq to‘lovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot, 
kameral nazorat natijalari bo‘yicha tafovutlarning asoslari yoxud aniqlashtirilgan 
soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmaganda.
Davlat soliq xizmati organi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya 
qilishni kirim hujjatlarini rasmiylashtirmasdan amalga oshiruvchi xo‘jalik 
yurituvchi sub‘ektlarning bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarini besh bank 
kunigacha bo‘lgan muddatga vaqtincha to‘xtatib turishga haqli.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) kirim hujjatlarini rasmiylashtirmasdan 
realizatsiya qilish deb quyidagilar e‘tirof etiladi:
kameral nazorat jarayonida aniqlangan, kirim qilingan va realizatsiya qilingan 
(sarflangan) tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmlarining mos emasligi, xuddi 
shuningdek bank operatsiyalarining xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar faoliyatining 
xususiyati va turiga mos emasligi;
soliq tekshiruvi jarayonida aniqlangan, tovarlar (ishlar, xizmatlar) kirim 
qilinganligi fakti to‘g‘risida dalolat beruvchi hujjatlarning mavjud emasligi, 


160
almashtirib qo‘yilganligi, qalbakilashtirilganligi yoki yo‘q qilinganligi, realizatsiya 
qilinmagan tovarlar sifatida hisobga olingan tovarlarning omborda yoki 
realizatsiya qilish joyida mavjud emasligi;
xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) kirim 
hujjatlarini rasmiylashtirmasdan realizatsiya qilayotganligi hollarini tasdiqlovchi 
hujjatlarning jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan davlat soliq xizmati 
organlariga taqdim etilishi.
Zarur hollarda, soliq tekshiruvlarini o‘tkazishda ishtirok etish uchun ekspert 
jalb etilishi va ekspertiza tayinlanishi mumkin.
Ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi qaror tekshiruv o‘tkazayotgan mansabdor 
shaxsning iltimosnomasi asosida davlat soliq xizmati organining rahbari 
tomonidan qabul qilinadi. Qarorda ekspertizani tayinlash uchun asoslar, ekspertiza 
o‘tkazishi kerak bo‘lgan tashkilotning nomi yoki ekspertning familiyasi, ismi, 
otasining ismi, ekspert oldiga qo‘yilgan masalalar va ekspert ixtiyoriga beriladigan 
materiallar ko‘rsatiladi.
Shaxsni ekspert sifatida jalb etish davlat soliq xizmati organi va ekspert 
o‘rtasida ekspertiza o‘tkazish to‘g‘risida shartnoma tuzish asosida amalga 
oshiriladi.
Ekspert ekspertiza predmetiga taalluqli soliq tekshiruvi materiallari bilan 
tanishishga, o‘ziga qo‘shimcha materiallar taqdim etilishi to‘g‘risida 
iltimosnomalar berishga haqli.
Ekspert, agar unga berilgan materiallar etarli bo‘lmasa, xulosa berishni rad 
etishi mumkin.
Ekspert xulosani o‘z nomidan yozma shaklda beradi. Ekspert xulosasida 
uning o‘zi o‘tkazgan tekshirishlar, shu tekshirishlar natijasida qilingan xulosalar 
hamda o‘rtaga qo‘yilgan masalalarga asoslantirilgan javoblar bayon etiladi.
Ekspertning xulosasi yoki uning xulosa berish imkoniyati yo‘qligi 
to‘g‘risidagi xabari tekshirilayotgan shaxsga taqdim etiladi, mazkur shaxs o‘z 
tushuntirishlarini berish va e‘tirozlar bildirish, shuningdek ekspertning oldiga 


161
qo‘shimcha masalalar qo‘yish va qo‘shimcha yoki takroriy ekspertiza tayinlashni 
so‘rash huquqiga ega.
Zarur hollarda soliq tekshiruvida ishtirok etish uchun tarjimon jalb etilishi 
mumkin.
Ishning natijasidan manfaatdor bo‘lmagan, tarjima qilish uchun zarur 
darajada til biladigan yoxud kar yoki soqov jismoniy shaxsning imo-ishoralarini 
tushunadigan shaxs tarjimondir.Tarjimon uni tarjimonlikka tayinlagan davlat soliq 
xizmati organi mansabdor shaxsining chaqiruviga binoan hozir bo‘lishi va o‘ziga 
topshirilgan tarjimani aniq bajarishi shart.Tarjimonni jalb etish davlat soliq xizmati 
organi va tarjimon o‘rtasida shartnoma tuzish asosida amalga oshiriladi.
Soliq tekshiruvining natijasidan manfaatdor bo‘lmagan har qanday voyaga 
etgan jismoniy shaxslar xolislar sifatida jalb etilishi mumkin.Davlat soliq xizmati 
organlari 
xodimlarining 
xolislar 
sifatida 

Download 4.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling