Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»


Download 4.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/141
Sana21.11.2023
Hajmi4.14 Mb.
#1792655
TuriУчебное пособие
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   141
Bog'liq
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA

man etiladi.
Davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi hujjatlar va predmetlarni 
olib qo‘yish boshlanguniga qadar olib qo‘yish amalga oshirilayotgan shaxsga 
hujjatlarni va predmetlarni olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorni taqdim etadi hamda 
ishtirok etayotgan shaxslarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi.
Davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi hujjatlari va predmetlari olib 
qo‘yilayotgan shaxsga ularni ixtiyoriy ravishda topshirishni taklif etadi, u bosh 
tortgan taqdirda esa majburan olib qo‘yish choralarini ko‘radi.
Hujjatlarni va predmetlarni olib qo‘yish soliq to‘lovchi ishtirokida amalga 
oshiriladi.


158
Hujjatlarni va predmetlarni majburan olib qo‘yish xolislar hamda soliq 
to‘lovchi ishtirokida amalga oshiriladi. Bunda olib qo‘yilayotgan barcha hujjatlar 
va predmetlar xolislarga hamda olib qo‘yishda ishtirok etayotgan boshqa 
shaxslarga ko‘rsatiladi.
Hujjatlar asl nusxa yoki soliq to‘lovchining imzosi va muhri bilan (muhr 
mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlangan ko‘chirma nusxalar ko‘rinishida olib 
qo‘yiladi.
Soliq to‘lovchi hujjatlari ko‘chirma nusxalarining olib qo‘yilishi soliq 
nazoratini amalga oshirish uchun etarli bo‘lmagan hollarda hamda davlat soliq 
xizmati organlarida hujjatlarning asl nusxalari yo‘q qilinishi, yashirilishi, 
tuzatilishi yoki almashtirilishiga etarli asoslar bo‘lgan hollarda davlat soliq xizmati 
organining mansabdor shaxsi hujjatlarning asl nusxasini olib qo‘yishga haqli. 
Hujjatlarning asl nusxalari olib qo‘yilayotganda ulardan ko‘chirma nusxalar 
tayyorlanadi, bu nusxalar davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi 
tomonidan imzolanadi va kimdan olib qo‘yilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsga beriladi. 
Hujjatlarni olib qo‘yish bilan bir vaqtning o‘zida ulardan ko‘chirma nusxa 
tayyorlash yoki tayyorlangan ko‘chirma nusxalarni berish imkoniyati bo‘lmagan 
taqdirda, davlat soliq xizmati organi ularni hujjatlari olib qo‘yilgan shaxsga olib 
qo‘yilgan kundan e‟tiboran besh kun ichida beradi. Qolgan hollarda soliq 
to‘lovchining imzosi va muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlangan 
hujjatlarning ko‘chirma nusxalari olib qo‘yiladi.
Hujjatlar va predmetlarni olib qo‘yish bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. 
Bayonnomada yoki unga ilova qilinadigan ro‘yxatlarda hujjatlar va predmetlarning 
nomi, miqdori hamda alohida belgilari, imkoni bo‘lganda esa predmetlarning 
qiymati ko‘rsatilgan holda sanab o‘tilishi va tavsiflanishi lozim.
Hujjatlar va predmetlarni olib qo‘yish to‘g‘risidagi bayonnoma ikki nusxada 
tuziladi, ulardan biri hujjatlar va predmetlar kimdan olib qo‘yilgan bo‘lsa, o‘sha 
shaxsga topshirilib, tilxat olinadi. Bayonnomani qabul qilishdan bosh tortilgan 
taqdirda, davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi bu haqda bayonnomaga 
tegishli yozuv kiritadi. Bunday holda bayonnomaning bir nusxasi hujjatlari va 


159
predmetlari olib qo‘yilgan shaxsga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi 
hamda u jo‘natilgan kundan e‘tiboran uch kun o‘tganidan so‘ng topshirilgan 
hisoblanadi.
Soliq to‘lovchining banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni 
to‘xtatib turish faqat sud qarori asosida amalga oshiriladi, jinoiy faoliyatdan 
olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish aniqlanganda.
Davlat soliq xizmati organi soliq to‘lovchining banklardagi hisobvaraqlari 
bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga quyidagi 

Download 4.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling