Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»
Soliqqa oid huquqbuzarliklarning turlari hamda ularni sodir etganlik
Download 4.14 Mb. Pdf ko'rish
|
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA
2.Soliqqa oid huquqbuzarliklarning turlari hamda ularni sodir etganlik
uchun javobgarlik. Soliq to‘lovchining, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentining, bundan bir vaqtning o‘zida davlat soliq xizmati organlarida va davlat statistikasi organlarida hisobga qo‘yilgan holda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan soliq to‘lovchilar mustasno, davlat soliq xizmati organlarida hisobga turishdan bo‘yin tovlashi quyidagi miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi: agar faoliyat ko‘pi bilan o‘ttiz kun amalga oshirilgan bo‘lsa, — eng kam ish haqining ellik baravari miqdorida, biroq bunday faoliyat natijasida olingan sof tushumning o‘n foizidan kam bo‘lmagan miqdorda; 203 agar faoliyat o‘ttiz kundan ortiq amalga oshirilgan bo‘lsa, — eng kam ish haqining yuz baravari miqdorida, biroq bunday faoliyat natijasida olingan sof tushumning ellik foizidan kam bo‘lmagan miqdorda. Soliq to‘lovchining, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentining davlat soliq xizmati organida ob‘ektlar bo‘yicha hisobga turishdan bo‘yin tovlashi quyidagi miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi: agar hisobga turish bo‘yicha belgilangan muddatdan ko‘pi bilan o‘ttiz kun o‘tgan bo‘lsa, — eng kam ish haqining ellik baravari miqdorida; agar hisobga turish bo‘yicha belgilangan muddatdan o‘ttiz kundan ortiq o‘tgan bo‘lsa, — eng kam ish haqining yuz baravari miqdorida. Kirim qilinmagan tovarlarni saqlash, bundan ularning qonuniy kelib chiqishi tasdiqlangan hollar mustasno, — kirim qilinmagan tovar qiymatining 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Kirim qilinmagan tovarlar qo‘zg‘atilgan ma‘muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yoki jinoyat ishi doirasida davlat daromadiga o‘tkazilgan taqdirda, 114 moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan sanktsiya qo‘llanilmaydi. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumni yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) — tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushum yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) summasining 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumning yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) summasiga qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash amalga oshiriladi. 114-moddani qo‘llash maqsadida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumni yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) deb quyidagilar e‘tirof etiladi: 204 tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilinganligi fakti hujjat bilan tasdiqlanganda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushum summasining hisobga olish registrlarida aks ettirilmaganligi; tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilinganligi fakti to‘g‘risida dalolat beruvchi hujjatlar almashtirilganligi, soxtalashtirilganligi yoki yo‘q qilinganligi; hisobda realizatsiya qilinmagan deb ko‘rsatilgan tovarlarning omborda yoki realizatsiya qilish joyida mavjud emasligi. Foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa ob‘ektlarning hisobini olib bormaslik yoxud bunday hisobni belgilangan tartibni buzgan holda olib borish, basharti bu harakatlar to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqning yoki boshqa majburiy to‘lovlarning summasini kamaytirishga olib kelsa, shuningdek byudjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlarni, boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish va to‘lash uchun zarur bo‘lgan soliq hisobotlarini, hisob-kitoblarini hamda boshqa hujjatlarni, debitorlar bilan o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomalarini yoxud to‘lov muddati o‘tgan debitorlik qarzi mavjud emasligi to‘g‘risidagi yozma bildirishni taqdim etmaslik, o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoki belgilanmagan shaklda taqdim etish, xuddi shuningdek kameral nazorat natijalari bo‘yicha aniqlangan tafovutlarning asoslarini yoxud aniqlashtirilgan soliq hisobotini belgilangan muddatda taqdim etmaslik, — eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma‘muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — eng kam ish haqining uch baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Kassa operatsiyalarini yuritish tartibi va to‘lov intizomini buzish, shu jumladan, qarzdor korxonalardan to‘lovlarni undirish bo‘yicha soliq organlarining inkassa topshiriqlarini bajarmaslik, shuningdek debitorlik va kreditorlik qarzi muddatlarini o‘tkazib yuborish hamda korxonalarning hisobvaraqlarida tegishli 205 mablag‘lar bo‘lgan holda to‘lovlarni amalga oshirishning belgilangan muddatlarini buzish, shuningdek pul mablag‘larini hisobdan chiqarish navbatini buzish — mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Soliq organlarida ro‘yxatga olinganligini tasdiqlovchi ma‘lumotnomasiz korxonalar va tashkilotlarga hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlarini ochish — mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzi bo‘lgan korxonalarga o‘z vaqtida inkassa topshiriqnomasini taqdim etmaslik, — mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Soliq to‘lovchi tomonidan byudjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatayotgan bankka taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik, — eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. MJTKning 175-moddasi oltinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma‘muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, — eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish tartibini buzish — mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma‘muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 206 Litsenziya olinishi yoki boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar olinishi shart bo‘lgan faoliyat bilan litsenziyasiz yoki boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shug‘ullanish — fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish ma‘muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, — fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i solinmaydigan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishda, shuningdek qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lmagan mahsulot etkazib beruvchilar tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobvaraq-fakturada aks ettirganlik— mahsulot etkazib beruvchilarga hisobvaraq-fakturada ko‘rsatilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasining 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Bunda mahsulot etkazib beruvchi hisobvaraq-fakturada ko‘rsatilgan soliq summasini byudjetga to‘lashi shart. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib oluvchilarga nisbatan jarima solish qo‘llanilmaydi va ular qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha byudjet bilan qayta hisob-kitob qilmaydi. Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini va (yoki) to‘lovlarni plastik kartochkalar asosida qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminallarini ishlatish majburiy bo‘lgani holda ularni ishlatmasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xuddi shuningdek sotib oluvchiga kvitantsiyalar yozib berish, talonlar, cheklar yoki ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni berish majburiy bo‘lgani holda bunday hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik — 207 eng kam ish haqining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. SK 119-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar jarima qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida sodir etilganda — eng kam ish haqining etmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Texnik talablarga javob bermaydigan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanganlik yoki fiskal xotirasining xizmat ko‘rsatish dasturi buzilgan nazorat- kassa mashinalaridan foydalanganlik, shuningdek plastik kartochkalar asosida to‘lovlarni qabul qilishni rad etganlik— eng kam ish haqining yuz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. SK 119-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar jarima qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida sodir etilganda — eng kam ish haqining ikki yuz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash muddatlarini buzish — to‘lovning belgilangan muddatidan keyingi kundan e‘tiboran muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun, to‘lov kuni ham shunga kiradi, 0,045 foiz miqdorida penya hisoblashga sabab bo‘ladi, agar penyani hisoblash soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshirilsa, — 0,06 foiz miqdorida penya hisoblashga sabab bo‘ladi. Bunda boshqa soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha ortiqcha to‘langan summaga teng bo‘lgan qarz summasiga penya hisoblanmaydi. Penya miqdori tegishli soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarz summasidan oshib ketishi mumkin emas. Penya undirilishi soliq to‘lovchini soliq majburiyatlarini bajarishdan ozod qilmaydi. Yuridik shaxs — tadbirkorlik sub‘ekti ixtiyoriy tugatilgan taqdirda, yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan e‘tiboran barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha penyalar hisoblash 208 to‘xtatiladi. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili to‘xtatilgan va faoliyat qayta boshlangan taqdirda, penya belgilangan tartibda qo‘shib hisoblanadi hamda hisoblashlar to‘xtatib turilgan butun davr uchun undiriladi. Er uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud er uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanish er solig‘ining summasiga ekvivalent miqdorda: yuridik shaxslarga — to‘rt baravari miqdorida; jismoniy shaxslarga — uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Download 4.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling