Учебное пособие по курсу «Основы менеджмента». Гулистан, 2006. 170 с. Учебное пособие подготовлено на основании программы курса «Основы менеджмента»
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar
Download 1.79 Mb.
|
portal.guldu.uz-MENEJMENТ ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1- savol bayoni
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: umumiy funktsiyalar, rejalashtirish, motivatsiya, nazorat, Maslou nazariyasi, strategiya, missiya, vakolat, chiziqli vakolat, shtabli vakolat, Man Klelland nazariyasi.
Mavzuda ko`rib chiqiladigan muammolar: 1. Boshqaruv faoliyatining xususiyatlari va uni rahbarlik san’atiga ta’siri. 2. Boshqaruv tizimining bosqichlari va ularni boshqaruv hajmi, maxsus mehnat taqsimoti bilan o`zaro munosabati. Hozirgi tashkilot rahbarining tadbirkor-menejerligi va tez o`zgaruvchan iqtisodiy muhitga moslashishi. Boshqaruv funktsiyalarining o`zaro bog`liqligi. Strategik rejalashtirish bosqichlari va uni korxona faoliyatiga ta’siri. Тashkilotda vakolat va vazifani belgilash hamda samarali uzatish orqali ma’suliyatni oshirish. Ish haqi hajmini mehnat natijalariga bog`liqligi. Nazorat turlari orqali menejmentda teskari aloqalarni ta’minlash darajasi. 1-savol bo`yicha dars maqsadi: Тalabalarni boshqaruv faoliyati va uni amal qilish mexanizmi bilan tanishtirish Identiv o`quv maqsadlari: 1. Boshqaruv faoliyatini boshqa faoliyatdan farqlay oladi. 2. Boshqaruv faoliyatining xususiyatlarini aytib bera oladi. 1-savol bayoni: Boshqaruv faoliyati boshqa faoliyat turlaridan tubdan farq qiladi. Chunki, rahbar o`z faoliyatini amalga oshirish jarayonida kundalik amaliyotida juda turli, bir-biriga o`xshamagan harakatlar bilan to`qnash keladi. Minsberg xulosa qilishicha, rahbarning faoliyati boshqa faoliyat turlari kabi doimiylikka ega emas, u har xilligi, tezkorlikni talab etib turishi, vaqti-vaqti bilan boshqa tur faoliyat bilan to`qnash kelishi bilan ajralib turadi. G.Gestni izlanishlariga ko`ra, har bir rahbarning rahbarlik faoliyati kuniga o`rtacha 583 ta turli boshqaruv operatsiyalaridan iborat. Boshqaruv faoliyatining yana bir xususiyati shundaki, unda ko`pchilik harakatlar, qarorlar, hozirni o`zida hal qilinishni talab etadi. Demak, rahbar o`z faoliyati va xodimlariga juda talabchan, vaziyatni to`g`ri tushunishi va baholashi, maxsus bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishi lozim. Bundan tashqari, bu harakatlarning barchasi sovuqqonlik bilan, emotsiyalarga berilmagan holda bajarilishi zarur. Minsberg fikriga ko`ra, menejerlar tashkilotda o`ziga xos lavozimlarga ega bo`lib, har xil bo`linmalarning rahbarlari sifatida, shu lavozim taqozo etadigan xizmat xulqiga ham ega bo`lishi kerak. Bu ma’noda boshqaruvda, aynan, o`z lavozimi taqozo etib turgan xulqni amalga oshirgani holda, o`zligini saqlab qolish hamda bu ishni o`ziga xos tarzda bajara olish- bu haqiqiy san’atdir. Minsbergning fikricha, hamma rahbarlarga kishilar orasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirish, axborotni qayta ishlash va uzatish, qarorlar qabul qilish bilan bog`liq bo`lgan rollar mansub. qarorlar qabul qilish bilan bog`liq bo`lgan sub’ekt sifatida rahbar-tadbirkor kamchiliklar va nuqsonlarni bartaraf etuvchi, resurslarni taqsimlovchi va munozaralar olib boruvchi rollarni bajaradi. Ushbu rollar bir-biridan alohida emas, balki o`zaro bir-biri bilan bog`liq, bir butunlikni yaratish yo`lida o`zaro birgalikda bajariladi. Ushbu rollar menejer ishining hajmini va mazmunini aniqlaydi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling