Учебное пособие по курсу «Основы менеджмента». Гулистан, 2006. 170 с. Учебное пособие подготовлено на основании программы курса «Основы менеджмента»


-Mavzu: Qarorlar qabul qilishning modellari va usullari


Download 1.79 Mb.
bet49/77
Sana07.03.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1247983
TuriУчебное пособие
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   77
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENТ ASOSLARI

11-Mavzu: Qarorlar qabul qilishning modellari va usullari.


Asosiy savollar.

  1. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishning xususiyatlari.

  2. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishning modellari va usullari. Modellashtirishning ahamiyati.

Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: modellashtirish, model, o`yin nazariyasi, iqtisodiy tahlil usuli, to`lov matritsasi.
Mavzuga oid asosiy muammolar:
1. Ilmiy usulllar orqali qarorlarni ratsionallashtirish asosida murakkab vaziyatlardan chiqish jarayoni.
2. Qaror qabul qilish modellari va ularni boshqaruv samaradorligiga ta’siri.

  1. Modellashtirish harakatlari va daromadlarining o`zaro bog`liqligi.

1-savol bo`yicha dars maqsadi:
1. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishning xususiyatlarini tushuntirib berish.
2. Ilmiy usul mohiyatini ochib berish.
Identiv o`quv maqsadi:
1.1. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonini izohlay oladi.
1.2. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish xususiyatini tavsiflay oladi.
1-savol bayoni:

Boshqaruv fani tashkilotlarning samaradorligini oshirish maqsadida o`ta murakab vaziyatlarda ob’ektiv qarorlar qabul qilishi uchun modellar va miqdoriy usullardan foydalanadi. Boshqaruv fanining salohiyati boshqaruvni ilmiy asoslar bilan ta’minlab, qabul qilinayotgan qarorlarni ratsionallashtirishdan iboratdir. Boshqaruv fanining yondashuv sifatidagi farqli xususiyatlari:


-ilmiy usulni qo`llanilishi;
-sistemali yo`nalishga egaligi;
-modellarni qo`llashda o`z ifodasini topadi.
Ilmiy asos, ilmiy usullarni qo`llash uch bosqichdan iborat:
-kuzatish bosqichidan, ya’ni muammo va vaziyat yuzasidan axborotlar, ma’lumotlarni ob’ektiv tarzda to`plash va tahlil qilish;
-gipotezani shakllantirish va tavsiflash bosqichi.
Gipoteza berish yo`li bilan tadqiqotchi alternativalarni, ya’ni harakatlar, tadbirlar va variantlarni yuzaga chiqarib, ularni vaziyatga ko`rsatadigan oqibatlarini belgilaydi, shuningdek, shu kuzatishlarga asoslanib istiqbolni belgilaydi. Bu tadbirdan maqsad - muammo komponentlari orasidagi o`zaro bog`liqlikni o`rnatishdir;
-ishontirish (verifikatsiya) bosqichi, ushbu bosqichda gipotezani haqqoniyligi, uning haqiqatga yaqinligi tasdiqlanadi. Тadqiqotchi qabul qilingan qarorning natijalarini kuzatish yo`li bilan gipotezani tekshirib oladi.
Ilmiy usuldan boshqaruv muammolarini hal qilishda foydalanishda shuni yodda tutish lozimki, tashkilot ochiq tizim va u bir qator o`zaro bog`liq qismlardan iborat. Demak, bu borada ilmiy usulning yana bir jihati sistemali yo`nalish olish ahamiyatlidir. Ilmiy usulning uchinchi jihati-modellarni qo`llashdir.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling