Nazorat savollari:
Modellashtirish qanaqa vaziyatlarda zarur bo`ladi?
Model turlarini izohlab bering.
O`yin nazariyasi mohiyati nimadan iborat?
Qarorlar qabul qilishning qanaqa usullarini bilasiz?
Modellashtirishda qachon yuqori samaraga erishish mumkin?
Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqari:
1.Modellar va modellashtirishdan foydalanish zaruriyatini o`rganib, izohlang. 1. (225-233 b).
2.Qarorlar qabul qilish metodikasiga oid jadval va chizmalar chizib, izohlang. 1. (237-242 b).
Mavzu bo`yicha asosiy xulosalar:
1.Boshqaruv fani tashkilotlarning samaradorligini oshirish maqsadida o`ta murakkab vaziyatlarda ob’ektiv qarorlar qabul qilishi uchun modellar va miqdoriy usullardan foydalanadi.
2.Ilmiy asos, ilmiy usullarni qo`llash uch bosqichdan iborat:
-kuzatish bosqichi, ya’ni muammo va vaziyat yuzasidan axborotlar, ma’lumotlarni ob’ektiv tarzda to`plash va tahlil qilish;
-gipotezani shakllantirish va tavsiflash bosqichi.
3.Modellashtirish–muammolar va vaziyatning murakkabligidan hamda real hayotda eksperimentlar o`tkazish qiyinligidan kelib chiqadi.
4. Modellashtirishning zarurati uchta vaziyatdan kelib chiqadi: ko`pchilik tashkiliy vaziyatlarning o`ta murakkabligi; haqiqiy hayotda eksperimentlar o`tkazish imkoniyati yo`qligi; hamda rahbariyatning kelajakka intilishidan.
5.Model-ob’ekt yoki g`oyaning, butunlikning o`zidan farqli tarzda boshqacha shaklda ifoda etilishidir. Modellarning quyidagi asosiy turlari mavjud: jismoniy, analog va matematik modellar.
Mavzuga oid adabiyotlar:
1. Zaynutdinov Sh.N va boshq. Menejment asoslari-Т.: Moliya, 2001. 102-109 b.
2. Meskon M.Х, Albert M. Osnovo` menedjmenta-M.: Delo, 1997. 219-252 s.
3. G`ulomov S.S. Menejment asoslari-Т.: Sharq, 2002. 183-192 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |