Учебное пособие по курсу «Основы менеджмента». Гулистан, 2006. 170 с. Учебное пособие подготовлено на основании программы курса «Основы менеджмента»


Download 1.79 Mb.
bet59/77
Sana07.03.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1247983
TuriУчебное пособие
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   77
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENТ ASOSLARI

Nazorat savollari:

    1. Marketing alohida faoliyat yo`nalishi sifatida qachon paydo bo`lgan va unda asosiy rol o`ynagan omillarni ko`rsating ?

    2. Marketing iqtisodiy kategoriya sifatida nimani anglatadi.

    3. Marketingni boshqarish nimani anglatadi ?

    4. Marketingni asosiy yondashuvlarini izohlang.



2-savol bo`yicha dars maqsadi:
2.1. Marketingni boshqarish boschqichlarini yoritib berish.
2.2.Marketing imkoniyatlarini firma maqsadlariga va resurslariga mos bo`lishini tushuntirish.
Identiv o`quv maqsadlari:

    1. Marketingni boshqarish bosqichlarini bayon qila oladi.

    2. Marketingni boshqarish bosqichlari xususiyatlarini izohlay oladi.



2-savol bayoni:

Marketing-bu faqat, bozor, reklama yoki sotuvchilar shtatining faoliyati emas, balki ochilgan bozor imkoniyatlaridan eng foydalisini qo`llashga moslashish borasidagi har tomonlama jarayondir. Marketingni boshqarish jarayoni bir necha bosqichlardan iborat. Bunda har bosqich doirasida bajariladigan vazifalari mavjud:


1. Bozor imkoniyatlarining tahlili: bunda quyidagi ishlar qilinishi lozim:
-marketing tadqiqotlari va marketing ma’lumotlarini to`plash tizimi;
-marketing muhitini tahlili;
-individual ist’emolchilarning bozorlarini o`rganish;
-korxona bozorlarini o`rganish.
2. Maqsadli bozorlarni tanlash: bunda,
-talab hajmini o`lchash;
-bozorni segmentlashtirish;
-maqsadli segmentlarni tanlash;
-tovarni bozorda targ`ib qilish(pozitsiyalash) va uni bozorga surish.
3. Marketing tadbirlari kompleksini ishlab chiqish: bunda,
-tovarlarni ishlab chiqish;
-tovarlarga narx belgilash;
-tovarlarni tarqatish usullari aniqlanadi.
4.Marketing tadbirlarini amalga oshirish, ularning doirasini kengaytirish.
Тashkilotlar vaqti-vaqti bilan yoki doimiy tarzda yangi marketing imkoniyatlarini izlaydilar. Yangi bozorlarni yuzaga chiqarish va o`zlashtirishda shakllangan rasmiy usul va qoidalardan foydalanadilar. Masalan, buning bir usuli tovarlarni va bozorni rivojlanish setkasi (turi)ni tuzib borish.
Bozor imkoniyatlarini tahlili juda ko`p ma’lumot yig`ishni taqozo etadi. U nafaqat hozirda qo`l keladigan imkoniyatlarni, balki kelajakda ham qo`l kelib qolishi mumkin bo`lgan imkoniyatlarni hisobga olishi shart. Marketing imkoniyatlari ham firma maqsadlariga, ham uning resurslariga mos ravishda bo`lishi kerak.
Maqsadli bozorlarni tanlashda o`z imkoniyatlaridan kelib chiqib, hamma bozor sengmentlariga yopishmaslik, eng kerakli ehtiyojlari o`rganilgan, tanish bo`lgan bozorlardan boshlash va asta-sekin uni qamrab olishni maqsad qilish zarur. Segmentlarga bo`lish har xil belgilarga ko`ra amalga oshiriladi (demografik, territorial, yosh jihatidan, qiziqishlar va h.), lekin asosan marketingning bir xil turtki beruvchi stimullariga bir xil harakat bilan javob beradigan ist’emolchilar guruhlarini birlashtiradi. Segmentlashtirish shart, chunki bozorni segmentlarga bo`lmasdan turib ehtiyoj va qiziqishlarini qamrab olish u yoqda tursin, o`rganib ham bo`lmaydi. Bundan so`ng bozorga chiqishni rejalashtirish va o`z hissasini qo`lga kiritishni rejalashtirib olish zarur. Bozorda mahsulotni pozitsiyalash, uni bozorga ilgari surish, targ`ib qilish- bir qator o`zaro bog`liq tadbirlardan iborat bo`lib, mahsulotni nafaqat yaxshi tomonlarini, balki salbiy jihatlarini ham oshkor qilishni talab etadi. Iste’molchilar fikrini o`rganish asosida tovarning yoqmaydigan tomonlari ustida ishni doimiy davom ettirish, uning umrini uzaytirish demakdir.
Marketing tadbirlari kompleksini ishlab chiqish avvalgi tajribani o`rganish, vaziyatni chuqur tahlil qilish, o`zi yuzaga keltirmoqchi bo`lgan aks reaksiyani oldindan bilgan holda ish tutishni taqozo etadi. Yanada ta’sirchan tadbirlar va muolajalar ustida tinimsiz izlanish olib borish kerak (masalan, sotib olguncha sinab ko`rish muddatini berish, kafolatli ta’mirlash..); bu tadbirlarni qo`llanishiga sharoit yaratish; firma o`z dastxatiga ega bo`lishi; mijozlari doirasini kengaytirish kabi tadbirlar tashkilot raqobatbardoshligi va uzoq umr ko`rishi garovidir.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling