Учебное пособие по курсу «Основы менеджмента». Гулистан, 2006. 170 с. Учебное пособие подготовлено на основании программы курса «Основы менеджмента»


Download 1.79 Mb.
bet61/77
Sana07.03.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1247983
TuriУчебное пособие
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   77
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENТ ASOSLARI

Mavzuga oid adabiyotlar:
1. Gerchikova I.N. Menedjment-M.: YuNIТI, 2001. 158-176 str.
2. Zaynutdinov Sh. Menejment asoslari-Т.: O`qituvchi, 1998. 50-60, 65-71 betlar.
3. Qosimov G`.M. Menejment-Т.: O`zbekiston, 2002. 300-306 b.
15-mavzu:. O`zgarishlar, ziddiyatlarni to`g`ri izga solish va bartaraf etish.


Asosiy savollar:
1. Rahbar tashkilotda ijtimoiy-ruhiy iqlimni yaratuvchi shaxs sifatida.
2. Nizo(konflikt)larning tabiati, sabablari va ularni bartaraf etish usullari.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: o`zgarishlar, ziddiyat, nizo, ijtimoiy-ruhiy iqlim, ichki nizo, disFunktsional nizo, nizoni bartaraf etish usuli.
Mavzuga oid asosiy muammolar:
1. Тashkilotning iqtisodiy-ijtimoiy faoliyati va undagi ijtimoiy-ruhiy muhitni rahbariyatga bog`liqligi va rahbarning hislati.
2. Ijtimoiy-ruhiy iqlim va sog`lom vaziyatni yaratishda boshqaruvning turli xil usullarini kompleks qo`llash darajasi va o`zaro munosabatlarni demokratiyalashtirish.
3. Jamoa va shaxsiy manfaatlarni uyg`unlashtirish orqali nizolarni bartaraf etish jarayoni.
4. Nizolarning turlari va ularni korxonadagi boshqaruv tizimiga ta’siri va aks ta’sir usullarini ishlab chiqish.
5. Nizolarni barptaraf etish usullari va ularni yaxshilash yo`llarini tushuntirish.
1-savol bo`yicha o`qituvchi maqsadi:
1. Тashkilotdagi ijtimoiy-ruhiy iqlim va uni yaxshilash yo`llarini tushuntirish.
2. Тalabalarga tashkilotda rahbar o`rnini yoritish.
Identiv o`quv maqsadlari:
1.1. Тashkilotdagi ijtimoiy-ruhiy iqlimni izohlay oladi.
1.2. Rahbarning tashkilotda tutgan o`rnini ko`rsata oladi.


1-savol bayoni:

Mehnat jamoalarida ijtimoiy-ruhiy iqlimning holati nizolar soni bilan belgilanadi. Nizo-bu rahbar, ishchi va boshqa xodimlar orasida muayyan masalalarni hal qilishda tomonlarning bir-biri bilan bir yechimga kela olmaganligini bildiradi.


Jamoa a’zolari orasidagi nizolarning ko`pchiligi ishlab chiqarishning qoniqarsiz tashkil qilinganligi, rahbarlarning ish jarayonida o`ziga bo`ysunuvchi jamoa a’zolarining ruhiy holatlarini hisobga olmaganligi, zarur ish sharoitining yaratilmaganligi va boshqa sabablar natijasida vujudga keladi. Nizolar qanchalik ko`p bo`lsa, mehnat jamoalarida ijtimoiy-ruhiy iqlim shunchalik yomonlashadi. Mehnat jamoalarida ayrim nizo chiqarishga moyil shaxslar bo`lishi tabiiy. Bunday shaxslar ish paytida foydali mehnat bilan shug`ullanish o`rniga o`zlarining nizolarida ko`rsatilgan masalalar rahbar xodimlar tomonidan qanday qabul qilinayotgani to`g`risida fikr yuritib, o`zlari va boshqalarni ishdan chalg`itib, ishga halaqit beradilar. Bunday nosog`lom vaziyat jamoat a’zolari asabiga tegadi, ayrim ishchi xodimlar bundan vaqtincha manfaatdor bo`lib, ular g`iybatlar uyushtirib, vaziyatni keskinlashtirishga harakat qiladilar. Jamoadagi ijtimoiy-ruhiy holat yomonlashadi, bu esa o`z-o`zidan ishga salbiy ta’sir ko`rsatadi.
Ma’muriy buyruqbozlik boshqaruvi hukm surgan sharoitda ijtimoiy ruhiy iqlimga e’tibor ko`p qaratilmas edi. Ammo demokratiyalashuv, oshkoralik sharoitida bozor iqtisodiyotining sog`lom raqobat muhitida barcha eski ish uslublariga (ma’muriy buyruqbozlikka) chek qo`yiladi. hozirgi sharoitda rahbar faqat o`z sohasini yaxshi bilibgina qolmay, balki yaxshi tashkilotchi, ruhshunos (psixolog), tarbiyachi va ijtimoiy yetakchi bo`lmog`i lozim. Buning uchun har bir rahbar xodim sotsiologiya, psixologiya, pedagogika fanlarini chuqur o`zlashtirishi lozim. Buni hayotimizdagi jiddiy o`zgarishlar, inson omilining faollashuvi, jamoalarning o`z-o`zini boshqarishga bo`lgan intilishi taqozo qiladi. Jamoaga a’zo bo`lgan har bir shaxsning kalbiga rahbar yo`l topa olishi-uning faoliyati negizini tashkil etadi. Yapon menejerlaridan biri Matsusita ta’kidlaganidek, mehnat jamoasida nafaqat 250 kishi balki 25000 kishi ishlasada, rahbar har bir ishchisini “yuzidan“ bilishga, shaxsan tanishga intilishi zarur.
Kishi shaxsiyatiga yo`l topa bilish-mehnat jamoasi ichida vujudga keladigan har xil nizolarni jamoa ichida, yuqori pog`onaga chiqarmasdan turib hal qilish imkonini beradi. Jamoalarda sog`lom ruhiy iqlimni yaratish uchun rahbar har bir ishchi-xodimning shaxsiy fazilatlarini, yoshi va qobiliyatlarini inobatga olishi zarur. Shuningdek, ishchilar o`rtasidagi hamkorlik va o`zaro yordamni, bir-biri bilan chambarchas bog`laydigan ijtimoiy aloqa maromini, iqtisodiy musobaqani tashkil etishga, mehnat jamoalarida ish faoliyatini natijalarini ruyobga chiqarishda har bir ishchining ma’suliyat sezish tuyg`usini mustahkamlashga, yuqori unumli mehnatni ta’minlash, ijodiy g`ayrat bilan ishlash sharoitini yaratishga e’tibor berish zarur.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling