Nazorat savollari:
Marketingni boshqarish bosqichlarini izohlang.
Bozor imkoniyatlarini tahlili qanday amalga oshiriladi?
Maqsadli bozorlar qanday tanlanadi ?
Marketing bo`yicha qanaqangi tadbirlar ishlab chiqiladi?
Marketing tadbirlari qanday amalga oshiriladi ?
Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:
1.Marketingni paydo bo`lish shart-sharoitlari va omillarini aniqlab bering. 1. (158-164 b).
2. Marketing boshqaruvning maxsus funktsiyasi ekanligini izohlang. 1. (165-169 b). Mavzu bo`yicha asosiy xulosalar:
1.Marketing deganda, faqat bozor ma’nosi anglanmaydi, bu ancha keng tushuncha. Marketing deganda, buyurtmalar portfelini shakllantirish va ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish usullari (mahsulot sifatini ta’minlash maqsadida), tovarni targ`ib qilish va sotuvni ta’minlash,iste’molchilarning ehtiyojlarini doimiy o`rganib borish, boshqa raqib firmalarga nisbatan o`zini bozordagi o`rnini va raqobatbardosh faoliyat asoslarini ta’minlash borasidagi tadbir va muolajalar majmuasi ham tushuniladi.
2.Marketing deganda korxonani yangi mahsulot ishlab chiqarish, tovarlarni sotish, xizmatlar ko`rsatish, reklama faoliyatini amalga oshirish, narxlarni hosil bo`lish borasidagi bozor sharoitida ro`y berayotgan o`zgarish va jarayonlarni kompleks tarzda hisobga olishga asoslangan boshqaruv tamoyillari, usullari va vositalarning majmuasi tushuniladi.
3.Marketing-bu ayirbosh qilish orqali odamlarning (va tashkilotlarni) talab va ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan insoniy faoliyat turidir.
4.Marketingni boshqarish-tashkilotni ma’lum maqsadlariga erishishi yo`lida maqsadli xaridorlar o`rtasida o`zaro foydali ayirboshlash va uni o`rnatish, qo`llab turishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishni tahlil qilish, rejalashtirish, amalga oshirish va nazorat qilish demakdir.
5.Bozor-bu tovarning mavjud xaridorlari va potensial xaridorlarning majmuasidir.
6.Тashkilotlar o`z marketing faoliyatini olib borishida beshta asosiy yo`nalish, yondashuvga e’tibor beradi:
- ishlab chiqarishni takomillashtirib borish kontseptsiyasi;
- tovarni takomillashtirib borish kontseptsiyasi;
- tijorat harakatlarini jadallashtirib borish kontseptsiyasi;
- marketing kontseptsiyasi;
-(sotsial) ijtimoiy-etika marketing kontseptsiyasi.
7. Marketing imkoniyatlari ham firma maqsadlariga, ham uning resurslariga mos ravishda bo`lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |