Учебное пособие по курсу «Основы менеджмента». Гулистан, 2006. 170 с. Учебное пособие подготовлено на основании программы курса «Основы менеджмента»


-mavzu: Unumdorlik mezoni bo`yicha boshqaruv


Download 1.79 Mb.
bet55/77
Sana07.03.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1247983
TuriУчебное пособие
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   77
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENТ ASOSLARI

13-mavzu: Unumdorlik mezoni bo`yicha boshqaruv.


Asosiy savollar:
1. Mehnat unumdorligi- bozor iqtisodiyotining mezoni sifatida.
2. Operatsion tizim va uning mohiyati.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: mehnat unumdorligi, ishchi kuchi, operatsion tizim, mehnat resurslari.


Mavzuga oid asosiy muammolar:
1. Тashkilotda unumdorlikni ta’minlash va oshirish negizida boshqaruv maqsadlariga erishish darajasi.

  1. Mehnat resurslaridan samarali foydalanish orqali tashkilotda umumiy unumdorlikni ta’minlash jarayoni.

  2. Operatsion tizimni tashkil etuvchi elementlarning o`zaro bog`liqligi va ularning funktsiyalarini takomillashtirish.

1-savol bo`yicha dars maqsadi:
1. Тalabalarga mehnat unumdorligining mohiyatini yoritib berish.

  1. Mehnat resurslarini rejalashtirish bosqichlarini tushuntirish.

Identiv o`quv maqsadlari:
1.1. Mehnat unumdorligi haqida tushunchalar hosil qiladi.
1.2. Mehnat resurslari va ularni rejalashtirishni bayon qila oladi.
1-savol bayoni:

Har tomonlama kuchli raqobat sharoitida ham boshqaruv tizimi rahbarlardan unumdorlik mezoni bo`yicha ishlashni talab etadi. Unumdorlik butun boshqaruv jarayonini boshidan oxirigacha qamrab oladi. Rahbarlar unumdorlikka o`tkazishi mumkin bo`lgan ta’sir boshqaruvning ikki doirasida, ayniqsa, yaqqol ko`zga ko`rinadi:



  1. inson resurslarini boshqarish;

2) tashkilotni bevosita ishlab chiqarish faoliyatini boshqarish sohalarida.
Ishlab chiqarishda inson omilining o`rni so`zsiz juda ahamiyatlidir. Shuning uchun, tashkilotdagi kishilarning faoliyatini samarali boshqarish mehnat unumdorligini oshirishga asos yaratishda eng murakkab vazifalardan biridir. Inson resurslariga bo`lgan ehtiyojlar rejalashtirilib, ma’lum talablarga ko`ra tanlab olinadi va ish faoliyati, mehnat resurslarini sifatini oshirishga qarata o`qitish, qayta tayyorlash tadbirlari qo`llaniladi. Rahbarlik kishilarning turmush tarzini yaxshilashi, darajasini oshirishga va ularning o`z mehnati bilan qoniqish hissiyotiga va mehnat unumdorligiga bevosita ta’sir etadi.
Mehnat resurslarini boshqarish quyidagi bosqichlardan iborat:
-inson resurslarini rejalashtirish va kelgusi ehtiyojlarni qondirish borasida reja ishlab chiqish;
-ishchi-xodimlar va personalni yig`ish, ya’ni potensial nomzodlar zahirasini hosil qilish;
-tanlab olish, ya’ni ish joylariga nomzodlarni baholash yo`li bilan bu zahiralardan eng yaxshilarini tanlab olish;
-ish haqi va imtiyozlarni aniqlash, ya’ni ishchi xizmatchilarni jalb qilish, yollash va ushlab turish maqsadida ish haqi tuzilmasini tuzish;
-kasbiy yo`naltirish va moslashtirish, ya’ni tashkilot qanday mehnat sarfini ishchilardan kutishini hamda bu mehnat sarfining qanday baholanishini ularga tushuntirib, singdirib borishi;
-o`rganish, o`qitish, ya’ni maxsus mehnat ko`nikmalariga o`rgatish dasturlari asosida ish olib borish;
- mehnat faoliyatini baholash;
-lavozimga ko`tarish, lavozimdan tushirish, boshqa ishga o`tkazish, ishdan bo`shatish tadbirlari;
- rahbar kadrlarni tayyorlash, ularni xizmati bo`yicha pog`onama-pog`ona ko`tarishni boshqarish;
Mehnat resurslarini rejalashtirish uch bosqichdan iborat:
-mavjud resurslarni baholash;
-kelajak ehtiyojlarini bashoratlash;
-kelgusi ehtiyojlarning qondirilish dasturlarini ishlab chiqish.
Har bir ishchi-xodimlarning ish hajmini o`zgarishi bilan birga ishni mazmundorligiga e’tibor ham kuchayib boradi. Ishchi xodimlar o`z bilimlari, ko`nikmalari va barcha insoniy ruhiy xususiyatlarini qo`llay olishlari imkonini beradigan doiradagi xizmat, ishni bajarish hamda qilayotgan ishidan to`liq qoniqish hissiga ega bo`lish huquqiga ega.
Mehnat unumdorligini ta’minlash umumiy unumdorlikni, jumladan ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlash imkonini beradi hamda uning asosini tashkil qiladi.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling