Учебное пособие по курсу «Основы менеджмента». Гулистан, 2006. 170 с. Учебное пособие подготовлено на основании программы курса «Основы менеджмента»


Download 1.79 Mb.
bet19/77
Sana07.03.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1247983
TuriУчебное пособие
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   77
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENТ ASOSLARI

NAZORAТ SAVOLLARI:

    1. AQSH da boshqaruv tizimida oxirgi yillarda qanaqangi o`zgarishlar ro`y bermoqda?

    2. «Nazorat ostida boshqaruv»ni mohiyati nimadan iborat?

    3. «Ekstrapolyatsiya» boshqaruvi nima degani?

    4. Yangicha iqtisodiyotni boshqarish nazariyasini amerikalik olimlar qanday ta’riflaydilar?

3-savol bo`yicha dars maqsadi; Тalabalarni respublikamizdagi yangi boshqaruv tizimi va uning vazifalari bilan tanishtirish.
Identiv o`quv maqsadlari;
3.1. Respublikamizda shakllanayotgan boshqaruv tizimi jarayoniga ta’rif bera oladi.
3.2. Yangi boshqaruv tizimining vazifalarini izohlay oladi.


3-savol bayoni:

Yuqorida keltirilgan xorijiy davlatlar tajribasini o`rganish O`zbekiston Respublikasini menejment sohasidagi strategiyasini belgilash, boshqaruv faoliyatini yangi shakllarini yaratish imkonini beradi. Unda, albatta, xorijiy tajribani keragidan ortiq tarzda baholashdan ham, umuman mensimaslikdan ham yiroq ish tutish zarur. Ushbu tajribani har tomonlama o`rganish, ilm-fan va amaliyot yangiliklarini O`zbekiston amaliyotida o`ziga xog`s xususiyatlari bilan hisoblashgan holda to`g`ri qo`llay bilish zarur. Тajribani tanqidiy tahlildan o`tkazib, eski foydasiz fikrlarni olib tashlab milliy, tarixiy, psixologik, iqtisodiy jihatlardan kelib chiqib eng ratsional tomonlarini qo`llash lozim. O`zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiyotiga o`tishda o`z ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish modelini tanladi. hozirgi kunda bizning mamlakatimizga xos tendentsiyalarni tavsiflashdan oldin, xalqaro boshqaruv tendentsiyalarni solishtirish maqsadga muvofiqdir:


-hozirgi menejment nazariyasi va amaliyotidagi asosiy jihatlar tez o`zgarib, ayrimlari eskirib, qolganlari qo`llanilib kelinsada ular vaqt o`tishi bilan o`z samaradorligini yo`qotib boradi. Bu o`zgarishlar umuman iqtisodiyotdagi, jamiyat va tafakkurdagi o`zgarishlar bilan uzviy bog`liq. Shuning uchun ushbu o`zgarishlarni hisobga olish, ularga moslashib borib, yangiliklarni keng miqyosda qo`llashga o`tish lozim;
-hozir ma’naviy «universalizmdan», ya’ni qat’iy tus olgan boshqaruv tamoyillaridan ancha egiluvchan, moslashuvchan tusda bo`lgan «vaziyat yondashuviga» o`tish ro`y berayapti. Unga ko`ra boshqaruv usullari, shakllari turli-tuman bir-biriga o`xshamagan bo`lishi bilan birga, bunday yangilanishga intilish doimiy tarzda bo`lishi lozim, ya’ni vaziyatni hisobga olishi lozim;
-boshqaruv muammolarining ildizini nafaqat firma ichida, balki tashkilotni tashqi muhitidan ham izlash zarur. Ishbilarmon tashkilot, avvalo, «ochiq tizimdir», uning muvaffaqiyatini ichki omillardan tashqari tashqi omillar ham, ularga qanchalik moslasha bilishi aniqlaydi;
-hozirgi taraqqiyot davrida inson omili katta ahamiyat kasb etadi. Endi inson ishlab chiqarish tizimiga emas, balki ishlab chiqarish tizimini inson ehtiyojlariga moslashtirish vaqti keldi. hozirgi davr boshqaruvining farqli xususiyati-boshqaruv tizimini insonga, uning xulqini ijtimoiy-psixologik tomonlariga, moddiy bazasi rivojlangan jamiyatning motivatsiya tizimiga yo`naltirilganligidir. Oxirgi yillarda formal-iyerarxik tizimlar o`z kuchini yo`qotib borayapti. har bir xodimning ijtimoiy funktsiyalarini tan olish hamda qarorlarni ishlab chiqish jarayonlarini demokratlashuvi, tadbirkorlik hislatlari, tashabbus va xavf-xatardan qo`rqmaslik qobiliyatlari, moslashuvchanlik va yuqori malakani tan olish zarurati-hayot talabi bo`lib borayapti. Ushbu kontseptsiyaga binoan korxona-bu ijtimoiy tizim bo`lib unda nafaqat tashkiliy tuzilmalar, rejalashtirish jarayoni, balki xodimlarning malakasi, rahbarlik uslubi va xulq-atvorini ham tahlil qilish zarur bo`ladi. Bizning mamlakatimizdagi yangicha xo`jalik yuritishga xos tendentsiyalarni quyidagicha tavsiflash mumkin:
-birinchidan, mamlakat uchun keskin, global burilish ro`y berayapti, ya’ni ma’muriy-rejalashtirish iqtisodiyot modelidan bozor-tadbirkorlik iqtisodiyoti modeliga o`tish ro`y berayapti;
-ikkinchidan, ushbu burilish butun dunyoni qamrab olayotgan, ko`lami va chuqurligi jihatidan yirik bo`lgan texnologik revolyutsiya sharoitida, jamiyat va tabiat orasidagi tub o`zgarishlar sharoitida ro`y berayapti;
-uchinchidan, ushbu yirik siljishlar ularni o`zi tomonidan yuzaga keltirilgan quvvatli integratsion jarayonlar bilan uygunlashib borayapti. Bu integratsion jarayonlar alohida mamlakatlardagi alohida xo`jalik o`choqlaridan tortib to subkontinentlar (g`arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika, Janubiy Sharqiy Osiyo va hokazo) darajasi orasida jadallashib bormoqda;
-to`rtinchidan, yuqorida keltirilgan tub o`zgarishlar bilan bir vaqtda butun dunyoda ijtimoiy hayotning demokratlashuvi, ijtimoiy-sinfiy munosabatlarning jiddiy yangilanishi ro`y berayapti. Endi kelishib bo`lmaydigan qarama-qarshiliklar o`rnini realistik, ijtimoiy hamkorlik egallab borayapti.
O`zbekiston Respublikasining maqsadi-mamlakatimiz xalqaro hamjamiyatga kirib borib, unda o`zining munosib o`rnini egallashi yo`lida iqtisodiy va ijtimoiy hayotni isloh qilishdan iboratdir. Bu yo`lda biz ikki asosiy holatni hisobga olishimiz zarur:
-birinchidan, islohotlar jahon hamjamiyatida ta’kidlangan tamoyillar va mexanizmlar bilan bog`liq holda amalga oshirilishi kerak;
-ikkinchidan, islohotlar kontseptsiyasini ishlab chiqishda, yangilanishni maqsad va vazifalarini hisobga olish, iqtisodiyotni shu davrgacha bo`lgan o`ziga xosliklari, iqtisodiyotimizning hozirgi ahvoli, xalqimizning mentaliteti, xulqiy jihatlarini, iqtisodiy jarayonlarda avvaldan tarixan cheklangan davlat qatnashuvi tizimini hisobga olish zarur.
Bu ikki moment yangicha boshqaruv nazariyasining mohiyati va o`ziga xosligini aniqlaydi. Boshqaruvning yangicha kontseptsiyasi yo`lida quyidagi vazifalar ilgari suriladi:
-Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishning bozor usullari (ya’ni aks aloqa ta’minlangan usullari) va
davlat tomonidan tartibga solish usullaridan o`zaro mos holda, mutanosiblik holida foydalanishni ta’minlash;
-Bozor xo`jalik sub’ektlari (korxona va firmalar)ni ochiq ijtimoiy yo`naltirilgan tizimlar sifatida shakllantirish va faoliyatini ta’minlash;
-Хo`jalik yuritishning politsentrik tizimiga o`tishni ta’minlash, har bir bosqichlarda o`z o`zini boshqarishni ta’minlash, o`z o`zini boshqaruvni va o`z o`zini rivojlantirishni ta’minlay olish qobiliyatiga ega tuzilmalar (tizimlar)ni yuzaga keltira borish;
-Iqtisodiyotning davlat sektori korxonalarini boshqarishda bozor va ma’muriy usullarni mutanosib tarzda qo`llash.
Ma’lumki, korxona har qanday iqtisodiyotda, shu jumladan, bozor iqtisodiyotida ham asosiy, birlamchi bo`g`indir. Korxonalar faoliyatining samarasiga tarmoq, mintaqa, mamlakat potensiali bog`liqdir. Demak, bozor iqtisodiyoti xo`jalik yuritish mexanizmida korxona, firmani tutgan o`rni o`ta muhim, chunki hamma korxonalar faoliyati yig`ilib tarmoq, mintaqa va umuman mamlakat iqtisodiyotini tashkil etadi. O`z faoliyati bilan korxonalar ko`plab ijtimoiy muammolarni hal qilish, shu jumladan, aholini turmush darajasini va sifatini ta’minlash borasidagi muammolarni hal qilish imkonini beradi. Korxona mustaqil xo`jalik yurituvchi va yuridik shaxs huquqlariga ega sub’ekt bo`lib, o`ziga tegishli mulki asosida yoki to`la xo`jalik egaligi asosida mahsulot ishlab chiqarish, sotish yoki xizmatlar ko`rsatish bilan shug`ullanadi. Korxona har qanday xo`jalik yuritish shakli, tuzilmasi, boshqaruv usullari va shakllarini tanlash huquqiga ega. Odatda korxonalar klassifikatsiyasi boshqaruv tuzilmasini, texnologik jarayon, tipli loyihalar, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning ratsional tarkib topishi maqsadida amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarni mulkiy shakllari bo`yicha taqsimoti, ayniqsa, ahamiyatlidir. hamma korxonalar bir vaqtning o`zida ham huquqiy, ham tashkiliy shakllarga ega.
Huquqiy shakllarga quyidagilar kiradi: davlat-munitsipal korxonalari, ijara korxonalar, to`liq o`rtoqlik, ishonch asosida o`rtoqlik, hissadorlik jamiyatlari, xususiy korxonalar, individual korxonalar, oilaviy va qo`shma korxonalar.
Тashkiliy shakllar quyidagicha: konsern, konsorsium, konglomerant, xolding kompaniyalari, venchur korxonalar, offshor kompaniyalar, kooperativ birlashmalar, kartel, sindikat, trest, faktoring firmalari, lizing firmalari, injiniring firmalar, konsalting firmalar, solong firmalari, trast firmalari.
Тashkilotning boshqaruv tizimi deganda, bir qator tavsiflarga ega va tashkilot maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan usullar, ta’sir vositalari, qoida, tadbirlar majmuasi va bu ishlarni amalga oshiruvchi odamlar tushuniladi. Boshqariluvchilar tizimi va boshqaruvchilar tizimi birgalikda boshqaruv tizimini tashkil qiladi; bular bir vaqtning o`zida bir butunlikni va qarama-qarshi tomonlarni tashkil etadi. Boshqaruv tizimi deganda yana tashkilotda shartli ravishdagi uch bosqich, ya’ni oliy, o`rta va quyi boshqarish bosqichlariga bo`lingan tizim tushuniladi. Boshqaruv qarorlari, ularning o`zaro bog`liqligi va tuzilmasi ham bu tushunchaga kiradi. Boshqaruv tizimi boshqaruv, ya’ni-ta’sir o`tkazish vositalari, ushbu vositalar yordamida boshqaruv funktsiyalarini amalga oshiruvchi boshqaruv sub’ektlari hamda boshqarish ob’ekti majmuasidan iborat. Boshqaruv tizimining maqsadi-tashkilot maqsadlarini amalga oshirish yo`lidagi xatti-harakatlarni amalga oshiruvchi kishilar orasidagi munosabatlarni belgilash va tartibga solib turishdir.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling