Учебное пособие по курсу «Основы менеджмента». Гулистан, 2006. 170 с. Учебное пособие подготовлено на основании программы курса «Основы менеджмента»


-mavzu: Тashkilotning tashqi muhiti


Download 1.79 Mb.
bet27/77
Sana07.03.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1247983
TuriУчебное пособие
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   77
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENТ ASOSLARI

6-mavzu: Тashkilotning tashqi muhiti.
Asosiy savollar:
1. Тashqi muhit va uning ahamiyati.
2. Bevosita va bilvosita ta’sir muhiti.
3. Ijtimoiy muhit va uning ahamiyati.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: tashqi muhit, bevosita ta’sir, bilvosita ta’sir, tashqi muhit omillari, tashqi muhit murakkabligi, tashqi muhit harakatchanligi.
Mavzuda ko`rib chiqiladigan muammolar;
1.Тashkilotni boshqarishda tashqi muhit omillarining tutgan o`rni.
2.Тashqi muhit omillariga tashkilot faoliyatini moslatirish.
3.Тashqi muhit omillarining guruhlanishi va tashkilotga ta’sir darajasi.
4.Тashkilot faoliyatida ijtimoiy muhit va unga moslashuvchanlik.
1-savol bo`yicha dars maqsadi;
1.Тashqi muhit omillarini talabalarga tushuntirish.
2.Тashqi muhit omllarining harakatini yoritib berish.
Identiv o`quv maqsadlari;
1.1.Тashqi muhit haqida tushuncha hosil qiladi.
1.2.Тashqi muhit omillarining faoliyatini bayon qila oladi.


1-savol bayoni:

Тashkilotga nisbatan tashqi muhitni hosil qiluvchi kuchlarning ahamiyati to`g`risidagi tasavvurlar boshqaruv fanining rivojlanishida, xususan, 1950-yillarga to`g`ri keladi. Bu boradagi tizim yondashuvining boshqaruv faniga qo`shgan asosiy hissalaridan biri-bu yondashuvda tashqi muhit omillariga va tashkilot faoliyatida ularni inobatga olish zarurligiga e’tibor berishgan. Vaziyat yondashuvi esa, tizimlar nazariyasini quyidagi kontseptsiyasini ishlab chiqarish orqali boyitadi: har bir aniq vaziyatdan chiqish usuli ichki va tashqi omillar bilan aniqlanadi. Bu ichki va tashqi omillar tashkilot faoliyatini aniqlab, unga faol ta’sir ko`rsatadi.


Hozirgi tashkilot rahbarlari uchun tashqi muhit va uning ta’siri asosiy muammolardan biri bo`lib qolmoqda.
Тashkilot ochiq tizim bo`lgani uchun rahbariyat doimo tashqi muhit omillarini inobatga olishi kerak, chunki tashkilot faoliyati uchun zarur bo`lgan xom ashyo, energiya, topshiriq, ishchi kuchi, iste’molchi va boshqa resurslar tashqi muhitdan olinadi. Тashkilot faoliyati rahbariyatga bog`liq bo`lgani uchun boshqaruvchi (menejer) tashkilot samaradorligiga faol ta’sir etishi mumkin bo`lgan tashqi muhit omillarini va ularga aks ta’sir etish usullarini oldindan aniqlashi lozim. Тashkilot boshqa tirik (biologik) organizmlar qatori o`zining faoliyatini saqlab qolishi uchun tashqi muhitga moslashishi kerak.
Тashqi muhit quyidagi elementlarni (omillarni) o`z ichiga oladi: iste’molchilar, raqobatchilar, davlat organlari, xom ashyo yetkazib beruvchilar, moliya tashkilotlari. Hozirgi davrda tashkilotning tashqi muhiti va uni o`rganish tobora katta ahamiyatga ega bo`lib bormoqda. Ayniqsa, xalqaro biznes, yetakchi tarmoqlar, raqobat doirasi keng bo`lgan korxonalar bu fikrga o`z kundalik faoliyatida amin bo`lmoqda. Menejer ushbu tashqi muhit omillari va ularning ta’sir doirasini to`g`ri belgilab olishi lozim. Bundan tashqari, u tashqi ta’sirga to`g`ri moslashish va aks ta’sir javob usullari ustida ham ish olib borishi zarur.
Тashqi muhit-bu tashkilot faoliyatiga aloqador bo`lgan elementlar, xususan, iste’molchilar, ta’minotchilar, raqobatchilar, davlat muassasalari, moliya tashkilotlari va hakozolar majmuasidir. Тashqi muhit asosiy uchta tavsifga ega. Bular: a)tashqi muhitning murakkabligi, b)muhitning o`ta harakatchanligi hamda v)noaniqligi (mavhumligi)dir. Тashqi muhitning murakkabligi tashkilotga ta’sir etuvchi elementlarning ko`pligi va bu elementlarning hammasining o`zaro yaqin bog`liqligidan kelib chiqadi. Тashqi muhitning harakatchanligi deganda, tashkilot atrofida bo`lib o`tayotgan o`zgarishlarning tezligi tushuniladi. Тashqi muhitning mavhumligi, noaniqligi esa axborot doirasi tor yoki kengligi hamda qanchalik darajada ishonchliligidan kelib chiqadi. Тashqi muhitning barcha omillarini, o`z navbatida, siyosiy, ijtimoiy, demografik, bozor va hakozo omillar turkumi deb guruhlash mumkin.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling