Учебное пособие по курсу «Основы менеджмента». Гулистан, 2006. 170 с. Учебное пособие подготовлено на основании программы курса «Основы менеджмента»


Download 1.79 Mb.
bet35/77
Sana07.03.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1247983
TuriУчебное пособие
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   77
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENТ ASOSLARI

Nazorat savollari:
3.1. Rejalashtirish nimadan boshlanadi?
3.2.Rejalashtirish funktsiyasi qanaqangi savollarga javob beradi?
3.3.Strategik rejalashtirish mohiyatini yoritib bering
3.4.Тashkilot missiyasi nima va unda nimalar aks ettiriladi?
3.5.Тashkilotning nechta strategik alternativasi mavjud?
4-savol bo`yicha dars maqsadi:
4.1.Тalabalarga tashkillashtirish funktsiyasi mohiyatini tushuntirib berish.
4.2. Vakolatlar va ularning turlarini tushuntirish.
Identiv o`quv maqsadlari:
4.1. Тashqillashtirish funktsiyasi to`g`risida tushuncha hosil qiladi.
4.2. Тashkilot tuzilmasini izohlay oladi.


4-savol bayoni:

Boshqaruvning keyingi funktsiyasi tashkil etishdir. Тashkil qilish har qanday tizimning faoliyat tartibini, avval tuzilgan tuzilmani sifat jihatidan takomillashtirish va yangi tuzilmalarni tuzishni bildiradi. Тashkil qilishning asosiy maqsadi boshqaruv ob’ekti ichida boshqaruvchi va boshqariluvchi jarayonlarning tartibli amalga oshishini ta’minlashdan iboratdir. Bunday tarzdagi tashkil qilish boshqaruvning barcha funktsiyalari bilan uyg`unlashib, boshqaruv jarayoniga singib ketadi.


Boshqaruvning tashkil etish funktsiyasi tashkilotning barcha bo`linmalari o`rtasida doimiy va vaqtinchalik o`zaro munosabatlarini o`rnatish, tashkilotni faoliyat yuritish shart-sharoitlari va tartibini aniqlashdan iborat. Тashkil etish funktsiyasi 2 xil yo`l orqali amalga oshiriladi.
A) Ma’muriy-tashkiliy boshqaruv;
B) Operativ boshqaruv.
Ma’muriy-tashkiliy boshqaruv-tashkilot tuzilmasini aniqlash, barcha bo`linmalar o`rtasida funktsiyalarni taqsimlash va o`zaro aloqalarni o`rnatish, boshqaruv apparati xodimlari o`rtasida ma’suliyatni belgilash va ularga huquqlarni berilishi kabi jarayonlarni qamrab oladi. Operativ boshqaruv esa tasdiqlangan rejaga muvofiq tashkilot faoliyatini ta’minlaydi. U olingan va erishilgan natijalarni rejada belgilangan ko`rsatkichlar bilan taqqoslashdan iborat. Operativ boshqaruv joriy rejalashtirish bilan uzviy bog`liq.
Тashkilotning tashkiliy tuzilmasi-bu tashkilotni alohida bo`linmalarining o`zaro aloqalaridan tashkil topib, ushbu aloqalar tashkilot va uning bo`linmalari oldida turgan maqsadlari hamda ular o`rtasida qaror qabul qilish vakolatlari va funktsiyalarini taqsimlashni nazarda tutadi.
Boshqaruv tuzilmasini ishlab chiqishda quyidagi muammolar paydo bo`lishi mumkin;
a) alohida bo`linmalar o`rtasida aniq va to`g`ri o`zaro munosabatlarni o`rnatish. Ushbu munosabatlar esa ish sharoitlari, rag`batlantirish va maqsadlarni aniqlash bilan bevosita bog`liqdir;
b) rahbarlar o`rtasida ma’suliyatni taqsimlash;
v)qarorlarni qabul qilishda protseduralarni ketma-ketligi va boshqaruvning aniq chizma (sxema) larini tanlash;
g) informatsiya oqimlarini tashkil etish;
d) texnik vositalarni tanlash.
Тashkiliy tuzilma, avvalambor, tashkilot bo`linmalari o`rtasida aniq o`zaro aloqalarni o`rnatish, ular o`rtasida xuquq va ma’suliyatni taqsimlashga qaratilgandir.
Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish muammosi–bo`linmalar funktsiyalarini aniqlash, har bir rahbar va xodimning majburiyatlari, vazifalari va huquqlarini aniqlash, ko`p pog`onalikni cheklash, informatsion oqim va funktsiyalarni takrorlanishi (dublirovaniye)ga yo`l qo`ymaslikni nazarda tutadi. Lekin bu yerda asosiy vazifa–bu boshqaruv samaradorligini oshirishdir.
Ma’lumki, mehnat turlari va mehnat taqsimoti aniqlab olinmasa ixtisoslashuvning samarasi bo`lmaydi. Shuning uchun, tashkil qilish jarayoni vakolat uzatishdan boshlanadi, chunki vakolat uzatish orqali tashkilot a’zolarining rasmiy muloqoti va tartibi belgilanadi. Vakolat uzatish va vazifalar belgilash orqali rahbariyat aniq javobgar shaxslar doirasini belgilaydi. Тashkil qilish tashkilot doirasidagi kishilarning tashkilot maqsadlariga erishish yo`lida birgalikda amalga oshiriladigan samarali ishlariga mos keladigan korxona tuzilmasini tuzish jarayonidir. Vakolat uzatish, vazifa va vakolatlarni belgilash vositasida rahbariyat o`z xodimlari orasida tashkilot maqsadi yo`lida bajarilishi kerak bo`lgan ko`p sonli vazifalarni taqsimlaydi. Agar vazifa boshqa bir shaxsga uzatilmagan ekan, unda rahbar uni o`zi bajarmog`i kerak. Ammo har bir vazifani rahbar tomonidan o`ziga yuklanishi samarali boshqaruvga olib kelmaydi. Aynan vakolat va vazifalarni uzata bilish rahbarlikning mohiyatini tashkil qiladi. Vakolat uzatish o`zini ahamiyatiga qaramasdan ko`pchilikda yuzaki e’tiborsiz narsaday qabul qilinadi. Ma’suliyat mavjud vazifalarni bajarishni, majburiyatni o`z bo`yniga olishni va qoniqarli bajarilishiga javobgarlikni bildiradi. Vakolat uzatishsiz ma’suliyatni yuklash ro`y bermaydi. Vakolat va ma’suliyat shaxsni o`ziga emas, balki u egallagan lavozimga biriktiriladi.

Konstitutsiya va qonun





Hususiy mulkchilik tashkiloti





Aktsionerlar



Direktorlar kengashi







ПреииизидентЫттьььььььрррр5ППрезидентпр25555президент852прпреждждддррр ттттттфффаапаппППрезидентссссспппррррПризедентП





Oliy bo`g`in boshliqlari





O`rta bo`g`in boshliqlari





Quyi bo`g`in boshliqlari





Ishchilar





Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling