Учебное пособие по курсу «Основы менеджмента». Гулистан, 2006. 170 с. Учебное пособие подготовлено на основании программы курса «Основы менеджмента»
Download 1.79 Mb.
|
portal.guldu.uz-MENEJMENТ ASOSLARI
1
2 3 4 8 7 6 5 10-Chizma. Strategik rejalashtirish jarayoni 1-tashkilot missiyasi; 2- maqsadi; 3-tashqi muhitni tahlil etish va baholash; 4-tashkilotning kuchli va kuchsiz tomonlarini o`rganish; 5-strategik alternativalarni tahlil qilish; 6-strategiyani tanlash; 7-strategiyani amalga oshirish; 8-strategiyani baholash. Maqsadlar aynan shu missiyani amalga oshirish uchun belgilanadi. Тashkilot missiyasi o`zida quyidagilarni aks ettirishi lozim: -firma qanday tadbirkorlik bilan shug`ullanayotganligi, asosiy mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqarish borasidagi vazifalari, asosiy bozorlari; -firmaning ishchi tamoyillarini belgilovchi tashqi muhiti borasidagi ma’lumot; -tashkilot madaniyati, firma ichidagi ishchi muhit va ushbu muhit qanday odamlarni jalb etishi borasidagi ma’lumotlar. Missiya rasmiy tarzda tavsiflangan bo`lib, undan tashkilot xodimlari xabardor bo`lishlari shart. Juda keng missiya tanlash tashkilot muvaffaqiyatiga zarar qilishi mumkin, xuddi shunday tor missiya tanlash ham rahbariyat imkoniyatlarini, al’ternativ yechimlarni tanlash imkonini chegaralab qo`yishi mumkin. Missiya va maqsadlarning qanday aniqlanishi tashkilot rahbariyatining ish tajribalari,malakalari va imkoniyatlari doirasiga bog`liq. Тashkilot muvaffaqiyatiga sezilarli hissa qo`shishi uchun tashkilot maqsadlari bir qator talablarga javob berishi lozim. Maqsadlar aniq va o`lchanadigan, qisqa va uzoq muddatli, haqiqatga yaqin hamda bir-birini quvvatlovchi bo`lishi zarur. Тashkilot uchun tashqi muhitning tahlili va baholanishi muhim ahamiyatga ega. Bu baholash va tahlil qilish, aynan, rejalashtirish bosqichida ro`y beradi. Rahbariyat bu tadbirlar orqali o`z imkoniyatlari va xavf-xatarlarni o`rganadi, tashkilotning ichki kuchli va zaif tomonlarini ham aniqlab oladi. Busiz samarali rejalashtirishni tashkil qilish mumkin emas. Hozirgi diversifikatsiyalashgan ishlab chiqarish sharoitida har qanday tashkilot oldida rivojlanishning to`rtta strategik al’ternativa(muqobil varianti)si mavjud, bular: cheklangan o`sish, o`sish, qisqarish (kamayish) va shu usullarning qorishmasi. Rejalashtirish bosqichida har qanday tashkilotning yana amalga oshirishi shart bo`lgan ishlaridan biri - bu ichki va tashqi raqobatchilarining faoliyat doirasini aniqlash, ularning kuchli va zaif tomonlarini o`rgangan holda strategiyasiga baho berishdir. Rejalashtirishning keyingi bosqichi - joriy rejalashtirishdir. Joriy rejalashtirish taktik, tashkiliy, operatsion, operativ, Funktsional shakllarda amalga oshiriladi. Rejalarni o`zaro bog`lash mexanizmi taktika, faoliyat yoki harakat siyosati, qoida va tadbirlarga tayanadi. Ma’lumki, rejalashtirish bosqichi bilan nazorat o`zaro uzviy bog`liq, chunki rejalashtirish vaqtida keyinchalik nazorat uchun asos bo`lib xizmat qiladigan ko`rsatkichlar ishlab chiqiladi. Rejalashtirish va nazorat jarayonlarini o`zaro muvofiqlashtirishning usullaridan ikki boshqaruv instrumenti(vositasi)ni keltirish mumkin: -birinchisi, byudjet, ya’ni miqdoran ifoda etiladigan maqsadlar yo`nalishlarida miqdoriy tarzdagi taqsimot usuli; -ikkinchisi, maqsadlar bo`yicha boshqaruvdir. A.Rayo, P.Druker, Mak Gregor va bir qator boshqa tadqiqotchi olimlar maqsadlar bo`yicha boshqaruvni har tomonlama o`rganib, keng doiradagi tashkilotlarga tavsiya etganlar. hozirgi kunda eng ilg`or sohadagi tashkilotlar maqsadlar bo`yicha boshqarish usulidan keng foydalanadilar. Ularning fikricha, tashkilotning har bir bosqichidagi bo`g`ini tashkilotning umumiy maqsadidan kelib chiqqan holda o`zining aniq maqsadlariga ega bo`lishi va ushbu maqsadlarni aniq tarzda, chegaralangan holda tavsiflay olishi zarur. Bunday maqsadlar taqsimoti asosida umumiy maqsadning qanday darajada amalga oshayotganligi yaqqol namoyon bo`ladi hamda bu usul o`z vaqtida, kerakli joyda tuzatish kiritish imkonini beradi. U bir nechta bosqichlardan iborat bo`lishi mumkin: -maqsadlarning qisqa va aniq ta’riflarini ishlab chiqish; -ularga erishish bo`yicha haqiqatga yaqin real rejalarni tuzish; -doimiy nazorat, ishni o`lchash va baholashni amalga oshirish; -rejalashtirilgan natijalarga erishish yo`lida tuzatish kirituvchi choralar. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling