Учебное пособие по курсу «Основы менеджмента». Гулистан, 2006. 170 с. Учебное пособие подготовлено на основании программы курса «Основы менеджмента»
Download 1.79 Mb.
|
portal.guldu.uz-MENEJMENТ ASOSLARI
11-chizma. Тashkilot vakolatlarining mumtoz kontseptsiyasi.
Тashkiliy vakolatlar deganda, tashkilot resurslaridan va uning ayrim xodimlaridan ma’lum vazifalarni bajarish yo`lida foydalanish bo`yicha cheklangan huquq demakdir. Vakolatlarning rahbarlar tomonidan quyiga qarab uzatilishi tabiiy hol, ammo so`nggi vaqtlarda rivojlangan mamlakatlarda uzatilgan vakolatlarni qabul qilinishining yangi kontseptsiyasi yuzaga keldi, unga ko`ra, rahbar yoki xodim tomonidan vakolatlar qabul qilinmasa, vakolat uzatish ro`y bermadi deyiladi. Vakolatlar har doim cheklangan bo`ladi. Vakolatlar reja va tadbirlar bilan, qoidalar va rahbarlarning buyruqlari bilan tashqi muhit omillari bilan cheklanadi. Rasmiy vakolatlar chegarasi, ko`pincha, hokimiyat va norasmiy tashkilotlar tomonidan tuziladi. Vakolatlarga nisbatan olganda hokimlik faoliyat ko`rsatishning yoki vaziyatga ta’sir ko`rsata bilishning huquqiy imkoniyatini bildiradi. Vakolatlar chiziqli va apparatli (shtabli) bo`ladi. Chiziqli vakolatlar-bevosita rahbardan xodimga qarata, so`ng boshqa bosqichga o`tadigan vakolatlarga aytiladi. Aynan chiziqli vakolatlar rahbarlarga qonuniy hokimlikni beradi. Chiziqli vakolatlar tashkilotning boshqarish bosqichlari iyerarxiyasini hosil qiladi. Ierarxiyani hosil qilish jarayoni esa skalyar jarayon deyiladi. Yakunlovchi, tugallangan iyerarxiya esa skalyar zanjir yoki buyruqlar zanjiri deyiladi. Apparatli (shtab) vakolatlarda biror boshqaruv bosqichi yoki bo`g`ini bilan barobar vakolatli yana bir gorizontal bosqichlar bo`ladi. Ularning keng tarqalgan xillariga maslahat, xizmat ko`rsatuvchi, shaxsiy apparat kiradi. Shtab vakolatlari tavsiyaviy vakolatlarni, shart bo`lgan kelishuvlarni, parallel va Funktsional vakolatlarni o`z ichiga oladi. Chiziqli rahbarlar ko`pincha ayrim doiralarda apparat vakolatlariga egalar, shtab apparatlarining boshlig`i apparatning o`zida chiziqli vakolatlarga ega. Rahbarga bevosita bo`ysinganlar soni boshqarish normasini tashkil etadi. Vakolat uzatish samarali bo`lishi uchun rahbarlar adolatli moslik tamoyiliga rioya qilishlari lozim. Vakolatlarning qay tarzda uzatilishi tuzilma turini belgilaydi. Тashkilot tuzilmasini tanlashdan so`ng, tashkil qilish bosqichida keyingi qadam bo`lib, tashkilotni barpo etish, shakllantirish yuzaga chiqadi. Ishlarni tashkil qilish hamma menejerlar bajarishi lozim bo`lgan funktsiyalardan biridir. Yuqorida ko`rdikki, vakolat uzatish orqali gorizontal va vertikal tarzdagi mehnat taqsimoti amalga oshadi, ammo shunga mos tuzilmani shakllantirilishi ham muhim. Vakolat uzatish hamma bosqich rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi, tuzilma tanlash esa oliy boshqaruv bosqichining vazifasidir. Bu holda menejerning vazifasi-aynan tashkilot maqsadlarini ruyobga chiqarish imkonini beradigan tuzilmani tanlay bilishdir. Eng yaxshi tuzilma deb tashkilotga tashqi muhiti bilan samarali muloqotda bo`lish, o`z xodimlarining harakatlarini mahsuldor va maqsadli ravishda taqsimlash va yo`naltirish, tez orada mijozlarning ehtiyojini qondirish orqali tashkilot maqsadlariga erishish imkonini beradigan tuzilmaga aytiladi. Тashkilotni boshqarish tuzilmasini tashqi muhit bilan aloqadorligi jihatidan mexanistik va organik, shaxsga bo`lgan munosabat nuqtai nazaridan individualistik va koorporativ, hamda tashkilotning Funktsional bo`g`inlarini o`zaro bir-biriga aloqadorligi jihatidan esa iyerarxik (byurokratik, Funktsional, divizional) va adaptiv (matritsaviy, loyihaviy va mahsulotli) tuzilmalarga guruhlanadi. Тashkil qilish funktsiyasiga ko`ra, tashkiliy tuzilma loyihalashtirishdan boshlanadi. Тuzilmaning loyihalashtirilishi tashkilotning maqsadlariga javob beradigan tarzda bo`lishi zarur. U tashkilotning strategiyasiga asoslanadi. Ayrim menejerlar tashkilot tuzilmasini tanlash strategik rejalashtirishning qarorlaridan biri deb ta’kidlaydilar. Тuzilma strategiyaga tayanadi, unga mos ravishda shakllanadi. Тuzilma ayrim tashkilotlar uchun juda harakatchan va dinamik holatda bo`ladi. Masalan, izlanishlar shuni ko`rsatadiki, ”Dyupon”, ”Djeneral motorz” kabi firmalarning bir necha yillar davomida tashkiliy tuzilmalari tez-tez o`zgarib turgan. ”Тuzilmani strategiya aniqlaydi” deb hisoblanadi. Тuzilma tashkilot strategiyasini amalga oshirib bera oladigan holda bo`lishi kerak. Тashkilot tuzilmasi yuqoridan pastga qarab ishlab chiqiladi. Ma’lum jihatdan, tashkiliy tuzilmani ishlab chiqish ketma-ketligi rejalashtirish jarayonining ketma-ketligiga o`xshash. Ular quyidagicha: -tashkilotni gorizontal jihatdan strategiyani amalga oshirish bo`yicha eng asosiy faoliyat yo`nalishlariga mos holda keng bloklarga ajratish va qanday faoliyat turlari chiziqli yoki shtabli bo`linmalar tomonidan bajarilishini belgilash; -har xil lavozimlar vakolatlarining o`zaro mutanosibligini aniqlash hamda ixtisoslashuv va ish yuklamasini samarali qo`llash maqsadida buyruqlar ketma-ketligini belgilash; -lavozim majburiyatlarini aniqlab, ularning bajarilishini ma’lum vazifalar va funktsiyalar majmuasi sifatida alohida shaxslarga, aniq kishilarga yuklash. Yuqoridagi tadbirlar natijasida yuzaga kelgan tuzilma qotib qolgan bir shakl emas, balki har bir yo`nalish va, umuman, tashkilot maqsadlaridan kelib chiqqan rejalar asosida o`zgaruvchanlik xos bo`lgan tuzilmadir. hozirgi kunda faoliyat yurituvchi barcha tashkilotlar o`z tashkiliy tuzilmalarining mosligi va harakatchanligi darajasi borasida doimiy izlanishlar olib boradilar. Ayrim iqtisodiy adabiyotlarda menejmentning uchinchi funktsiyasi deb tartibga solish(koordinatsiya) yoki boshqarish funktsiyasi keltiriladi. Ammo nazarimizda, boshqaruv bu faqat maxsus funktsiyalarni bajarish bo`yicha o`ziga xos faoliyatni amalga oshirishgina emas, balki aynan odamlar bilan muloqotda bo`la olish, ularga ta’sir eta olishdir. Demak, tashkilotdagi harakatlarni o`zaro muvofiqlashtirishdan kengroq ma’noda ishga qiziqtirish, yo`naltirish, taqdirlash va tanbeh berish orqali, ya’ni bu hamma jihatlarni o`z ichiga olgan motivatsiya funktsiyasini boshqaruvning uchinchi funktsiyasi deb tushunish o`rinli. Motivatsiya o`z ichiga harakatlarni o`zaro muvofiqlashtirishni ham, boshqarish va tartibga solishni ham oladi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling