Учебное пособие по курсу «Основы менеджмента». Гулистан, 2006. 170 с. Учебное пособие подготовлено на основании программы курса «Основы менеджмента»
Download 1.79 Mb.
|
portal.guldu.uz-MENEJMENТ ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu bo`yicha asosiy xulosalar
NazorAТ topshiriqlari:
Nazorat sohasi nima uchun kerak? Nazorat qanday amalga oshiriladi va uning qanaqangi turlari mavjud? Nazorat jarayoni qanaqangi bosqichlardan iborat? Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari: 1.Boshqaruv funktsiyalarini turkumlanishiga oid jadvallarni chizib izohlang. 1. (62, 63, 64, 67, 76 betlar) 2.Strategik rejalashtirish va uning bosqichlarini o`rganib izohlang. 2. (256-279 b) Mavzu bo`yicha asosiy xulosalar: 1.Boshqaruv-tashkilot maqsadlarini shakllantirish va ularga erishish uchun zarur bo`lgan rejalashtirish, tashkil qilish, motivatsiya va nazorat kabi aosiy (umumiy) funktsiyalarni amalga oshirish jarayonidir. Boshqaruv tizimi oliy bosqich, o`rta boshqaruv va quyi boshqaruv bosqichilaridan iborat. 2. Har qanday boshqaruv reja tuzishdan boshlanadi. Reja tuzish esa boshqaruvning maqsad va vazifalarini aniqlash, ularning bajarilish muddatlarini ko`rsatishdan boshlanadi. 3.Boshqaruv funktsiyasi sifatida rejalashtirish mazmuni bozor talabi va moddiy resurslar manbaini inobatga olgan holda ishlab chiqarishni rivojlanish proporsiyalari va asosiy yo`nalishlarining asosli aniqlashdan iborat. Rejalashtirish mohiyati-belgilangan muddatda tashkilot va uning bo`linmalarini rivojlanish maqsadlarini aniqlashda; xo`jalik masalalari va vazifalarni, ularni bajarish vositalari, realizatsiya qilish ketma-ketligi va muddatlarini belgilashda; qo`yilgan vazifalar yechish uchun kerakli moliyaviy, mehnat va moddiy resurslarni izlab topishda namoyon bo`ladi. 4. Rejalashtirish jarayoni qo`yilgan maqsadlarga bog`liq xolda quyidagi xususiyatlarga ega: a)Amerika kompaniyalarida asosiysi-barcha bo`linmalar strategiyasini birlashuvi va resurslar taqsimoti: b)Ingliz kompaniyalarida–resurs taqsimotiga yo`naltirilganligi; v)Yapon kompaniyalarida-qarorlar sifatini oshirish va yangiliklarni joriy etishga yo`naltirilganligi. 5.Rejalashtirish–bu, avvalo istiqbolda tashkilotni samarali faoliyati va taraqqiyoti, noaniqliklarni kamaytirishga qaratilgan qarorlar qabul qilish jarayonidir. 6.Rejani 3 ta tipi mavjud: -reja- maqsadlar; -takrorlanuvchi harakatlar uchun rejalar; -takrorlanmaydigan harakatlar uchun rejalar. 7.Тashkil qilishning asosiy maqsadi boshqaruv ob’ekti ichida boshqaruvchi va boshqariluvchi jarayonlarning tartibli amalga oshishini ta’minlashdan iboratdir. 8. Motivatsiya deganda o`zini va boshqalarni o`z maqsadlariga yoki tashkilot maqsadlariga erishish yo`lida faoliyatga, harakatga keltirish, qiziqtirish, turtki berish tushuniladi. 9. A.Maslou nazariyasiga ko`ra kishilarning ehtiyojlari 5 xil: -fiziologik ehtiyojlar; -xavfsizlik ehtiyoji; -ijtimoiy ehtiyojlar; -muvaffaqiyatga erishish ehtiyoji; -o`z qobiliyatlarini to`la namoyon qilish ehtiyoji. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling