Учебное пособие по курсу «Основы менеджмента». Гулистан, 2006. 170 с. Учебное пособие подготовлено на основании программы курса «Основы менеджмента»
Download 1.79 Mb.
|
portal.guldu.uz-MENEJMENТ ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-savol bo`yicha dars maqsadi: 6.1. Nazorat funktsiyasini tushuntirish. 6.2. Nazorat bosqichlari va teskari aloqalarni yoritib berish. Identiv o`quv maqsadlari
- 6-savol bayoni
Nazorat savollari:
Motivatsiya nima va u nima uchun kerak? Motivatsiya jarayoni qanaqangi bosqichlardan iborat? A.Maslou, F. Gersberg va D.MakKlelland nazariyalarini bir-biridan farqi va o`xshash tomonlarini izohlab bering. 6-savol bo`yicha dars maqsadi: 6.1. Nazorat funktsiyasini tushuntirish. 6.2. Nazorat bosqichlari va teskari aloqalarni yoritib berish. Identiv o`quv maqsadlari: 6.1. Nazorat turlarini bayon qila oladi. 6.2. Nazorat bosqichlarini izohlay oladi. 6-savol bayoni: Boshqaruvning asosiy funktsiyalaridan yakunlovchisi-nazorat funktsiyasidir. Тashkilot faoliyati va boshqaruv jarayonini ko`pincha noaniqlik o`rab turadi. Masalan, rejalarni ko`zlangandek bajarilmasligi, kishilar o`zlariga uzatilgan vakolatlarni qabul qilmasligi, yoki rahbariyat xodimlarini kerakli tarzda birgalikdagi faoliyatga motivatsiya qila olmasligi mumkin. Тashkilot rahbariyati maqsadlariga erishgan yoki erishmaganligining tahlili, o`z xatolarini ko`ra bilishi, xodimlarining xatolarini o`z vaqtida tuzata bilishi, tashqi muhit o`zgarishlariga moslasha olishi nazorat yordamida amalga oshiriladi. Ko`pchilikda nazorat so`zi unga nisbatan aks hissiyotlarni yuzaga keltiradi, chunki ko`pchilik odamlar uchun nazorat cheklanish, biror harakatda chegaralash ma’nosini anglatadi. U majbur qilish, mustaqillikni, erkni chegaralash bilan birdek qabul qilinadi. Binobarin, nazorat xodimlarni ma’lum chegarada ushlab turish imkonini beradigan vosita deb tushuniladi, mantiqan bu to`g`ri. Ammo nazoratni faqat biror narsaga buysinish, harakatlarni chegaralash deb tushunish noto`g`ri. Nazorat, bu avvalambor, tashkilot maqsadlariga erishishni ta’minlash jarayonidir. Nazorat jarayoni standartlar belgilash, baholash hamda zarur bo`lgan hollarda tuzatishlar kiritish demakdir. Nazorat boshqaruvning muhim va murakkab funktsiyasidir. Nazorat keng miqyosda va doimiy bo`lishi zarur. Nazorat olinayotgan natijalar talab etilayotgan darajalarga yaqin bo`lishini ta’minlashi, shunga yordam berishi kerak. Bu nazoratning asosiy maqsadini tashkil qiladi. Nazorat doimiy hisob, tahlil, tekshiruvlar, kuzatish orqali amalga oshiriladi. Nazorat, avvalo, yordam berishga, ta’sirchan tavsiyalarni ishlab chiqish va kamchiliklarni vaqtida bartaraf etishga qaratilgan. Nazoratni quyidagi turlari mavjud: dastlabki, joriy va yakunlovchi nazorat. Dastlabki nazoratni amalga oshirish vositalari sifatida ma’lum qoidalarni, tadbirlarni harakat yo`nalishlarini belgilash tushuniladi. Dastlabki nazorat birinchi galda inson resurslari, moddiy va moliyaviy resurslar borasida amalga oshiriladi. Joriy nazorat bevosita ishning bajarilish jarayonida amalga oshiriladi. Uning mohiyatini xodimlar bilan ishlash tashkil qiladi. Ayrim faoliyat turlarida joriy nazorat bevosita ish bilan birga amalga oshmaydi, balki qisqa-qisqa ish natijalarini o`lchash bilan olib boriladi. Demak, joriy nazoratning amalga oshishida doimiy aks aloqa ro`y berishi zarur. Yakunlovchi nazoratning amalga oshirilishida esa aks aloqa ishni tugatilganidan so`ng ro`y beradi. Yakunlovchi nazorat muammoga vaqtida reaksiya qilish imkonini bermaydigan vaqt oralig`ida amalga oshsa ham, uning ikki muhim o`ziga xos jihati mavjud. Birinchidan, yakunlovchi nazorat kelgusida shunday faoliyat ishini amalga oshirishda zarur bo`ladigan ma’lumotlarni beradi va rejalashtirishga asos bo`ladi. Ikkinchidan esa, u kelgusida motivatsiyaga xizmat qiladi, ya’ni natijalarga qarab baholash va taqdirlash imkonini beradi. Nazorat jarayoni bir nechta bosqichlardan iborat,bular: standartlarni belgilash, erishilgan natijalarni standartlar bilan solishtirish, mos keladigan harakat yo`nalishini belgilash. Nazoratning to`g`ri amalga oshishida standartlarni to`g`ri belgilashga, ikki yoqlama muloqotni o`rnatishga, belgilangan standartlarga erishilgan hollarda taqdirlashga e’tibor berish zarur. Keragidan ortiq tarzda nazorat tizimini o`rnatish ham muvaffaqiyatga olib kelmaydi, balki rahbariyatga nisbatan yomon keskin munosabatni kuchaytiradi. Nazoratga quyidagi talablar qo`yiladi: nazorat strategik yo`nalish ega bo`lishi, biror bir aniq natijani ko`zlashi, o`z vaqtida amalga oshirilishi, egiluvchan, moslashuvchan, oddiy va tejamkor bo`lishi zarur. Хalqaro miqyosdagi tashkilotlarda nazoratni amalga oshirish, ayniqsa, murakkab, chunki, faoliyat doiralari ko`p va bu jarayon aloqa to`siqlari bilan bog`liq. hozirgi kunda samarali boshqaruvni amalga oshirish maqsadida hamma yirik ko`zga ko`ringan tashkilotlar rejalashtirish va nazoratni amalga oshirish orqali xatolarni yuzaga chiqarish va vaziyatni qayta tahlil qilishni amalga oshirayaptilar. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling