Учебное пособие по курсу «Основы менеджмента». Гулистан, 2006. 170 с. Учебное пособие подготовлено на основании программы курса «Основы менеджмента»


Download 1.79 Mb.
bet28/77
Sana07.03.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1247983
TuriУчебное пособие
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   77
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENТ ASOSLARI

Nazorat savollari:
1.1.Тashqi muhit tushunchasiga aniqlik kiriting.
1.2.Тashqi muhit omllarini aytib bering.
1.3.Тashqi muhit qanaqangi hususiyatlarga ega?
1.4.Nima uchun menejer tashqi muhit omillarini doimo nisbatga olishi kerak?
1.5.Тashqi muhit murakkkabligi va noaniqligi nimadan iborat?
2-savol bo`yicha dars maqsadi;
1.Тashkilotga bo`lgan bevosita ta’sir muhitini tushuntirish.
2. Тashkilotga bo`lgan bilvosita ta’sir muhitini tushuntirish.
Identiv o`quv maqsadlari;
2.1. Bevosita ta’sir muhiti omillarini bayon qila oladi.
2.2. Bilvosita ta’sir muhiti haqida tushuncha hosil qila oladi.


2-savol bayoni:

Тashqi muhitning omillari tashkilotga ko`rsatadigan ta’sir kuchiga ko`ra, bevosita va bilvosita ta’sir muhiti omillariga bo`linadi. Тashkilot uchun bevosita va bilvosita ta’sir muhiti omillari qanday bo`lishi, ushbu tashkilotning faoliyat doirasidan, ishlab chiqarish tarmog`i, iqtisodiy mavqei va moliyaviy holatidan kelib chiqadi.


Bevosita ta’sir muhiti deganda, tashkilot operatsiyalariga bevosita o`z ta’sirini o`tkazadigan shuningdek, o`zi ham tashkilot ta’sirini sezadigan omillar turkumiga aytiladi. Jumladan, bularga ta’minotchilar, mehnat resurslari, davlat qonunlari, iste’molchilar, raqobatchilarni kiritish mumkin.
Bilvosita ta’sir muhiti deganda, o`zi bevosita tashkilot operatsiyalariga o`z ta’sirini to`g`ridan-to`g`ri va hozirda o`tkazmaydigan, ammo bari bir ta’sir ko`rsatmay qolmaydigan omillar qatoriga aytiladi. Masalan, iqtisodiy ahvol, ilmiy-texnik taraqqiyot, ijtimoiy, madaniy va siyosiy o`zgarishlar, guruhiy manfaatlarni ta’siri, boshqa davlatlardagi hodisalar va hakozolar(9-chizma).
A) Тashkilotning bevosita ta’sir muhiti





Tashkilot










B) Тashkilotning bevosita ta’sir muhiti.





Tashkilot








9-chizma. Тashkilotning bevosita va bilvosita ta’sir muhiti.

Bevosita ta’sir etuvchi omillar doirasi ancha aniqroq va soddaroq, chunki tashkilot o`zi bevosita aloqa boshlaydigan tomonlarini o`zi aniqlaydi, ularni obdon o`rganadi va ular haqida ma’lumot to`playdi.


Bilvosita ta’sir muhiti, odatda ancha murakkab, chunki bu muhit omillari borasidagi tahlillar ko`pincha to`liq bo`lmagan ma’lumotlarga asoslanadi. Тashkilotning istiqbolini shu ma’lumotlarga tayanib belgilash murakkab vaziyatlarni vujudga keltirishi mumkin. Bular yangi texnologiyalar, iqtisodiyotning umumiy holati, ijtimoiy-madaniy omillar turkumi, siyosiy omillar, mahalliy aholi mentaliteti va hakozolar. Тashqi muhitning omillari hamma tashkilotlarga u yoki bu tarzda ta’sir etsa, xalqaro miqyosda faoliyat yurgizuvchi tashkilotlar muhiti yanada murakkab.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling