Учебное пособие по курсу «Основы менеджмента». Гулистан, 2006. 170 с. Учебное пособие подготовлено на основании программы курса «Основы менеджмента»
Download 1.79 Mb.
|
portal.guldu.uz-MENEJMENТ ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-savol bo`yicha dars maqsadi ;
- 2-savol bayoni
NAZORAТ SAVOLLARI:
Sobiq Ittifoq davrida boshqaruv nazariyasi qaysi olimlar tomonidan rivojlantirilgan. Sotsialistik deb ataluvchi iqtisodiyotni asosiy hususiyatlari nimalardan iborat? Sotsialistik iqtisodiyotni asosiy kamchiliklari nimalardan iborat? Sobiq Ittifoq davrida qaysi boshqaruv tamoyillariga asosiy e’tibor berilgan. Respublikamizda qanaqangi xo`jalik yuritish tamoyillari va mexanizmlari shakllangan? 2-savol bo`yicha dars maqsadi; hozirgi zamonaviy menejment va uning xususiyatlari bilan talabalarni tanishtirish. Identiv o`quv maqsadlari 2.1. Hozirgi zamonaviy boshqaruv tizimi to`g`risida tushuncha hosil qila oladi. 2.2. Boshqaruv tizimidagi asosiy hususiyatlar va o`zgarishlarni izohlay oladi. 2-savol bayoni: Хorijiy rivojlangan mamlakatlarda ham ХХ asrning birinchi yarmida yuqorida keltirilgan xususiyatlar xos edi. Boshqaruv sohasida, uning nazariy asoslarini o`rganishda ancha siljish mavjud bo`lib, har qanday yangi g`oyani tadqiq etish, uning samarasini amalda sinab ko`rishga intilish kuchli edi. Masalan, menejment har tamonlama va keng, ham nazariy, ham amaliy jihatdan rivojlanib kelayotgan AQSHda shu davrda ikki tip boshqaruv tizimi mavjud edi. Birinchisi, «nazorat ostida boshqaruv», ikkinchisi esa «ekstrapolyatsiya», ya’ni, avvalgi tajribani kelajakka joriy etish asosida boshqaruv deb ataladi. Birinchi tip boshqaruv, asosan, to`laligicha ishlab chiqarishga qaratilgan, ikkinchi tip boshqaruv tizimi esa bozorga yo`naltirilgan edi. Ammo ikkala boshqaruv tipi ham asosiy maqsad sifatida ommaviy ishlab chiqarish va uning mexanizmini tadbiq qilish, o`rganish va takomillashtirishni ilgari surib, bu o`rinda mahsulot va xizmatlarni bozorga ilgari surish, targ`ib qilish va ularni ommaviy tarzda sotishni ta’minlashga qarata harakat qildi. 1930 yillarda “Djeneral motorz” kompaniyasi birinchi bo`lib tovarlarni bozorda ilgari surish, targ`ib qilish, reklama asosida sotuvni tashkil qilishga kuch berish orqali bozorga yo`naltirilgan boshqaruv tizimi asoslarini yuzaga kelishiga sababchi bo`lgan. Dastlab u avvalgi tajribani kelajakka joriy etish (ekstrapolyatsiya) asosida tashkil etilgan bo`lib, so`ng kelgusi tendentsiyalarni shu asosda oldindan aytib berish, istiqbolni va yirik maqsadlarni belgilash, harakat dasturlarini ishlab chiqish va rejalashtirish kabi vositalar asosida ish yurita boshladi. Ushbu boshqaruv turi oddiy va qayta takrorlanib turadigan vazifalar sharoitiga, talab va taklifni muvozanatli tuzilmasiga hamda nisbatan uzoq muddatga mo`ljallangan texnologiyalar sharoitiga ko`proq mos kelar edi. 1950 yillar esa yangi informatsion era boshlanish davri bo`ldi, chunki ilmiy-texnik tadqiqotlarni keng rivojlanishi natijasida ishlab chiqarish tizimida, uning tashkiliy shakllari, tuzilmalari, ishchi xodimlari, korxonalar samaradorligini oshiruvchi omillar tizimida sezilarli siljishlar ro`y berdi. Shu davrdan boshlab xizmat ko`rsatish sohasi, informatika va ilmiy tarmoqlar rivojlanishi ilgarilab ketdi. Amerika ilmiy adabiyotlarida bu davr «postindustrial rivojlanish davri» deb ataladi. Uning o`ziga xos jihatlari mavjud bo`lib, ular: yirik tuzilmaviy o`zgarishlar; ilg`or texnologiyalar va iste’molchilar ehtiyojlarini qondirishga bevosita xizmat qiladigan sohalarni rolini kuchayishi; aqliy mehnat xodimlari obro`sini oshishi; egiluvchan, ommaviy tarzda bo`lmagan, balki iste’molchilarni maxsuslashgan ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan ishlab chiqarishni uncha katta bo`lmagan bozorlarga yoki segmentlarga qaratilishi; kichik va o`rta ishlab chiqarish hajmidagi tashkiliy shakllarga etiborni kuchayishidir. Mohiyati jihatidan ushbu postindustrial rivojlanish bosqichiga o`tgan iqtisodiyot hozirgi bozor-tadbirkorlik yo`nalishidagi iqtisodiyotning o`zginasi bo`lib, ishlab chiqarishning negizi qanday bo`lmasin iqtisodiy o`sishnigina ta’minlashi emas, balki tashqi muhitni o`zgarishlariga tez va moslashuvchan tarzda javob berish evaziga samaradorlikka erishishdir. Bu yangicha iqtisodiyotni boshqarish nazariyasining mohiyatini amerikalik tadqiqotchilar (R.Uoterman, Т.Piters, I.Ansoff) 80-yillarda quyidagi ahamiyatli jihatlar bilan tavsiflaydilar: -ishlab chiqarish va bozorga yo`naltirilgan ratsional ishlab chiqarish va boshqaruv tizimlaridan voz kechib, tashqi muhit talablariga mos ravishda resurslarni tejab, boshqaruvning yangi-yangi usullarini qo`llash orqali harakatchan tashkilotlarni shakllantirish; -tashkilot «ochiq tizim» ekanligi va u tashkiliy qismlarning bir butunligida, tashqi omillar bilan uzviy bog`liqlikda qaralishi shartligi; -vaziyatli yondashuvning boshqaruv samaradorligidagi ahamiyatini oshganligi; -korxona samaradorligini, avvalo, resurslarning eng asosiy turi bo`lgan insonlarga, ishchi kuchiga bog`liq ekanligini ta’kidlaydilar. Bu yangicha yondashuv va fikrlar boshqaruv tamoyillarini ham qayta ko`rib chiqishni taqoza etdi. Хususan, P.Drukker ularni quyidagicha ijtimoiy jihatdan talqin qilib, menejment bu: -insonlarga qaratilgan bo`lib, ularning umumiy samarali harakatlari, faoliyati va qobiliyatini oshirishiga xizmat qilishi; -madaniyatdan ajralmas holda amalga oshirilishi; -tashkilot o`z harakatlarini qaratadigan maqsadlar va vazifalarini oddiy va aniq qilib belgilashini; -xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirishga katta ahamiyat berishi; -tashkilotda kishilar orasidagi muloqot va munosabatni shakllantirib, individual ma’suliyatni belgilashi; -menejerlar faoliyatini faqat ishlab chiqarish ko`rsatkichlari bilan emas, balki har tomonlama, xususan, sifat ko`rsatkichlari bilan ham baholanishini nazarda tutishi shart deb hisoblaydi. Boshqaruv tizimlariga kelsak, oxirgi yillarda hozirgi rivojlangan mamlakatlarda, xususan AQSHda, ikki xil boshqaruv tizimi rivoj topdi. Bular: - o`zgarishlarni oldindan ko`ra bilish asosidagi boshqaruv; - egiluvchan, tezkor qarorlar qabul qilish asosidagi boshqaruv deb ataladi. Ular tadbirkorlik tizimlari sifatida tavsiflanadi hamda kelajakdagi rivojlanishni noaniqligi va o`rganilmaganligi kabi omillarni hisobga oladi. Korxonalar endi ko`proq strategik rivojlantirish va boshqarish usullariga murojaat eta boshlaydi, chunki tashqi muhitdagi, xususan texnologiyalardagi, raqobatdagi, talab va taklifdagi, bozordagi va boshqa iqtisodiy o`zgarishlar endi doimiy tus olib boradi. Boshqaruvga nisbatan shakllangan bu yangi nuqtai nazarni Amerika iqtisodiy adabiyotlarida «tinch boshqaruv revolyutsiyasi» deb atashadi, chunki haqiqatdan ham bu yangicha kontseptsiyani asosiy jihatlari menejment amaliyotida keskin burilishlarsiz, bir me’yorda to`ldirish, kiritish va yangi sharoitga moslasha borish yo`li bilan joriy etilmoqda. Korxonaning egiluvchanligi va moslashuvchanligini oshira borish, qarorlarni qabul qilishda markazdan qochishga intilishi (detsentralizatsiya), nazoratga kuch berishni emas, balki joylarda qarorlar qabul qilinishini ta’minlash uchun, albatta, oddiy rahbar-texnokratlardan ko`ra tadbirkor-rahbarlar zarur bo`lib boradi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling