Учебное пособие по курсу «Основы менеджмента». Гулистан, 2006. 170 с. Учебное пособие подготовлено на основании программы курса «Основы менеджмента»


Download 1.79 Mb.
bet7/77
Sana07.03.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1247983
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   77
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENТ ASOSLARI

1- savol bayoni:

Biznes-bu ma’lum mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish yo`li bilan foyda olishga qaratilgan faoliyatdir. Biznesni boshqarish-tijorat, xo`jalik va tashkilotlarni boshqarishdir. Biznesmen va menejer tushunchasi bir xil ma’noni anglatmaydi. Biznesmen-bu «pul qiluvchi» ya’ni daromad keltiruvchi va oborotda bo`lgan kapitalning egasidir. U ishbilarmon kishi, tashkilotda o`zi doimiy lavozimiga ega bo`lgani holda yirik mulkdor bo`lishi, aksiyalar egasi bo`lishi ham mumkin. Menejer esa tashkilotda doimiy lavozimga ega, uni qo`l ostida unga bo`ysingan xodimlar ishlaydi, boshqacha qilib aytganda-u yollanma boshqaruvchi. Тadbirkorlik esa-bu faoliyat turini amalga oshiruvchining shaxsi bilan bog`liq holda tushuniladi. Тadbirkor deb ishni ko`zini bilguvchi, biznesni amalga oshiruvchi, ma’lum yangiliklarni tadbiq etuvchi, o`z mablag`larini yangi korxonaga joylovchi va o`ziga xavf-xatarni to`la yuklovchi shaxs tushuniladi. Amalda biznesmen, tadbirkor va menejer bir shaxsda mujassam bo`lishi ko`p uchraydi.


Menejment butun dunyo kishilari hayotiga keng singib ketgan. Menejment-inglizcha so`z bo`lib, tarjimasi boshqaruv ma’nosini anglatadi hamda har qanday turdagi tashkilotlarda band bo`lgan kishilarga rahbarlik qilish, ularni boshqarish faoliyatidir. Menejment deganda ma’lum maqsadlarga erishish yo`lida boshqa odamlarni xatti-harakatini tashkil qilish va tartibga solishni uddasidan chiqish tushuniladi. Buning uchun turli tamoyillar, nazariya va amaliyot tomonidan ishlab chiqilgan vositalar va qoidalar qo`llaniladi. Oddiy qilib aytsak, menejment-tashkilot oldiga qo`yilgan maqsadlarga boshqa odamlarni mehnatini, qobiliyatlarini, intellektini, harakat motivlarini qo`llagan holda erishish demakdir. Menejment, shuningdek, boshqaruv borasidagi funktsiyalarni amalga oshirishga yordam beruvchi insoniy bilimlar doirasidir. Va nihoyat, menejmentni boshqaruv faoliyatini amalga oshiruvchi alohida kishilar toifasi-menejerlar majmuasi sifatida ham tushunish mumkin.
Boshqaruv borasidagi faoliyati bilan ancha ko`zga ko`ringan bir qator menejerlar har biri o`z tajribasidan kelib chiqib o`ziga xos ta’riflar berishga harakat qilganlar.
Menejerlar-bu ishning bajarilishini boshqa kishilar qobiliyati, bilimlari va faoliyati evaziga ta’minlovchi kishilardir.
Menejment ham san’at, ham fandir.
Menejment-korxonani mavjud resurslaridan maksimum foydalangan holda uni maqsadlari sari olib borish demakdir.
Menejment-bu iqtisodiy resurslar va odamlarni boshqarish demakdir. Iqtisodiy lug`atlarda «menejment» deganda shunday ijtimoiy-iqtisodiy jarayon tushuniladiki, uning natijasida firma o`z maqsadiga iqtisodiy resurslarni samarali boshqarish asosida erishadi (chizma-1).

Shaxsiy


omil
ijt-iqt. natija
M enejment
Buyum
omil


Chizma-1. Menejmentni qo`llanilishi jarayoni.

Menejment-bu ishlab chiqarishni tashkil etishning eng samarali usullarini joriy etish orqali foyda olishdir.


Menejment-bu kishidan alohida qobiliyatlarni, bilim va tajribalarni talab etuvchi hamda tashkilot doirasidagi xodimlarning turli xil faoliyatini maqsad yo`lida o`zaro kelishtirish bilan bog`liq faoliyatdir.
Menejment-bu ishlab chiqarish samaradorligi va foyda hajmini oshirib borishga qaratilgan ishlab chiqarishni boshqarish borasidagi tamoyillar, usullar va vositalar majmuasidir. Umuman, menejmentni hamma ta’riflari ham bitta mohiyatga ega. Bu ham bo`lsa menejment kishilar faoliyatini boshqarish, ular bilan doimiy muloqotda bo`lish demakdir.
Boshqaruv ijtimoiy rivojlanishning ob’ektiv zaruriy elementidir. har qanday jamoa o`z faoliyatini boshqaruvsiz, tartib o`rnatmasdan, o`z faoliyatini tashkil qilmasdan, kishilar orasida ma’lum munosabatlarni shakllantirmasdan va turli tashkilotlarning o`zaro aloqalarini muvofiqlashtirmasdan amalga oshira olmaydi. Demak, boshqaruv tashkiliy, ma’muriy, ijtimoiy-psixologik jihatlarga ega bo`lgan hamda korxona, alohida tashkilot, tarmoq, umuman iqtisodiyot kabi tizimlarni maqsadga muvofiq tarzda faoliyat yuritishini ta’minlaydigan alohida faoliyat turidir.
Ishlab chiqarish masshtabi kengayishi, mehnat taqsimotini tobora chuqurlashishi va ishlab chiqarish murakkablashib, ilmiy-texnik taraqqiyot rivojlangani sari boshqaruvni ahamiyati oshib borib, uning vazifalari ham murakkablashib borayapti. Faoliyat davomida hisobga olinishi lozim bo`lgan omillar soni oshib bormoqda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida menejerlarga qo`yilayotgan talablar soni ko`payib bormoqda. Menejment alohida qobiliyat, bilim, tajribani talab etadigan faoliyat va fan sohasi bo`lishidan tashqari, alohida san’atni talab etadigan sohadir. Demak, menejment bir vaqtning o`zida ham fan, ham san’atdir.
Hozirgi vaqtda ilmiy boshqaruv deganda, u yoki bu tizimni rivojlanish qonun va tamoyillarini, ilg`or tendentsiyalar, ijtimoiy jarayonlarni ilmiy asosda tadqiq etib, ob’ektiv imkoniyatlarni hisobga olib, ongli ravishda amalga oshiriladigan boshqaruv tushuniladi.
Menejment asoslari fani–boshqaruvchiga tanlovni to`g`ri amalga oshirishni va ishchan qarorni qabul qilishni o`rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi -bozor munosabatlari sharoitida barcha bo`g`inlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Bu fanning predmeti quyidagilarni o`z ichiga oladi:

  • boshqarish nazariyasi va amaliyoti;

  • boshqarish ob’ekti va sub’ekti;

  • boshqarish tamoyillari va usullari;

  • boshqarish madaniyati;

  • menejer va uning fazilatlari;

  • menejer reytingi;

  • boshqarishda kirishuvchanlik va qaror qabul qilish;

  • boshqarish vazifalari;

  • xodimlarni boshqarish;

  • ishlab chiqarishni boshqarish;

  • samaradorlikni boshqarish;

  • o`z-o`zini boshqarish;

  • hududiy boshqarish va hokazolar.

Ushbu fanning mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv ob’ekti orasidagi o`zaro munosabat bo`lib, uning asosiy vazifasi o`quvchilarga boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik san’ati sirlarini o`rgatishdan iborat.
Boshqaruv faoliyatini amalga oshiruvchi idoralar va ularning rahbarlari menejmentning sub’ekti, ya’ni boshqaruv organlari yoki menejerlar-boshqaruvchilar hisoblanadi. Shu nuqtai-nazardan ob’ekt va sub’ektlarni quyidagicha tavsiflash mumkin (1-jadval):
Menejment ob’ekti va sub’ekti

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling